1.5. “Moliya” fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishida
ajdodlarimiz xizmatlari
Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va
rivojlanishi jarayonida o‘zbek olim va mutafakkirlarining ulkan
hissalari bor. To‘g‘ri, Buyuk Temur yoki Buyuk Bobur
9
kabi
vatandoshlarimiz qadimda “moliya” deb nomlangan maxsus ilmiy
asarlar yozishmagan. Lekin ular o‘zlarining boshqa nomlar bilan
atalgan ilmiy-siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli
masalalariga tegishli fikr-mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek
davlatlarining ayrim hukmdorlari esa o‘z amaliy faoliyatlarida
moliya, ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo‘lgan soliq sohasini
rivojlantirish
bo‘yicha
ulkan
ahamiyatga
molik
islohotlar
o‘tkazishgan.
Insoniyat tarixida ilk davlatlar paydo bo‘lishi va ularning turli-
tuman xarajatlarini qoplash maqsadida soliqlardek o‘ta muhim
vosita o‘ylab topilishi bilan, ya’ni qadim-qadimdan hukmdorlar va
soliqlarning to‘lovchilari soliqlar miqdori, to‘lash tartibi va
muddatlari masalalari bo‘yicha o‘zaro tortishib kelishgan. Chunki
xalq uchun bular hayot-mamot masalasi hisoblangan. Bizning
buyuk ajdodlarimiz bu muammo ham hokimlar, ham ularga tobe
xalqlarni qanoatlantira oladigan tarzda ijobiy hal bo‘lishi uchun
juda katta hissa qo‘shishgan.
Mutafakkirlarimizning moliya faniga qo‘shgan hissalari
haqida so‘z yuritishdan oldin muqaddas kitobimiz “Qur’oni
Karim”da ham moliya va soliq masalalariga keng e’tibor
berilganligini e’tirof etishimiz mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. To‘g‘ri,
“Qur’on”ni inson yaratmagan, u Parvardigor tomonidan biz,
musulmonlarga, tortiq etilgan buyuk asar! Biz uchun bu o‘rinda
eng muhimi shundaki, ana shu muqaddas kitobimizda ham
moliya, ayniqsa, soliq va soliq to‘lash masalalariga alohida e’tibor
qaratilgan. “Qur’oni Karim”da islomiy soliqlarning asosiy turlari
bo‘lmish xiroj, ushr, zakot va boshqa soliqlarning miqdori, to‘lash
tartibi, vaqti, soliq yig‘uvchilar va to‘lovchilar haqida atroflicha fikr
yuritilgan.
Hadislarda ham moliyaga daxldor masalalar bo‘yicha keng
miqyosda fikr yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari,
9
Temur va Bobur kabi bobolarimizning ismlari ulaning yurtimiz, xalqimiz va jahon tarixiga qo‘shgan juda katta
hissalari tufayli “Buyuk Temur” va “Buyuk Bobur” shaklida atalishi va yozilishi kerak, deb hisoblaymiz.
45
bir holat kishini o‘ylashga majbur qiladi. Sobiq sho‘rolar davrida
iqtisodiy, shu jumladan, moliya va soliq nazariyasi bilan
shug‘ullanadigan olimlar o‘z tadqiqotlarini asosan K.Marks, F.
Engels va V. Lenin asarlariga tayangan holda amalga oshirishar
edi. Bolsheviklar imperiyasi parchalanishi bilan bog‘liq obyektiv
sabablarga ko‘ra marksizm-leninizm ta’limoti asoschilari iqtisodiy
fanlar cho‘qqisidan tushib ketishdi va bu borada muayyan bo‘shliq
paydo bo‘ldi. Ulardan keyin moliya va soliq masalalari bo‘yicha
yozilayotgan risola, maqola va ilmiy tadqiqotlar mualliflari mazkur
vakuumni asosan g‘arb asarlari hisobiga to‘ldira boshlashdi.
