Aksizlar . Umumdavlat soliqlarining turlaridan yana biri
aksizlardir. Ular mahsulotlar va xizmatlarning bahosidan
undiriladi. Aksizlar tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi
yoki tarifning tarkibiga kiritiladi. Odatda, yuqori rentabelli
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini byudjetga
olish uchun sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat
tomonidan o‘rnatiladi. Mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va
import qilingan aksiz to‘lanadigan mahsulotlarga aksiz solig‘i
solinadi. Bu soliq bo‘yicha soliqqa tortish obyekti aksizosti
mahsulotlarning (ichimlik spirti, vino-aroq, tamaki, mo‘yna, ikra,
zargarlik buyumlari, yengil avtomobillar, maishiy-kimyo buyumlari,
neft va neft mahsulotlari va boshqalar) qiymatidir(qo‘shilgan qiymat
solig‘i hisobga olinmagan holda).
Aksiz to‘lanadigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yoki
bunday mahsulotlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy
shaxslar byudjetga aksiz solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadi.
Aksiz to‘lanadigan mahsulotlar ro‘yxati va aksiz solig‘ining
stavkalari
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi. Ularning stavkalari, odatda, 5% dan
(yengil avtomashinalar uchun) 90% gacha (ichimlik spirti) bo‘lishi
mumkin. Aksiz solig‘ining asosiy qismi neft va gaz hamda spirtli
alkogol mahsulotlariga nisbatan o‘rnatilgan aksizlar hisobidan
shakllanadi.
389
bilan ishlab, topilgan mablag‘lardan foydalanish uchun teng
sharoitlarning yaratilganligi;
•
soliqlarning ikkita asosiy turi birgalikda qo‘llanilayotganligi:
to‘g‘ri (daromadlarga va mol-mulkka) va egri (tovarlar va
xizmatlarga). Avval egri (bilvosita) soliqqa tortish Vatanimiz
iqtisodiy amaliyotida to‘liq inkor qilingan edi;
•
avvalo, jismoniy emas, yuridik shaxslarning soliqqa tortilishi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining rivojlangan xorijiy
mamlakatlar soliq tizimlaridan farqini ko‘rsatadi. Barcha yuridik
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organlarida
ro‘yxatdan o‘tishga majbur. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olmasdan turib banklar ularga
hisobvaraqlarini ochish huquqiga ega emaslar.
•
soliq
qonunchiligini
buzganligi
uchun
juda
qattiq
sanksiyalarning, shu jumladan, moliyaviy, ma’muriy va jinoiy
javobgarlik choralarining qo‘llanilayotganligi;
•
soliq to‘lovchilar uchun ularning iltimosiga ko‘ra joriy yil
doirasida soliqlar va yig‘imlarni byudjetga to‘lash, shuningdek,
moliyaviy sanksiyalar summalari (agar ularni to‘lash korxonani
kasodga uchrashga olib kelsa – 6 oy muddatgacha), bo‘yicha
to‘lov muddatlarini kechiktirish yoki uzaytirish imkoniyatining
mavjudligi.
Soliqqa tortish jarayonlari soliq tizimining asosiy prinsiplari
yordamida tartibga solinadi. Bunday prinsiplar quyidagilardan
iborat:
•
soliqlar jamiyat va davlatning faoliyat ko‘rsatishi va
rivojlanishini moliyaviy ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi;
•
o‘rnatilgan tartibga ko‘ra soliq to‘lovchi bo‘lgan har bir shaxs
(yuridik yoki jismoniy) soliq qonunchiligiga binoan belgilangan
soliqlarni to‘lashga majburdir;
•
soliqlar siyosiy, mafkuraviy, etnik, konfessional va shunga
o‘xshash boshqa mezonlar asosida qo‘llanilmasligi lozim;