1.4. Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti
Iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari
xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘z navbatida, yangi ishlab
chiqarish munosabatlari mavjud ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish
munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida
olingan davlatda o‘zgarishlar yuqoridagidek ketma-ketlikda va
bog‘liqlikda sodir bo‘lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi
umumiy qonuniyatlar xususiy holatlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Har bir
ijtimoiy tuzum va shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi
davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma mos keladi.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliya munosabatlari bir-
biridan farq qiladi va bu farqlar quyidagi sabablar tufayli paydo
bo‘ladi:
•
har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o‘z sinfiy tuzilmasi
mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini
hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini
tashkil qiladi;
•
har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya davlatning
maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunadi;
•
ishlab chiqarishning yangi usuli xo‘jalik munosabatlarining
yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodallik
tuzumlarga natural munosabatlar xos bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos
ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural
xarakter
kasb
etgan.
Kapitalistik
xo‘jalik
tovar-pul
23
ishlaydiganlar
esa,
o‘z
navbatida,
Davlat
byudjetining
daromadlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan soliqlarni to‘laydilar.
Fuqarolar o‘zlarining shaxsiy daromadlari hisobidan turli
xizmatlarning haqini to‘laydilar, sug‘urta fondlariga ajratmalar
(badallar) qiladilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun
foizlarni qaytaradilar. Korxonalar turli xizmatlar ko‘rsatish orqali
topgan daromadlari hisobidan ham soliqlar to‘laydilarki, ular
byudjet daromadlarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Taqsimlash-
ning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar ham moliya
bo‘lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan chetda moliya
mavjud emas.
JIMning
ikkiga
bo‘linishi
bilan
xarakterlanadigan
taqsimlashning birinchi bosqichidan so‘ng ikkinchi bosqich
boshlanadiki, unga muvofiq MD jamg‘arish fondi va iste’mol
fondiga bo‘linadi.
Jamg‘arish fondi ikki qismdan iborat bo‘lib, uning bir qismi
takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa zaxira
(rezerv) fondlarini shakllantirishga mo‘ljallangandir. Taqsimlash-
ning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat
investitsiyalarini kiritish, davlat rezervlarini shakllantirish va
sug‘urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo‘ladi. Bunda
tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq
amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya
qilinmasligi ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil
boshida
tasdiqlangan
byudjet
ko‘rsatkichlari
doirasida
(chegarasida) amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyotning bugungi
bosqichida deyarli barcha mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga
ega bo‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini
o‘rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-ketligiga
e’tibor bermaslikka imkon beradi. Ko‘pchilik hollarda amaliyotda
daromadlar hali yig‘ilmasdan oldin xarajatlarning amalga
oshirilishi sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda, ya’ni daromad va
xarajatlarning
muddatlari
bo‘yicha
paydo
bo‘layotgan
nomuvofiqlikning oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish
uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalanish mumkin.
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi nisbat vaqt
jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan
subyektlari (davlat bilan ham birgalikda) o‘rtasida ham juda
alohidadir.
Iste’molning
darajasiga
texnologiya
holati,
24
kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning
obro‘si va boshqa shu kabi ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi nisbatlarning
o‘zgarishiga qarab qator xulosalar qilish mumkin. Masalan,
iste’mol fondining yetarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish
sektorida
jamg‘arishning
hissasi
ortadi
(ya’ni,
shaxsiy
jamg‘armalar o‘sadi). Agar MDda iste’molning nisbiy hissasi
kamroq bo‘lsa, korporativ jamg‘armalar o‘sadi. Chunki yaratilgan
MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun
takror ishlab chiqarish jarayonining negizida o‘ziga xos tovar
bo‘lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi o‘zini takror
ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo‘lgan qiymatni yaratish
xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa
tarkibiy qismlari bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlariga
esa xos emas.
O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy
qismdan iborat:
•
ijtimoiy iste’mol fondlari;
•
shaxsiy iste’mol fondlari.
Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy iste’mol fondlari o‘rtasidagi
nisbat hokimiyat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog‘liq.
Yaqin
o‘tmishda
kommunistik
yoki
sotsialistik
partiyalar
hukmronlik qilgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol
fondlarining umumiy hajmida asosiy o‘rinni egallagan. Chunki
ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil
etgan.
Ayni zamonda ham ijtimoiy hayotni demokratlashtirish
darajasi yuqori bo‘lgan Shvetsiya, Norvegiyada yoki neftga boy
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab amirliklari, Bruney
sultonligi kabi ayrim davlatlarda ham ijtimoiy iste’mol fondlarining
iste’mol fondlaridagi salmog‘i katta. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
o‘ziga xos yo‘lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida ham
aholining ijtimoiy himoyasiga iste’mol fondlarining katta qismi
ajratilyapti.
Demak, yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ko‘rinib
turibdiki, o‘z zimmasiga juda katta ijtimoiy vazifalarni olgan
davlatlarda iste’mol fondlarining umumiy hajmida ijtimoiy iste’mol
fondlari asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari
25
orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish
jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy iste’mol
fondlarining salmog‘i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori
bo‘lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat,
qishloq xo‘jaligi va h.k.larni moliyalashtirish qo‘llab-quvvatlanadi.
Shuni
ta’kidlash
kerakki,
ijtimoiy
iste’mol
fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishni
moliyaning ishtirokisiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar bu
jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu holatni so‘zma-
so‘z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi
tizimi soliqlar va ajratmalarning hajmini aniqlashga sharoit
yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda
summasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga
faqat moliya xizmat qiladi.
Ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi
ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga
sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo‘lgan dunyoning ko‘pchilik
mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini
shakllantirishda o‘zining to‘lovlari bilan ish beruvchilar va
yollanma mehnat xodimlari ham ishtirok etadilar. Oxirgi holda
ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining
bir qismi yo‘naltiriladi. Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi
quyidagi ikki qismga bo‘linadi:
•
shaxsiy jamg‘arma fondlari;
•
iste’mol fondlari.
Shaxsiy iste’mol jamg‘armasining aynan shu ikki qismi
tovarlarni olish-sotish bilan bog‘liq operatsiyalarning to‘laqonli
faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol fondi va jamg‘arish
fondi o‘rtasidagi nisbat hamda ularning hajmi davlatning
rivojlanish sur’atini belgilab beruvchi muhim ko‘rsatkichlar
qatoriga kiradi. Agar davlat soliqlar ko‘rinishida birlamchi
daromadlarning katta qismini o‘z ixtiyoriga olib qo‘ysa, u shu bilan
iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda
hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga
borib taqaladi – uning xarajatlari ortiqcha (davlat apparati
xarajatlarini moliyalashtirish to‘g‘risida gap ketayapti), samarasiz
48
o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish”
diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. O‘zbekiston xalqaro
islom akademiyasi: “Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida,
tasavvuf,
Dostları ilə paylaş: |