Asar, mabodo zamonaviy moliya-soliq siyosati va uning eng
dolzarb muammolari haqida yozilayotgan bo‘lsa, bunday
yondashishni ma’qullash mumkin. Lekin hatto moliya va
soliqlarning tarixi, ularning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari,
obyektiv sabablarga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan
sharq davlatlarida moliya-soliq siyosatining shakllanishi kabi
masalalarni tadqiq qilayotganda ham tadqiqotchilar o‘z fikr-
mulohazalarini bayon qilish jarayonida ko‘proq g‘arb olimlari
asarlariga tayanishmoqda.
Masalan, soliqlar haqida tayyorlangan har qanday ilmiy
tadqiqotda mavzuning o‘rganilganlik darajasi Vilyam Petti, Adam
Smit, David Rikardo kabi g‘arblik klassik olimlarning soliqlarga oid
qarashlarini tahlil etish bilan boshlanishi taomilga kirib qoldi.
Soliqlar haqidagi fanning paydo bo‘lishi ham asosan yuqorida
nomlari zikr etilgan olimlarning xizmatlari, degan xulosa
allaqachon hammamizning qon-qonimizga singib ketdi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va o‘z oldiga shunday maqsad
qo‘ygan davlatlarda amal qilayotgan moliya-soliq siyosati va uning
zamonaviy
muammolari
tadqiq
qilingan
asarlarning
«foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati» qismida ham asosan yana
g‘arblik olimlarning nomlarini ko‘ramiz. Qaysi dissertatsiya, kitob
yoki maqolani olib qaramang, ular S. Bryu, J Keyns, M.Kempbel,
Ya.Kornai, K. Makkonell, J. Lourens, P. Samuelson, Y.
Shumpeter, M. Fridman kabi olimlar asarlari bilan boshlanib, yana
o‘shalar bilan tugaydi.
G‘arblik olimlardan keyin sobiq sovet va zamonaviy rus
olimlari asarlari, va nihoyat, oxirida o‘zbek olimlari tadqiqotlari
tilga olinadi.
44
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070-yillarda yozilgan
“Qutadg‘u
bilik” (“Saodatga
eltuvchi
bilim”),
Nosiriddin
Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”(1310-yil)
asarlari, Ulug‘bek Mirzo (1394-1449)ning islohotlari ham mazkur
sohada muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) “Hiloliya”,
“Vaqfiya, “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”), “Saddi
Iskandariy” (“Iskandar devori”) kabi qator asarlarida adolatli
davlat, adolatli soliq masalalari bo‘yicha o‘z fikr-qarashlarini bayon
etgan.
Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va
bosh vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan davrida aholi uchun
soliq miqdorining adolatli bo‘lishi uchun kurashgan.
Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida g‘arblik olim va
mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz.
Haqiqatdan
ham
ular
zamonaviy
moliya
nazariyasi
va
amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. Bunga hech kim shubha
qilayotgani yo‘q.
Lekin ular moliyaviy masalalar haqida fikr yuritishar ekanlar,
insoniyat tarixida o‘zlaridan oldin yaratilgan asarlar, g‘oyalar va
oldin hukmronlik qilgan podsholarning amaliy faoliyatlariga
tayanishganligi negadir ko‘pchiligimizning esimizdan chiqib
qolmoqda. Biz darslikning bu qismida mazkur masalaga oydinlik
kiritishga harakat qildik.
Moliya va, ayniqsa, soliqlar iqtisodiyotning shunday keng
qamrovli sohasiki, ular jamiyat a’zolarining mutloq ko‘pchilik qismi
hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Soliq siyosati, uning mazmuni,
amal qilish shakl va vositalari barcha soliq to‘lovchilarni qiziqtirishi
o‘z-o‘zidan tushunarli. Qolaversa, mustaqillikni yaqinda qo‘lga
kiritgan davlatlarda soliq mexanizmi hali shakllanish va
takomillashish bosqichlarini o‘z boshidan kechirmoqda. Shu
o‘rinda
mamlakatimizda soliq konsepsiyasini takomillashtirish
bo‘yicha 2018-yil davomida olib borilgan amaliy harakatlar va
munozaralarni eslatib o‘tish mumkin. Shu sabablarga ko‘ra
mamlakatimizda so‘nggi yillarda soliqlar bilan bog‘liq muammolar
tobora ko‘proq kitob, maqola va ilmiy tadqiqotlarga mavzu
bo‘layotganligini tabiiy bir hol sifatida qabul qilish mumkin.
Mazkur masalaga oid ilmiy-ommaviy adabiyot, ayniqsa,
dissertatsiyalar bilan tanishish jarayonida yuzaga chiqadigan qiziq
37
to‘lovchilar, to‘lov miqdorlari va shartlari kabi masalalarning aniq
javoblari hadislarda bayon etilgan.
Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800 yil oldin
qadimiy Xorazm diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya
masalalari ham tadqiq etilganligi jahondagi iqtisodiy tafakkur tarixi
bilan shug‘ullanadigan olimlarni hayratga soladi
10
. Zero, dunyoda
moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda bugungacha
saqlanib qolingan asarlar deyarli yo‘q. Xullas, ”muqaddas kitobda
agrar munosabatlarning moliya masalalariga ham katta e’tibor
beriladi”
11
.
Xalqimizning “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi qator dostonlarida
ham moliya va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan.
“Alpomish” dostonida Qo‘ng‘irot elida hukmronlik qilgan Boybo‘ri
bilan uning ukasi Boysaribiy o‘rtasidagi ixtilof zakot masalasida
paydo bo‘ladi. Asarda Qo‘ng‘irot va Qalmiq ellarining moliya
tizimlari o‘rtasidagi farqlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.
“Go‘ro‘g‘li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon
qilingan. Bunda soliqchi, pul yig‘uvchi – pulchin, purush (furush)
degan iboralar bilan atalgan.
Umuman olganda, soliqlar masalalari juda ko‘p islomiy
mutafakkirlarimiz tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan,
Burhoniddin Marg‘inoniyning (1123-1197) “Hi-doya”
12
asarida
chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar (oltin,
kumush)dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq
(ushr), zakotni taqsimlash tartibi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
1063-1092-yillarda saljuqiylar davlati vaziri bo‘lib ishlagan
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”
13
asarida davlat xazinasi, uni
oqilona boshqarish, soliqlarni adolatli yig‘ish masalalari ham
bayon etilgan.
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-Farg‘oniy Misrda Nil daryosi suvi
hajmining o‘zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o‘rtasida bir
xil taqsimlashni ta’minlay oladigan, o‘z zamonasida jahonda tengi
yo‘q gidroinshoot barpo etgan. Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat
ul-Rod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 1200 yildan beri
10
“Avesto”.- Toshkent.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 1-tom, 2000 yil, 65 bet.
11
A.Razzoqov. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. Toshkent.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001 yil,
27-bet.
12
A.Razzoqov. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. Toshkent.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001 yil.
82-91-betlar.
13
Shu yerda. 110-120-betlar.
38
ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab
turibdi.
Vatandoshimiz Al-Farg‘oniy ekin maydonlarini suv bilan
ta’minlash darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq
miqdorini adolatli o‘rnatish g‘oyasini oldinga surgan va hayotga
joriy etgan. Tan olish kerakki, bu insoniyat tarixida soliqqa tortish
tamoyillarini ishlab chiqishga bo‘lgan ilk va muvaffaqiyatli amalga
oshgan urinishlardan biri edi
14
.
Ahmad Al-Farg‘oniy mazkur g‘oyani o‘rtaga tashlagan va
hayotga joriy etgan IX asrda g‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligi
hali davlat sifatida shakllanib ulgurishmagan edi. Binobarin,
ularda soliq haqida fikr yuritishga asos, ya’ni soliqlarning o‘zi ham
yo‘q edi.
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va
amaliyotiga ulkan hissa qo‘shgan. U o‘z saltanatida soliqlar
adolatli bo‘lishi uchun harakat qilgan. Bu fikrimizning to‘g‘riligini
tushunish uchun uning “Temur tuzuklari” asari va hukmdorlik
faoliyatida o‘tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir
“Temur tuzuklari” asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish
masalalariga juda katta e’tibor bergan. U o‘z ixtiyoridagi
mamlakatlarda soliqqa tortish, uning miqdori va to‘g‘ri yig‘ib olish
jarayonida qat’iy tartib o‘rnatgan.
“Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - raiyatdan xiroj
yig‘ishda uni og‘ir ahvolga tushirib qo‘yishdan yoki mamlakatni
qashshoq qilib qo‘yishdan saqlanmoq zarur, chunki raiyatni
xonavayron qilish xazinaning g‘ariblashuviga olib keladi.
Xazinaning g‘ariblashib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga
sabab bo‘ladi. Sipohning tarqalib ketishi o‘z navbatida
saltanatning zaiflashishiga olib keladi”
15
.
Ko‘rinib turibdiki, Buyuk Temur davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishda soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini
oshirib yuborishning salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va o‘z
saltanatida bunga yo‘l qo‘ymagan.
Sohibqiron qishloq xo‘jaligida soliqni ekindan olingan
hosilga va erning unumdorligiga qarab belgilashni joriy qilgan.
Temur saltanatida hosil pishib yetilmasdan raiyatdan molu jihot
14
O.Olimjonov. “Soliq nazariyasini yaratishda ajdodlarimiz xizmati”. “Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliq
siyosatini yanada takomillashtirish yo‘llari”. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent Moliya
instituti.- 2006 yil.
15
“Temur tuzuklari”.- T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996, 122-123-betlar.
43
ularning ko‘pchiligi turli to‘plamlar orqali bugungacha yetib kelgan.
Ana shu “ruqa”larning uchinchi turkumi iqtisodiy, savdo va soliq
masalalariga bag‘ishlangan. Bu “ruqa”larda Xoja Ahror oddiy
xalqning soliq bo‘yicha huquqlarini himoya qilishga ham katta
e’tibor qaratgan.
Xoja Ahror hatto saroy xizmatidan voz kechmoqchi bo‘lgan
Alisher Navoiyga xat yozib, aytadi: «...Eshitishimcha, onhazrat,
ya’ni sultonga mulozamat qilishchdan goho malomat chekar
ekansiz. Iltimos shuki, musulmonlarga madad yetkazmoq va biror
faqirning dili mushkullikdan xalos topib, shod bo‘lmog‘i uchun
xotiri sharifingizni saroy xizmatidan uzmang... Biror kishi ham
musulmonlar g‘amini yeyishni o‘ylamay qo‘ygan bu vaqtda ularga
g‘amxo‘rlik qilish — eng xayrli ishdir!..»
Manbalarda ko‘rsatilishicha, Xoja Ahror o‘z zamonasining eng
yirik tadbirkorlaridan biri bo‘lgan. Chunonchi, "Rashahot" asari
muallifi Faxriddin Ali Xoja Ahror erlari Toshkent viloyatidan to
Amudaryo sohillarigacha bo‘lgan hududda 1300 dan ortiq
ekinzorlarni tashkil etganini eslatadi. Lekin bu mulklarning katta
qismi soliqlar zulmidan ozor chekkan shaxslarning o‘z yerlari va
tadbirkorliklarini ixtiyoriy suratda Xoja Ahrorga berishlari tufayli
tashkil topgan. Chunki Xoja Ahrorning hukmdorlar oldidagi nufuzi
shariatda belgilangandan (ushr, mol, zakot) tashqari favqulodda
soliqlarni mehnatkashlar gardaniga yuklashdan ularni himoya
etgan. Xoja Ahror rasman mulkni olgan, lekin amalda uni oldingi
egasi
ishlatib,
foydasini
o‘zi
olavergan.
