2.3. O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida davlat o‘z oldiga
qo‘ygan vazifalarning mazmuni va talablaridan kelib chiqqan
holda moliyaviy siyosatning mazmuni va shakllari ham o‘zgarib
boradi. Masalan, Sho‘rolar moliyaviy siyosati o‘zining mohiyati
jihatidan tom ma’noda mustamlaka davlatining moliyaviy siyosati
edi. Shu sabab sobiq SSSR davrida yuritilgan moliyaviy siyosati
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning yana bir o‘ziga xos
xususiyati shunda ediki, u davrda mamlakat taraqqiyotini
ta’minlashda moliyaviy siyosatning roliga yetarlicha baho
berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo,
iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko‘rsatildi.
Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy
siyosat mamlakat oldida turgan muammolarni hal qilishga
qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Uzoq
davrga mo‘ljallangan konsepsiyalarni ishlab chiqishda iqtisodiy
samaradorlik o‘rniga ko‘proq siyosiy g‘oyalarning asos qilib
olinishi, shu bois iqtisodiy
jihatdan kam samara beradigan, qisqa
muddatli foyda olishni ko‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar
iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda amal qilayotgan
moliyaviy siyosatning mazmunini yaxshiroq tushunib olish uchun
sobiq sho‘rolar davri hamda mustamlakachilikdan qutulgan
davlatlarda moliyaviy siyosatning ayrim jihatlari haqida qisqacha
axborot berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Siyosiy mustaqillikka erishgan davlatning iqtisodiy mustaqil
davlatga aylanib ketishi o‘z-o‘zidan amalga oshib ketaveradigan
hodisa emas. Lekin davlat, iqtisodiy, ayniqsa, moliyaviy
mustaqillikka erisha olmasa, uni tom ma’noda mustaqil davlat,
deb bo‘lmaydi.
Mustamlaka zulmidan qutulgan davlatni moliyaviy qaramlik
iskanjasida saqlab qolishdan manfaatdor kuchlar hamisha
73
topiladi. Birinchi navbatda sobiq mustamlakachi davlat va undagi
mustamlaka yurt iqtisodiyotini o‘z foydasiga ishlatib yotgan turli
guruhlarda shunday intilish bo‘ladi. Masalan, XX asr boshida va
ikkinchi jahon urushidan so‘ng Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida
o‘nlab davlatlar mustaqillikka erishdi. Lekin siyosiy mustaqillikni
qo‘lga kiritgan davlatlarning asosiy qismi moliyaviy jihatdan
avvalgi mustamlakachi davlatlarga qaramligicha qolaverdi.
Mustamlakachi davlatlar esa sobiq mustamlakalari iqtisodiyotida
o‘z nufuzlarini saqlab qolish, ularda moliyaviy mustaqillikka
erishish uchun qilinayotgan xatti-harakatlarga zimdan zarba
berish, ilm-fan rivojiga to‘sqinlik qilib, ishlab chiqarishning fan
yutuqlari va yuqori intellektni talab qiladigan sohalari taraqqiyotini
cheklash, ularni arzon ishchi kuchi va xomashyo mintaqalari
sifatida saqlab qolish uchun turli vositalar o‘ylab topishdi.
Masalan,
rivojlangan
davlatlar
va
yirik
transmilliy
kompaniyalar mahsulot sotish va xizmat ko‘rsatish xalqaro
bozorini o‘zaro taqsimlab olishdi. Ular bu sohada tartib - intizom
o‘rnatishdek olijanob g‘oya ostida turli xalqaro savdo-iqtisodiy
tashkilotlar tuzishdi. Yosh, rivojlanayotgan davlatlardan birida har
taraflama sifatli, bejirim mahsulot ishlab chiqarildi, deb faraz
qilaylik. Jahon bozorining “xo‘jayinlari” yangi mahsulot egasiga
ular bilan kelishmasdan, ya’ni daromadning ma’lum qismini
birgalikda baham ko‘rmasdan, xalqaro bozorga chiqishga imkon
bermaslikka harakat qila boshlashdi.
Ba’zan siyosiy mustaqil, iqtisodiy rivojlanish darajasi baland
davlatlarning moliyaviy mustaqillikni qo‘ldan boy berib qo‘yish
hollari ham uchraydi. Bunday hodisa turli sabablarga ko‘ra yuz
berishi mumkin. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya,
Indoneziya, Singapur, Gonkong, Argentina, Rossiya kabi davlatlar
1997-1998-yillarda moliyaviy inqiroz holatiga tushib qolishdi va bu
hodisa mazkur davlatlar moliyaviy mustaqilligiga juda katta salbiy
ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim davlatlar, xalqaro moliyaviy idoralardan
o‘nlab milliard dollar miqdorida qarz olishga majbur bo‘ldi va shu
qarzni to‘lab qutilgunlariga qadar amalda mustaqil moliyaviy
siyosat o‘tkazish huquqini yo‘qotishdi.
Bu ro‘yxatga tushib qolgan Janubiy Koreya tezda avvalgi
mavqeini tiklab olishga muvaffaq bo‘ldi. Negaki, koreys millatida
vatanparvarlik va Vatanning istiqboli uchun fidoiylik juda kuchli
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Koreya Respublikasida mamlakatning
96
miqdoriy
ko‘rsatkichlarning
tahlili
bu
sektorning
taraqqiy
topayotganligidan
dalolat
beradi.
Notijorat
soha
holatini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
•