Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Moliyaviy siyosatning tarkibiy



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

2.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy
qismlari 
(yo‘nalishlari)
23
 
Moliyaviy 
siyosatning 
tarkibiy 
qismlari 
(yo‘nalishlari) 
quyidagilardan iborat: 

byudjet siyosati; 

soliq siyosati; 

pul siyosati; 

kredit siyosati; 

baho siyosati; 

investitsion siyosat; 

ijtimoiy moliyaviy siyosat; 

boj siyosati. 
Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini 
amalga oshirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi va shu ma’noda 
yordamchi rolni o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining 
boshqa – milliy, geosiyosat, harbiy – yo‘nalishlari ham 
mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh 
yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) 
yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning muhim 
vositasi sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatning mazmunini 
aniqlab beradi. 
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi 
sifatida boshqaruvning oliy organlariga tegishlidir. Mamlakatning 
subyektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning 
qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat 
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu 
funksiyalari o‘z byudjetlarini shakllantirish va ishlatish hamda 
mahalliy soliqlarni qabul qilish va ularning mablag‘larini ishlatish 
masalalari bilan cheklanadi. 
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning byudjet 
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi, 
qonunchiligi va byudjet jarayonida hokimiyat organlari barcha 
bo‘g‘inlarining 
funksiyalarini 
belgilovchi 
boshqa 
qonunlar 
majmuiga muvofiq ishlab chiqiladi. O‘zining hajmi va muhimligi 
23
Moliyaviy siyosat yaxlit va bir butun jarayonlarni o‘z ichiga olib, bu o‘rinda u 8 ta tarkibiy qismdan iborat. Lekin 
moliyaviy siyosatni amaliyotga joriy etishda mazkur tarkibiy qismlarni moliyaviy siyosatning yo‘nalishlari sifatida 
ham tushunish mumkin. Shu bois darslikning 2.2-paragrafida “tarkibiy qism” va “yo‘nalish” so‘zlari bir xil 
ma’noni anglatadigan iboralar sifatida ishlatilgan. 


66 
jihatidan eng katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini 
faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash noto‘g‘ri. Qonun 
byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari 
funksiyalarini, 
mamlakat subyektlari funksiyalarini, byudjet 
jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq 
belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati faqat shu masalalar bilan 
cheklanib qolmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to‘planadigan 
YaIM hissasini aniqlash, shu sohada mamlakat yuqori va quyi 
organlarining o‘zaro munosabatlarini belgilash, byudjet xarajatlar 
qismining tarkibiy tuzilishini aniqlash, turli darajadagi byudjetlar 
o‘rtasida xarajatlarni taqsimlash, davlat qarzini boshqarish, 
byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlash va h.k.lar ham byudjet 
siyosatining vazifalariga kiradi. 
Ma’rifiy davlatlarda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan 
hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o‘z funksiyalarini bajarish 
maqsadida davlat qo‘lida to‘plangan pul mablag‘larining harakati 
o‘z 
ifodasini 
topadi. 
Davlat 
siyosati 
aniqlab 
beradigan 
maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo‘naltirish byudjet 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Agar maqsadga 
erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan ko‘p 
mablag‘ 
talab 
etsa, 
davlat 
qo‘shimcha 
daromadlarni 
shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo‘llashga 
majbur bo‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, 
boylik va mol-mulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning 
daromadlar qismini to‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy 
mustaqillikning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga 
olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning 
chegarasini oldindan belgilaydi. 
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim yo‘na-
lishlaridan biri hisoblanadi. Bir necha asr mobaynida
zamonaviy 
moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash 
imkoniga ega bo‘lgan.
Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil 
topadi: 

davlat muayyan miqdordagi moliyaviy resurslarga ega 
bo‘lmasdan to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas; 

mablag‘larni 
soliq 
yordamida 
undirish 
qat’iy 
o‘sish 
tendensiyasiga ega; 
79 
Mana shu ham cheklovning bir ko‘rinishi. Bunga o‘xshash 
cheklovlar juda ko‘p. Masalan, valyutasi to‘la konvertatsiya 
qilinadigan davlatlarda narkobiznes, o‘g‘irlik, fohishabozlik, qurol-
yarog‘ni noqonuniy tarzda sotish kabi juda ko‘p holatlarda topilgan 
pulni boshqa valyutaga konvertatsiya qilish mutlaqo taqiqlangan, 
ularni ishlatishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 
Demak, hamma gap cheklovlarning mazmuni, shakli va 
miqdorida. Shu pozitsiyadan qaraydigan bo‘lsak, 2003-2017 
yillarda mamlakatimizda xalqning yuqori turmush darajasini 
ta’minlashga qodir rivojlangan bozor iqtisodiyoti barpo etish 
jarayoniga xizmat qiladigan holatlarda milliy valyuta muayyan 
miqdorda konvertatsiya qilib kelindi. Masalan, eksportga mahsulot 
chiqaradigan yoki import o‘rnini bosadigan yuqori sifatli mahsulot 
yaratayotgan yoki shunday xizmat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yuritish 
subyektlari rasman so‘mni erkin almashtirish huquqiga ega edilar. 
Bunday manzilli konvertatsiya usuli yordamida erkin 
almashinadigan valyutani kamroq sarflab, ko‘proq natijaga 
erishish ko‘zda tutilgan edi. Shunday usul bilan mamlakatda 
o‘nlab yangi tarmoq va sohalarga asos solindi, ma’naviy va 
jismoniy jihatdan eskirib qolgan minglab ishlab chiqarish 
korxonalari zamonaviy, yuqori unumli texnika va texnologiya bilan 
jihozlandi.
Mustaqillik yillari moliyaviy siyosat haqida so‘z yuritganda 
uning quyidagi o‘ziga xos tomonlariga alohida urg‘u berish kerak 
bo‘ladi.
Dastlab ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari asosiga o‘rnatilgan 
mustamlaka davri iqtisodiyotini isloh qilish, ma’rifiy bozor 
iqtisodiyotini qurishning o‘ziga xos nazariyasi yaratildi. Bunda 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyili asosida 
O‘zbekistonda davlat bosh islohotchi sifatida maydonga chiqdi. 
Bu esa totalitar iqtisodiyot asoslari sindirilayotgan, yangisi 
endigina 
shakllanayotgan 
sharoitda 
jamiyatda 
boshqaruv 
tizimining mutlaqo buzilib ketmasligini ta’minlashga xizmat qildi. 
Shuningdek, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda 
inflyatsiya, ishsizlik, daromadlar notekis taqsimlanishi kabi bozor 
iqtisodiyotiga xos ayrim salbiy holatlarning aholi turmush 
darajasiga noxush ta’sirini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. 
Davlatning bosh islohotchiligi tufayli zamonaviy korxonalar, yangi 
sohalar paydo bo‘ldi, ular yordamida va mavjud tarmoqlarni 


78 
sohalar bo‘yicha qonuniy merosxo‘ri, deb e’lon qildi. Natijada 
uzoq yillar mobaynida sobiq ittifoqdosh respublikalar aholisi 
mehnati evaziga yaratilgan barcha boylik ular ixtiyoriga o‘tib ketdi. 
Jumladan, aholining sobiq SSSR jamg‘arma banki tizimida 
saqlanayotgan omonatlari (o‘sha paytda bu muassasa hali eski 
nomi bilan “omonat kassalari” deb atalar edi) Rossiya ixtiyoriga 
olib qo‘yildi. 
O‘zbekistonda milliy valyutaga o‘tish masalasida “tadrijiy” 
usuldan foydalanildi. 1993-yil 15-noyabrda milliy valyutani joriy 
etishning tayyorgarlik bosqichi, ya’ni oraliq to‘lov vositasi – “so‘m-
kupon”ga o‘tildi. Rossiya rubllari o‘rniga “so‘m-kupon” muomalaga 
kirishi bilan eski puldan darhol voz kechilgani yo‘q. Daromadlarini 
rublda jamg‘arib kelgan aholiga uni oxirigacha ishlatish mikoniyati 
berildi. Almashtirish miqdori 200 ming rubl qilib belgilandi, undan 
ortiq qismi bankda mazkur shaxsning nomiga jamg‘arma sifatida 
rasmiylashtirildi. Vaholanki, o‘z milliy valyutasiga o‘ta boshlagan 
Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligida eski rubllarning 20, 30, 50 
ming, eng ko‘pi bilan 100 ming almashtirildi, undan ortiq qismi 
xalq qo‘lida oddiy qog‘oz sifatida qolib ketdi. 
Mamlakatimizda pul almashtirishi bilanoq, pensiya, stipendiya, 
nafaqa va ish haqi yangi “so‘m-kupon”da berila boshladi. 
Yaqindagina 20 foizga oshirilgan ish haqi yana 50 foizga 
ko‘paytirildi.
Milliy pul birligini joriy etish bilan bog‘liq obyektiv 
qiyinchiliklarni yumshatish masalasi shu taxlit chora-tadbirlar 
yordamida amalga oshirildi va 1994-yil 1-iyuldan “so‘m-kupon” 
o‘rniga haqiqiy valyuta – so‘mga o‘tildi. 
O‘zbekistonda milliy valyutani darhol muomalaga kiritish va 
birdaniga uning erkin almashinuvini ta’minlash yo‘lidan borilmadi. 
O‘zbek so‘mining ichki konvertatsiyasi 2003-yil 15-oktyabrdan 
boshlandi. Lekin u hali tom ma’nodagi ichki konvertatsiya emas, 
balki katta cheklovlarga ega edi. 
Aslida hech qanday cheklovsiz, xohlagan paytda xohlagan 
miqdordagi pulni xohlagan tarzda konvertatsiya qilish hech bir 
davlatda mumkin emas va jahonda bunday valyutaning o‘zi yo‘q. 
Masalan, AQSh yoki Angliyaga ularning bir qop pulini ko‘tarib 
kelsangiz, hech qaysi bank uni qabul qilmaydi. Siz eng avvalo, 
olib borgan pulingizni qayerda va qanday ishlab topganligingiz 
haqida, ya’ni uning manbai haqida hujjat taqdim etishingiz shart. 
67 

soliq yuklamasining oqilona chegarasidan o‘tilganidan so‘ng 
tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi, ya’ni iqtisodiyotning 
o‘z-o‘zidan buzilishi (yemirilishi) sodir bo‘ladi; 

inqiroz davrida soliqlar stavkalari mumkin qadar minimal 
darajada o‘rnatilmog‘i lozim. Buning natijasida mamlakatning 
iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish 
hisobidan tiklanish imkoniga ega bo‘ladi; 

soliq yuklamasining keskin oshib ketishi kapitalning chetga 
chiqib ketishiga olib kelishi mumkin; 

iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. 
Biroq, summar o‘lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq 
qismining soliq sifatida olib qo‘yilishi mamlakat iqtisodiy o‘sishini 
to‘xtatib qo‘yishi mumkin; 

soliq imtiyozlari shaffof bo‘lishi va barcha takror ishlab 
chiqarish subyektlari uchun bir xil darajada bo‘lishi kerak; 

soliq tizimi konfiskatsion xaraktyerga ega bo‘lmasligi lozim. 
Faqatgina individual daromadlarning o‘sishida ifodalangan milliy 
boylikning o‘sishi soliqqa tortiladigan bazaning barqaror o‘sishini 
ta’minlashi mumkin; 

qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan 
iqtisodiy 
tizimda 
soliqlarning 
miqdori 
barqaror 
o‘sish 
tendensiyasiga ega bo‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat 
o‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona 
iqtisodiyotga yoki xorijga o‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar 
bazasini qisqartiraveradi; 

soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar 
sonini, soliqqa tortish obyektlarini ko‘paytirish, ko‘p bosqichli 
soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo‘yicha xarajatlarning 
ortishiga, boqimanda va jarimalarning o‘sishiga va pirovardida, 
mulkni qamoqqa olish, soliq to‘lovchini kasod deb e’lon qilish va 
h.k. yo‘llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib keladi; 

soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet 
daromadlarini shakllantirish nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi. 
Lekin bu narsa, oxir-oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining 
qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki 
tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi zimmasiga, 
ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik 
darajasida daromadga ega bo‘lgan aholining 80-90% qismiga 


68 
yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’-
molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan; 

egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu 
tizimda aholining asosiy qismidan jamg‘armalar olib qo‘yiladi va 
bu, o‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor 
tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz 
kechgan AQSh tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir; 

egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlar, 
zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar 
va xizmatlar va boshqa bir qancha o‘ziga xos bo‘lgan maxsus 
holatlarga nisbatan joriy etish zarur; 

daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining 
asosiysi bo‘lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni 
proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan tashkil etish 
maqsadga muvofiq. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
ishbilarmonlar 
shaxsiy 
tashabbus ko‘rsatmasa va jamiyatning ko‘pchilik a’zolari samarali 
mehnat qilmasa, iqtisodiyotni talab darajasida rivojlantirishni 
ta’minlash qiyin. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy 
rag‘batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qo‘yadi, ya’ni 
mehnat 
daromad 
keltirishi 
lozim. 
Bu 
holda 
mamlakat 
iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bo‘ladi, 
ya’ni soliq stavkalarining yuqori darajada belgilanishi takror ishlab 
chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi 
(toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, o‘z 
navbatida, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari o‘sish 
bazalarining pasayishiga olib keladi. 
Moliyaviy 
siyosatning 
yo‘nalishlaridan 
yana 
biri 
pul 
siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi 
miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos 
kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog‘oz pullar 
(pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan 
to‘ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo‘lgan talabdan 
ortiq bo‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi 
(oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo‘ladi.
Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning 
qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq, ya’ni mamlakatda xorijiy 
valyutaning muomalada bo‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi, 
milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo‘qmi? va h.k. 
77 
qaror qilsa, bu haqda boshqa a’zolarni uch oy oldin rasman 
ogohlantirish shartligi haqida maxsus davlatlararo bitim bor edi. 
Qirg‘izistonda rubl o‘rniga somning muomalaga kiritilishi va 
Rossiya Federatsiyasi shartnomalarni bekor qilishi tufayli 1993-yil 
kuziga kelib, yagona rubl hududi yaratish g‘oyasi barbod bo‘ldi.
Bu hodisa Hamdo‘stlik davlatlari iqtisodiyotiga katta zarar 
yetkazdi, iqtisodiy islohotlar samarasini sezilarli darajada 
pasaytirib yubordi, uning ilk natijalarini yo‘qqa chiqardi. 
O‘zbekistonda endigina shakllanib kela boshlagan moliya va pul 
muomalasi tizimini qaytadan jar qirg‘og‘iga keltirib qo‘ydi. 
Mamlakat iqtisodiy hayoti o‘z maromida davom etishi uchun zarur 
vositalardan biri bo‘lmish pul tizimi va pul birligisiz qoldi. Iqtisodiy 
hayot qisqa muddat ichida yana bir bor butunlay izdan chiqish 
xavfi ostida qoldi. 
Zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1993-yil 12-noyabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi 
hududida parallel to‘lov vositasi sifatida “So‘m-kupon”larni 
muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi qarori asosida 15 noyabrdan 
boshlab so‘m kuponlar muomalaga kiritildi. “So‘m – kupon”larning 
1, 3, 5 va 10 so‘mliklari Angliyada ishlangan bo‘lsa, 25, 50, 100 
so‘mlikdan 10 ming so‘mlikkacha bo‘lgan qismi o‘z pul 
fabrikamizda bosib chiqarildi. 
Pul belgilarini ishlab chiqish g‘oyatda murakkab, ko‘p mehnat 
va yuqori aniqlik talab etadigan jarayon bo‘lib, unga erishish 
yuksak texnik va texnologik tayyorgarlikni taqozo qiladi. O‘ta 
qisqa fursat ichida, ya’ni 1993-yildayoq zamonaviy texnika va 
texnologiya asosida pul, boshqa qimmatli qog‘oz va tanga ishlab 
chiqara oladigan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish 
birlashmasi qurib ishga tushirildi. 
“Yagona rubl hududi”si g‘oyasi barbod bo‘lganligiga bog‘liq 
ko‘plab salbiy oqibatlarni bartaraf etishni so‘m-kuponlar o‘z ustiga 
oldi va o‘ta qisqa fursat ichida O‘zbekiston o‘zining to‘laqonli pul 
birligi – so‘mni 1994-yil 1-iyuldan muomalaga kiritish uchun zarur 
iqtisodiy sharoit yarata oldi.
Milliy 
valyutaning 
muomalaga 
kiritilishi 
mamlakatning 
moliyaviy siyosat tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. 
Shu davrda O‘zbekistonda mustaqil moliya asoslarini yaratish 
jarayoniga noxush ta’sir ko‘rsatgan yana bir voqea yuz berdi. 
Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘zini sobiq SSSRning barcha 