Dehqonchilik,
chorvachilikdan tashqari Xoja Ahrorning shaharlarda ham
hunarmandchilik rastalari, ustaxonalari bo‘lgan va bulardan ham
katta daromad kelib turgan.
Lekin Xoja Ahror o‘z xo‘jalik faoliyatidan olgan daromadning
katta qismini aholi boshiga tushgan og‘ir soliqlarni to‘lash, diniy va
madaniy qurilishlarni amalga oshirish kabi ishlarga sarflagan.
Chunonchi, Umarshayx Mirzo Toshkent aholisidan 250 000 dinor
hajmida soliq talab qilganida Xoja Ahror bu mablag‘ning
hammasini o‘zi to‘lab, yana 70 000 dinorni ham soliq
yig‘uvchilarga topshirgan.
Muxtasar aytganda, Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z davrida davlat
xazinasini tashkil etish va aholini soliqqa tortish jarayonida adolat
mezonlariga rioya qilish sohasida hukmdorlarga takliflar bergan
va o‘z amaliy harakatlari bilan ularga o‘rnak ko‘rsatgan.
42
mahsulotini bozorda sotishi shart bo‘lganligi Hindistonda tovar-pul
munosabatlari
keskin
rivojlanishiga
va
iqtisodiy
o‘sish
sur’atlarining oshishiga iqtisodiy zamin yaratgan.
Vazifalari aniq belgilab qo‘yilgan yagona soliq idoralari
tizimining barpo etilishi, soliqlarni pul shaklida yig‘ishning joriy
etilishi, soliq yig‘imlari miqdorining aniqligi, hisob-kitoblarning
puxtaligi soliqchilarning boshboshdoqligini keskin kamaytirgan. Bu
tadbirlar soliq yig‘uvchilar soliqlarni o‘g‘irlay olmaydigan tizim
yaratish uchun xizmat qilgan.
Buyuk Akbar hosil yaxshi bo‘lmagan va ocharchilik davrida
soliq olmaslik imtiyozini joriy etgan, muhtoj aholiga zarur hollarda
pul va g‘alla bilan qarz berish tartibini amaliyotga kiritgan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘zlaridan oldin mavjud
bo‘lgan davlatlarga nisbatan aholining barcha qatlamlari uchun
adolatli va yengil soliq siyosati yaratilganligi Hindiston hududida
Boburiylar saltanati uzoq davr hukm surganligining muhim
sabablaridan biri bo‘lgan.
Buyuk vatandoshimiz Xoja Ubaydulloh Ahror moliyaning o‘ta
muhim bo‘g‘ini bo‘lgan soliq amaliyotining rivojiga ulkan hissa
qo‘shgan, u kishining ayrim xatti-harakatlari esa xalqqa soliqdan
qator yengilliklar berilishiga sabab bo‘lgan.
Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-1490-yillar) o‘z zamonasining
eng obro‘li va buyuk mutafakkiri, Bobur ta’biri bilan aytganda,
“xojalar xojasi, ulug‘lar ulug‘i” bo‘lgan. U kishi o‘zi yashab o‘tgan
15-asrda islom olamining diniy, siyosiy, ma’rifiy va iqtisodiy
hayotida juda katta o‘rin tutgan. Biz bu yerda ul buyuk zotning
moliya va soliq sohasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritamiz.
Ayrim islom davlatlarida XV asrda o‘zaro taxt uchun kurashlar
natijasida oddiy xalq ahvoli og‘irlasha borgan. Masalan, temuriylar
davlatida shariat tomonidan belgilangan ushr, mol va zakotlardan
tashqari har xil vaqtlarda turli munosabatlar bilan olinadigan
soliqlar soni 30 taga yetgan. Ulardan ayrimlari (tamg‘o, yorg‘u)
mo‘g‘ullar hukmron-ligi davrida joriy etilgan bo‘lib, ba’zi vaqtlarda
hali ham qo‘llanib kelardi. Ana shunday bir sharoitda Xoja Ahror
musulmonlar boshidan jabr-zulmni daf etmoq uchun din va
shariatni dastur qilgan holda sultonlarga murojaat qilib, masalani
ijobiy hal etardi.
Turli masalalar bo‘yicha islom davlatlari rahbarlari va boshqa
zamondoshlariga yozilgan nomalari – “ruqa” deb atalgan va
39
olishni qat’iy ravishda ta’qiqlab qo‘yish ham amal qilganki, soliqqa
tortishning bunday adolatli prinsiplari Yevropa davlatlarining
ko‘pchiligida hali ma’lum emas edi.
Tashlandiq yoki yangi yerlarni o‘zlashtirgan shaxslarga
soliqdan katta imtiyoz berilgan. “... amr etdimki, - deyiladi “Temur
tuzuklarida”, - kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yer
ostidan o‘tkazilgan ariq) qursa, yo biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud
biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech
narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini
olsinlar, uchinchi yili (esa) qonun-qoidaga muvofiq xiroj
yig‘sinlar”
16
.
Axir bunday fikrlar adolatli soliq siyosatining asosini tashkil
qilmaydimi?! Buyuk Temur o‘z zamonasining eng adolatli soliq
siyosatlaridan birini ishlab chiqqan hamda uni Osiyo va
Yevropaning katta qismini tashkil etgan bepoyon saltanatida
hayotga joriy etgan. Demak, Buyuk Temurni uning nazariy
qarashlari va amaliy faoliyati bo‘yicha zamonaviy soliq
siyosatining asoschilaridan biri, deyishga haqqimiz borligi ko‘rinib
turibdi. Uning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va soliq
siyosatini tashkil etish bo‘yicha bildirgan g‘oyalari bugun ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan.
Soliq nazariyasini yaratgan, deb hisoblanadigan g‘arblik
olimlar ham shu taxlit g‘oyalarni “Temur tuzuklari” yozilgandan 3-4
asr keyin boshqacha shakl va so‘zlar bilan ifodalashganliklarini
tushunish uchun ularning asarlarini bir bor qiyoslab chiqish yetarli.
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buyuk Temur
yurtimizni mo‘g‘o‘llar zulmidan ozod qilish va Amir Husayn bilan
taxt uchun uzoq davom etgan kurashlarida xalqqa ularga nisbatan
adolatli soliq siyosatini taklif etgani ham katta yordam berganligi
sir emas.
Yana bir misol. Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston
zaminida o‘ta uzoq muddat (1526-1858 yillar), ya’ni 332 yil hukm
surishida ham xalqparvarlik, jumladan, ortiqcha soliqlar bilan
xalqni qiynamaslik kabi omillarning xizmati beqiyos bo‘lgan.
Bobur iqtisodiy, jumladan, moliyaviy tafakkur rivojiga juda
katta hissa qo‘shgan. Uning “Boburnoma”, “Mubayyan” va boshqa
16
“Temur tuzuklari”.- T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996, 344 b. 124-bet.
40
asarlarida”
17
asarlarida iqtisodiy, moliyaviy va soliq siyosatlariga
doir fikrlari bayon etilgan. U iqtisodiy qonunlarning mohiyatini,
iqtisodiyotning davlat va jamiyat hayotini belgilovchi ahamiyatini
yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning iqtisodiy siyosati adolatli
va keng xalq ommasi uchun mo‘tadil bo‘lgan.
Buyuk Boburning “Mubayyan” asari iymon-e’tiqod, namoz,
zakot, ro‘za va haj kitoblarini o‘z ichiga olgan 5 qismdan iborat.
Zakot kitobida zakot shartlari, zakot beriladigan mollar, naqdina,
chorva va tijorat mollarining zakoti, zakot farzlari, zakot
beriladigan shaxslar, zakot berish durust bo‘lmagan kishilar, ushr
va xirojga doir barcha masalalar bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi
nazariy masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U
moliya va soliq bo‘yicha o‘zi ishlab chiqqan tavsiyalarni
saltanatida o‘zi amaliyotga joriy ham etgan.
Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida
hukm surgan o‘nlab katta-kichik davlatlarning xazinani tashkil
etish, uning daromadlaridan foydalanish, soliq siyosati, soliq
tizimi, soliqlar turlari va ularni aholidan yig‘ib olish tartiboti bir -
biridan keskin farq qilgan. Har bir rojalikning o‘z soliq siyosati
bo‘lgan. Soliqlarning turlari ko‘pligi, ularni yig‘ib olishning tartibi
qat’iy emasligi va soliq miqdori juda katta ekanligidan aholi juda
qiynalgan
18
.
Bobur Hindiston saltanatining hukmronligi davrida davlat
xazinasini adolat tamoyillari asosida tashkil etish bo‘yicha keng
qamrovli soliq islohoti o‘tkazgan, yagona davlatning yaxlit soliq
tizimini yaratib, soliqlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan.
Avvallar har bitta rojaning o‘z qoidalari bo‘yicha yig‘iladigan soliq
va yig‘imlar Bobur davrida yagona islomiy qoida va tartibot
asosida olinadigan bo‘lgan.
Ya’ni Bobur o‘z davlati hududida yagona soliq tizimi va bir xil
soliqqa tortish tartibini joriy etgan, soliqqa tortishning muhim
manbai
bo‘lgan
ekin
yeri
maydonini
o‘lchash
tizimini
takomillashtirgan va aniqlashtirgan.
Bobur saltanatida quyidagi soliq va yig‘imlar mavjud bo‘lgan -
yer solig‘i, savdo solig‘i, zakot (musulmonlar uchun), jiz’ya
17
Bobur Z.M. “Boburnoma”.- T.: Yulduzcha, 1989.- 368 b. “Mubayyan” va nasriy bayoni, “Risolai Volidiyya”
asari nazmiy tarjimasi va sharhi. Nasriy bayon va sharhlar muallifi M.Kenjabek; mas’ul muharrir A.Mansur; - T.:
“SHARQ”, 2014. 213- 238-betlar.
18
A. Razzoqov.Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: O‘zbekiston, 2011. 164-171-betlar.
41
(nomusulmonlar uchun), o‘lpon to‘lovlari, tuz solig‘i, urushlardan
olinadigan o‘ljalarning beshdan bir qismi, zarb qilingan pullar,
musodara qilingan egasiz mollar va sovg‘alar.
Bulardan tashqari mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan
soliqlar ham mavjud bo‘lib, ularni mahalliy hokimiyat yig‘ib olgan
(mazkur soliqlar “ahbob” deb atalgan).
Bobur kambag‘al aholiga soliqlar bo‘yicha katta imtiyozlar
bergan. Buning uchun soliqlar miqdori yengillashtirilgan hamda
soliqlarning ma’lum qismini boy-badavlatlar davlatga emas, beva-
bechoralarga berishgan. Masalan, islomiy qoidaga ko‘ra, “zakot”
solig‘i muhtoj oilalarga tarqatilgan. Bobur musulmonlardan
olinadigan “tamg‘a” solig‘ini bekor qilgan.
Boburning
qator
farmon
va
hukmlari
Hindistonning
iqtisodiyotini rivojlantirish va moliyaviy hamda harbiy ahvolini
yaxshilashga katta hissa qo‘shgan.
Bobur xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davlatning
iqtisodiy qudratini oshirishning muhim omili ekanligini yaxshi
tushungan. Uning bu xususdagi qarashlari “Boburnoma”da
atroflicha ifodalangan.
Shu bois savdogarlarga katta yengillik va imtiyozlar berilgan.
Savdo ahlidan olinadigan soliq va yig‘imlar miqdori mo‘tadil,
adolatli va oshkora bo‘lgan. Sotiladigan mahsulotlar miqdorining
oshishi soliqlar hissasining kamayishiga olib kelgan va savdo
rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Xorijiy savdogarlarga bir qator yengilliklar berilgan. Agar
savdogarlar islom davlatlaridan kelgan bo‘lsalar, daromadlarining
5 foizi miqdorida soliq to‘lashgan. Nomusulmon davlatlardan
kelgan savdogarlar esa o‘z yurtlarida musulmon savdogarlardan
olinadigan miqdorda soliq to‘lashgan.
Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning
nevarasi Buyuk Akbar oxiriga yetkazgan. U saltanatning barcha
xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan.
Akbar amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq
idoralari tizimi hamda soliqlarni to‘g‘ri hisoblash maqsadida bir xil
og‘irlik va miqdor o‘lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon
bo‘lmagan aholi to‘laydigan “jizya” solig‘i va jon solig‘ini bekor
qilgan. Avval natura shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan
bir qismiga teng bo‘lgan yer solig‘ini pul shaklida yig‘ish tizimiga
o‘tkazgan. Buning natijasida soliq to‘lash uchun dehqon
64
emas edi. Shuning uchun ham iste’mol bozorining rivojlanishida
ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliyaviy
siyosatning samaradorligini salbiy baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni
taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning
yotishi prinsipial ahamiyatga egadir:
•
taqsimlash munosabatlarining subyektlarini, ya’ni moliyaviy
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
•
yuridik shaxslar va aholining o‘z ehtiyojlarini qondirishdagi
mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda
davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish
darajasini aniqlash;
•
birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish
choralarini aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy
resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
•
moliyaviy
resurslarni
shakllantirishning
manbalari
va
metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat o‘ta nozik va ko‘p qirrali tushuncha
hisoblanadi.
Agar
umumiy
holda
uning
sohasi
jamiyat
taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy
konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial
sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan
aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elementlari bo‘yicha
tabaqalanishi moliyaviy tizimning rivojlanganligiga va uning ayrim
bo‘g‘inlarining mustaqilligiga bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi bizga mustaqil
moliyaviy siyosatni yuritishga imkon berdi. Qisqa fursatlarda
O‘zbekiston moliyaviy siyosatning tamoyillari ishlab chiqildi va u
izchillik bilan amaliyotga joriy etila boshlandi. Yangi moliyaviy
siyosatning asosiy mazmuni shundaki, u davlatning iqtisodiyot
tarmoqlarini har taraflama rivojlantirish orqali xalqning yuqori
turmush
darajasini
ta’minlash
vazifasiga
xizmat
qilishga
yo‘naltirilgan.
49
Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol
Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin
Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi
allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish,
ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlarini keng
targ‘ib qilish;
- jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad
Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek,
Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va
zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini,
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin
Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at
namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib
berish.
Bunday sa’y-harakatlar buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy-ijodiy
merosini chuqur tadqiq etish, jumladan, ularning moliya fanining
shakllanishi
va
rivojlanishi
jarayonlariga
qo‘shgan
ulkan
xizmatlarini o‘rganishga xizmat qilishi shubhasiz. Mazkur
tadbirlarning eng muhim ahamiyati shunda-ki, ular islom
iqtisodiyoti va moliyasini o‘rganish bugun mamlakatimizda davlat
darajasidagi muhim vazifalar qatoriga kiritilganligidan dalolat
berishyapti.
Lekin bu uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, uni hal etish
bugun fan olamiga kirib kelayotgan yosh vatandoshlarimiz
zimmasiga tushadi. Yoshlarimiz ajdodlarimizning buyuk merosini
o‘rganish va shu yo‘l bilan tarixiy adolatni tiklash ishiga o‘zlarining
munosib hissalarini qo‘shishadi, deb umid qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |