54
2-BOB. MOLIYAVIY SIYOSAT
2.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy
siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha
tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib
aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar
sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni
bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy
resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab
oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar
sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki
texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida
so‘z yuritiladi.
Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil
sohasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday
sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi
hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy
islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga
ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch
elementlardan tarkib topadi:
•
bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat
hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish
uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi
vazifalarni aniqlab olish;
•
qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan,
yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal
qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret
shakllarini ishlab chiqish;
•
qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni
tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Dostları ilə paylaş: