R у = (BF : F аа ) x 100% Bu yerda:
R у – ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi;
BF – balansdagi foyda (soliqqa tortilgunga
qadar);
F аа – asosiy ishlab chiqarish fondlari va
normalashtirilgan aylanma mablag‘-
larning yillik o‘rtacha qiymati.
Fond qaytimi ko‘rsatkichi XYuS asosiy ishlab chiqarish
fondlaridan foydalanish samaradorligining darajasini ifodalaydi va
u quyidagicha aniqlanadi:
F к = (T : F аич ) x 100% Bu yerda:
F к – fond qaytimi;
T – sotishdan olingan sof tushum;
F аич – asosiy ishlab chiqarish fondlarining
yillik o‘rtacha qiymati.
Fond sig‘imi fond qaytimiga nisbatan teskari ko‘rsatkich
hisoblanadi va bir so‘mlik realizatsiya qilingan mahsulotga to‘g‘ri
249
keluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ko‘rsatadi.
Shuning uchun bu ko‘rsatkichni quyidagicha aniqlash mumkin:
F с = (
F аич : T) x 100% Bu yerda:
F с
–
fond sig‘imi;
F аич – asosiy ishlab chiqarish fondlarining
yillik o‘rtacha qiymati;
T – realizatsiyadan olingan sof tushum.
Dastgohlar yoki asbob-uskunalar ishlashining smenalik
koeffitsiyenti ulardan foydalanish va ularning yuklanganlik
darajasini ifodalab, yil, chorak, oy va kun davomida har bir birlik
dastgoh yoki asbob-uskunalarning necha smenada ishlaganligini
ko‘rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
K с = H к : D у yoki