76 
Mustaqil davlatchilik talablari asosida va yangi qonunchilik 
negizida bu sohaning boshqaruv organlari butunlay qaytadan 
tashkil etildi. Masalan, moliya vazirligi tizimi tubdan qayta tashkil 
etilgan bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasi butunlay yangidan barpo 
qilindi. SSSR Davlat banki O‘zbekiston filiali negizida O‘zbekiston 
Respublikasi 
mustaqil 
Markaziy 
banki, 
SSSR 
davlat 
ixtisoslashtirilgan tarmoq banklari O‘zbekiston filiallari asosida 
paychilikka asoslangan tijorat banklari tuzildi. Aralash mulk va 
xususiy mulkchilikka asoslangan o‘nglab yangi tijorat banklari 
tashkil topdi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar natijasida 1991-1992 
yillar mobaynida mustaqil davlatga xos bo‘lgan moliya, soliq va 
bank tizimlari shakllana boshladi. O‘z daromadimizdan oqilona 
foydalanish evaziga, xarajatlarimizni qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, 
o‘zimiz qoplay boshladik. Bu davrga kelib, mamlakatimizda bozor 
iqtisodiyotini barpo etishning asosiy strategik masalalari, uning 
tamoyillari ishlab chiqildi.
Har qanday mustaqil davlat o‘zining mustaqil pul birligiga ega 
bo‘lishni xohlaydi va bu mustaqil davlatchilikning muhim 
belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin sobiq SSSR hududida endigina 
mustaqillikka erishgan davlatlar o‘sha paytdagi sharoitda to o‘z 
milliy pul tizimlarini barpo etgunga qadar “rubl”dan umumiy holda 
foydalanib turishlari iqtisodiy zaruriyat edi. Boshqa chora yo‘q 
ham edi. Chunki siyosiy mustaqillikka erishilgani bilan sobiq 
ittifoqdosh respublikalarning bir-biriga qaram qilib tashlangan 
iqtisodiyotlari bir kunda mustaqil yashab keta olmasdi. Natijada 
Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligi to o‘z valyutasini kiritishga 
yetarli sharoit yaratgunga qadar “yagona rubl hududi”da qolishga 
xohish bildirishdi va ular 1992-yil oktyabrda “yagona rubl hududi” 
to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Keyin O‘zbekiston va Rossiya 
hukumatlari, Markaziy banklari pul tizimlarini birlashtirish haqidagi 
ikki tomonlama shartnomaga qo‘l qo‘yishdi. 
1993-yil namunasidagi yangi rubllar O‘zbekiston hududiga 
yetib kelgandan keyin mazkur bitim va kelishuvlar Rossiya 
Federatsiyasi hukumati tomonidan bir tomonlama to‘xtatildi. 
Bundan sal oldinroq, ya’ni 1993-yilning 10-mayida Qirg‘iziston 
to‘satdan o‘z milliy valyutasi – somni muomalaga kiritdi. Xolbuki, 
Hamdo‘stlik davlatlaridan birortasi o‘z milliy pul birligiga o‘tishga 
69 
Mamlakat ichida o‘z milliy puli bilan parallel ravishda xorijiy 
valyutaning muomalada bo‘lishi qator salbiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Bunda, eng avvalo, oldi-sotdi operatsiyalarining 
muayyan qismi xorijiy vayutada amalga oshiriladi, buning 
oqibatida muomalada milliy valyutaning hissasi haqidagi tasavvur 
butunlay buzilib ketadi. Shunga bog‘liq ravishda pul massasi, 
iqtisodiy ahvol haqidagi raqamlar ham obyektiv borliqni buzib 
ko‘rsatadi va h.k. 
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa 
mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining 
qadrsizlanishiga olib keladi. 
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul 
siyosatining yo‘nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun 
zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa 
bir yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalish byudjet daromadlarini 
ko‘paytirishdir. Ana shu yo‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab 
etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan o‘tilganidan so‘ng 
pul tizimi inflyatsiyaga moyil (ta’sirchan) bo‘lib qoladi, ya’ni byudjet 
daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo‘lishi mumkin. Agar 
qandaydir bir sabablarga ko‘ra davlat o‘z pul tizimini tartibga 
solishga qodir bo‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga 
putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning milliy 
valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi tura 
olmaydi va milliy boylikdan mahrum bo‘lib qolish mumkin (o‘zaro 
hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va h.k.lar orqali). 
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning yo‘nalishi bo‘lib, u 
mamlakat krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda 
kapitalining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda 
kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning 
muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va 
investitsiyalar uchun mablag‘larning qarzga olinishini ta’minlaydi. 
Iqtisodiyotning 
kredit 
sektori 
o‘rtacha 
foyda 
normasini 
tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi 
jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U 
asossiz darajada yuqori bo‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin: 

kreditlarning qaytarilmasligi; 

ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar 
narxining o‘sishi; 


70 

qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va 
buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi; 

ishlab chiqarish hajmining qisqarishi; 

takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining 
pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi. 
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning 
sog‘lomlashuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va 
xizmatlar bahosining pasayishiga va ana shularning natijasida 
esa, takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining 
oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va pirovard 
natijada byudjet daromadlarining ko‘payishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning baho 
siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining tartibga 
solinishi orqali ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida ayni 
davrda yerosti boyliklari, suv havzalari, temir yo‘llar, elektr uzatish 
tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. 
Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining o‘sishi milliy 
xo‘jalik boshqa barcha tarmoq va sohalarida baholarning o‘sishiga 
olib keladi. Bu yerda bog‘lanish shunchalik ayonki, hech qanday 
izohga hojat yo‘q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni 
tartibga solishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. 
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo‘na-
lishlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real 
sektoriga o‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun 
sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy 
qilinadigan tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat 
boshqaruvi 
va 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
moliyasini 
boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion 
siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar 
tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning 
xorijga chiqib ketmasligi va, aksincha, mamlakatga xorijiy 
kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali 
ifodalanadi. 
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat 
aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq. 
Hozirgi paytda bu siyosat, o‘z navbatida, pensiya siyosati, 
immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy 
yordam ko‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o‘z ichiga oladi. 
75 
ketilayotgan 
boyliklarning 
buxgalteriya 
hisob-kitoblari 
ham 
Moskvada yuritilar va yaratilayotgan daromadlar miqdorini 
o‘zbekistonliklar bilmasligi uchun turli vosita hamda usullar o‘ylab 
topilgan edi. 
Shu bois mustaqillikka erishish arafasida, ya’ni 1989-1991 
yillarda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadining 30-40 foizi 
sobiq Ittifoqdan qaytib beriladigan subvensiyadan iborat edi. 
Lekin, 1988-yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondan olib 
ketilgan bir yillik paxta tolasining o‘zidangina 25 milliard rubl 
daromad olingan, ya’ni bu miqdor bizga “subvensiya”ga berilgan 
2,5 milliard rubldan 10 baravar ko‘p edi.
1991-byudjet yilida O‘zbekiston uchun yanada og‘ir moliyaviy 
ahvol yuzaga keldi. Rossiya Federatsiyasi
 
rahbariyati SSSR 
davlat 
byudjetiga 
Rossiya 
hududidan 
yig‘ib 
olinadigan 
mablag‘ning tushishini to‘xtatib qo‘ydi. Mazkur holat Ittifoq 
byudjetidan O‘zbekistonga qaytishi mo‘ljallangan subvensiya 
hajmining oldinroq qisqara boshlashiga, keyin esa butunlay 
to‘xtashiga olib keldi. O‘zbekiston davlat byudjeti va iqtisodiyoti 
butunlay izdan chiqib ketish xavfi ostida qoldi.
Shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, O‘zbekiston Res-
publikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan kundan boshlab 
mustaqil moliyaviy siyosat yurita boshladi. O‘zbekiston rahbariyati 
xalqaro moliyaviy maydonga biz barcha bilan faqat teng huquqli, 
o‘zaro foydali shartlar asosida iqtisodiy hamkorlik qilishga 
tayyormiz, degan pozitsiya bilan chiqdi. Endigina mustaqillikka 
erishgan davlatlar rahbarlarining faqat yordam so‘rab murojaat 
etishlariga o‘rganib qolgan xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari 
uchun O‘zbekiston Respublikasining mustaqil moliyaviy siyosat 
kutilmagan hol edi. Aslida mustaqillikni endigina qo‘lga kiritgan 
mamlakat tashqi moliyaviy yordamga muhtoj edi.
Bir vaqtning o‘zida mustaqil O‘zbekistonning mustaqil moliya, 
bank va soliq tizimiga asos solish rejali iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv zaruriyatga aylangan murakkab bir 
sharoitga to‘g‘ri keldi va bu masalalar ham o‘z echimini topdi. 
Mustaqil moliya, bank va soliq tizimlarini barpo etish sohasida 
o‘tkazilgan tadbirlarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin. 
Buning uchun birinchi navbatda moliya, soliq va bank tizimini 
mutlaqo yangi asoslarda barpo etish uchun zaruriy huquqiy asos 
yaratildi. 


74 
moliyaviy mavqeini tiklash bo‘yicha umumxalq harakati boshlanib 
ketdi. Jumladan, ixtiyoriy suratda tilla va zeb-ziynat buyumlarni 
yig‘ish va davlatga tekinga topshirish boshlandi. Birgina “DEU” 
konserni jamoasi yarim kunning o‘zida 45 kilogramm oltin yig‘di. 
Mamlakat bo‘yicha bu raqam juda katta miqdorni tashkil etdi. 
2008-yili AQSh ipoteka banki tizimida boshlangan inqiroz 
butun dunyoni qamrab oldi. Mazkur iqtisodiy inqiroz iqtisodiyotni 
bozor munosabatlarining o‘zlari tartibga solishi kerak, davlatning 
iqtisodiyotga iloji boricha aralashmasligi maqsadga muvofiq, 
degan nazariy qarash va amaliy xatti-harakatlar noto‘g‘ri 
ekanligini ko‘rsatdi. Eng muhimi esa, jahonning rivojlangan 
davlatlari moliya siyosatida juda katta xatolar bor ekanligi ma’lum 
bo‘ldi va uni tubdan isloh qilish zaruriyati kun tartibiga qo‘yildi. 
Ayrim davlatlarning iqtisodiy rivoji ma’lum bir sohalargagina 
bog‘lanib qolgan. Faqat turizm, qazilma boyliklar, xomashyo qazib 
chiqarish bilan xalqaro iqtisodiy makonda o‘z o‘rnini topgan 
davlatlar bunga misol bo‘la oladi. Mazkur sohalarga keskin ta’sir 
ko‘rsata oladigan voqealarning yuz berishi (konlarning tugashi, 
qurg‘oqchilik yoki suv toshqini, sayyohlik marshrutlarining 
o‘zgarishi va h.k.lar) natijasida mamlakat moliyaviy siyosatining 
mazmuni va shakllari keskin o‘zgarishi mumkin. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, eng katta tabiiy boyliklar 
ham hamisha mustaqil moliyaviy siyosat yuritish va iqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlashga yetarli zamin bo‘la olmaydi. Agar 
shunday bo‘lganda, Rossiya, Braziliya, Meksika, Argentina kabi 
davlatlar jahonning eng boy mamlakatlari bo‘lishi kerak edi. 
Holbuki, ular turli davrlarda dunyodagi eng ko‘p qarzi bor davlatlar 
ro‘yxatining birinchi o‘ntaligidan joy olishgan (Rossiya 2000 
yillarga kelibgina bu ro‘yxatdan chiqa oldi). Qazilma boyliklari 
deyarli bo‘lmagan Yaponiya esa ularga eng ko‘p qarz bergan 
davlatlardan biri hisoblanadi.
Keltirilgan misollardagi kabi salbiy holatlar yuz bermasligining 
oldini olishda oqilona tanlangan va amalga oshirilgan moliyaviy 
siyosatning ahamiyati juda katta bo‘ladi.
O‘zbekiston tom ma’nodagi mustamlaka mamlakat edi. Bu 
yerda yaratilgan boylik to‘laligicha Moskva ixtiyoriga tashib ketilib, 
xuddi shu boylikning kichik bir qismi ortga qaytib berilardi. Lekin 
bu qaytish endi go‘yoki Ittifoq hukumatining o‘zini o‘zi boqishga 
qodir bo‘lmagan xalqqa “yordami” edi. O‘zbekistondan olib 
71 
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida qarash 
bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi 
sifatida e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj 
yig‘imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga 
ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos bo‘lgan usuliga ham egadir. 
Usulning o‘ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, 
mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va 
xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, 
mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirishi yoki 
unga to‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda o‘xshashi 
bo‘lmagan texnologik asbob-uskunani import qilishga yuqori 
stavkali boj yig‘imi o‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab 
chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki 
ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import 
qilinadigan mahsulotlarning salmog‘ini oshiradi. 
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga 
egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi 
stavkalarining joriy etilishi ko‘p hollarda amaliyotda xuddi shunday 
javob choralarining qo‘llanilishiga olib keladi. Boj siyosati 
yo‘nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos 
kelishi kerak. Masalan, bugun mamlakatimiz oziq-ovqat va 
kundalik ehtiyoj tovarlarining qaysidir bir turlarini import qilishga 
majbur bo‘lsak, bu holat boj stavkalarida o‘z aksini topmog‘i lozim. 
Ammo 
boj 
stavkalari 
rag‘batlantiruvchi 
bo‘lsa, 

holda 
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan 
raqobat qila olmay qoladi. 
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj 
siyosati bojxona bojlari va to‘lovlarini oshirishga yo‘naltirilgan 
byudjet siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari 
(yo‘nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga 
erishishga 
yo‘naltirilgan, 
muvofiqlashtirilgan, 
takror 
ishlab 
chiqarish subyektlarining manfaatlariga zid bo‘lmaydigan bo‘lishi 
kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va 
tashqi 
qarzlarining 
kamayishiga, 
davlatning 
oltin-valyuta 
zaxiralarining 
ortishiga, 
inflyatsiyani 
jilovlashga, 
byudjet 
defitsitining 
kamayishiga, 
YaIM 
hajmining 
ko‘payishiga, 


72 
mamlakatimizda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlar 
raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kelmog‘i lozim. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin