380
birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo‘ljallangan.
Ularning tarkibiga ijtimoiy sug‘urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning
alohida shakllari va turlarining yig‘indisi davlat byudjeti
daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli subyektlardan
kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir-biri bilan o‘zaro
bog‘langan.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy
bo‘lmasdan,
mamlakat
taraqqiyoti
va
davlatning
oldidagi
vazifalarning o‘zgarishiga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi.
Masalan, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat
byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma
shakllangan: mamlakatimiz davlat byudjetining daromadlari ayni
paytda to‘g‘ri (bevosita) soliqlar, egri (bilvosita) va resurs to‘lovlari
va mol-mulk solig‘i, ustama foydadan olinadigan soliq,
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq
va
boshqa
daromadlardan
tarkib
topmoqda.
Davlatimiz
byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri (bilvosita)
soliqlar, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari,
jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to‘lovi va transport
vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga jismoniy
shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.
Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat byudjeti
daromadlarining yarmi (50,23%) shakllanayapti. Bu soliqlar
orasida qo‘shilgan qiymat solig‘i (28,15%) va aksizlar (16,47%)
davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga
egadir. Birgina qo‘shilgan qiymat solig‘i yordamida davlat byudjeti
daromadlarining ¼ qismidan ko‘prog‘i shakllanayotganligi bu
soliqning davlat byudjeti daromadlari tuzilmasidagi o‘rni katta
ekanligini yaqqol ko‘rsatayapti.
Shuningdek,
Davlat
byudjeti
daromadlarining
tarkibiy
tuzilmasida to‘g‘ri (bevosita) soliqlar ham o‘z o‘rniga ega. Ular
yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismi tashkil
topayapti. Uning asosiy qismi (jami to‘g‘ri (bevosita) soliqlarning
49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
hissasiga to‘g‘ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan
davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%)
o‘ynamoqda.
373
– soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
– davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq
bo‘lishi lozim;
– soliqlarning undirilish jarayoni ishlab chiqarishdan xususiy
sektorni siqib chiqarmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: