Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

17.5. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar 
 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar fiskal nuqtayi nazardan yyetarli 
darajada samarali bo‘lmagan va ikkinchi darajali ahamiyatga ega 
bo‘lgan 
soliqlar 
va 
yig‘imlardir. 
Mamlakatning 
soliq 


398 
(foyda)larning tarkibiga boshqa korxonalarning faoliyatiga hissali 
ishtirok etishdan, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad 
(foyda)lar hamda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olingan boshqa 
daromad (foyda)lar kiradi. 
Korxonalarga tegishli bo‘lgan daromad (foyda)ni soliqqa 
tortishda soliq imtiyozlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 
etadi. Shu munosabat bilan soliqni hisoblashda soliqqa 
tortiladigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi: 

ishlab 
chiqarish 
maqsadlariga 
mo‘ljallangan 
kapital 
qo‘yilmalarni moliyalashtirishga, xuddi shu maqsadlar uchun 
olingan va foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini 
ham qo‘shgan holda) yo‘naltirilgan daromad (foyda)ning 
summasiga; 

iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari uchun uy-joy 
qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan daromad (foyda)ning 
summasiga; 

mahalliy 
o‘zini-o‘zi 
boshqarish 
organlari 
tomonidan 
tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda ijtimoiy-madaniy 
soha obyektlari va uy-joy fondini saqlashga yo‘naltirilgan 
korxonalarning haqiqiy xarajatlari summasiga; 

xayriya fondlariga badallar summasi va boshqalarga. 
Korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning 
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yil uchun 
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjetining asosiy 
parametrlari to‘g‘risidagi Qarorlariga muvofiq o‘rnatiladi. Bu soliq 
joriy etilgan dastlabki yilda uning stavkasi 38% darajasida 
belgilangan bo‘lsa, uning darajasi 2007-yilda 10% ga teng bo‘lgan. 
2019-yilda esa uning darajasi 12,0% qilib belgilangandir (tijorat 
banklari uchun esa 20% darajasida).
Soliqning summasi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya 
hisoboti ma’lumotlari asosida (yil boshiga nisbatan o‘sib borish 
tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi. U byudjetga soliq to‘lovchi 
tomonidan choraklik hisob-kitoblar bo‘yicha choraklik buxgalteriya 
hisobotini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan besh 
kunlik muddatda, yillik hisob-kitoblar bo‘yicha esa yillik 
buxgalteriya hisoboti va balansini taqdim etish muddati uchun 
belgilangan kundan o‘n kunlik muddatda o‘tkaziladi. Chorak 
davomida bu soliqni to‘lovchilar har oyning 15-kunidan 
kechiktirmasdan choraklik soliq summasining 1/3 qismi miqdorida 
avans to‘lovlarini amalga oshirishlari kerak. 
387 
soliq imtiyozlarini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish 
evaziga qo‘lga kiritilayapti. 
Soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar o‘ziga xos 
o‘ringa ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘i Yevropa Ittifoqining barcha 
mamlakatlarida amal qiladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlardan faqat 
AQSh va Yaponiyada bu soliq qo‘llanilmaydi. 
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bojxona bojlari 
ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular tovarlar eksporti va 
importida olinadigan soliqlardir. Keyingi yillarda dunyo xo‘jalik 
hayotining globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada 
rivojlanishi natijasida bojxona bojlarining davlat byudjeti daro-
madlarini shakllantirish manbai sifatidagi roli ham birmuncha 
pasayib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar 
byudjetlari daromadlarining o‘rtacha 1-4% shu soliq hisobidan 
tarkib topayapti. 
Davlat fiskal monopoliyalari yoki fiskal monopol soliqlarda davlat 
ommaviy iste’molga ega bo‘lgan qandaydir bir mahsulotni (aroq, 
sigareta va shunga o‘xshashlar) ishlab chiqarish va uni sotish 
ustidan monopoliya o‘rnatadi va o‘rnatilgan monopol bahodan 
tadbirkorlik daromadi bilan bir qatorda yirik soliqlar ham undiradi. 
Davlat byudjetiga kelib tushadigan fiskal monopol soliqlar Fransiya, 
Italiya, GFR va Yaponiya kabi mamlakatlarda qo‘llaniladi. 
Mahalliy byudjetlarga fiskal nuqtayi nazaridan yyetarli 
darajada samarali bo‘lmagan va ikkinchi darajali ahamiyat kasb 
etuvchi soliqlar biriktiriladi. Mahalliy byudjetlarning ixtiyoriga kelib 
tushadigan soliqlarning asosiysi mol-mulk solig‘idir. 
Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlatlarda federatsiya 
a’zolari byudjetlarining daromadlariga tegishli bo‘lgan masala 
turlicha hal qilingan. Masalan, AQShda shtatlarning byudjetlari 
egri (bilvosita) soliqlarga tayangan bo‘lib, ularning orasida 
sotuvdan olinadigan soliq asosiy o‘rin tutadi. GFRda esa aholidan 
olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalar foydasidan 
olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar ma’lum foizlarda federal va 
yer byudjetlari o‘rtasida bo‘linadi. Juda ko‘p mamlakatlarda 
mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladigan soliqlarga nisbatan ustamalar 
(qo‘shilmalar) qo‘llash amaliyoti joriy etilgan. 
Shunday 
bo‘lishiga 
qaramasdan 
mahalliy 
hokimiyat 
organlarining o‘z funksiyalarini to‘liq amalga oshirishlari uchun 
soliqlar, aksariyat hollarda, yetarli emas. Shu sababli mahalliy 


388 
byudjetlarga yuqori byudjetdan dotatsiya, subvensiya, subsidiya, 
kredit va boshqa shakllarda mablag‘lar yo‘naltiriladi. 
O‘zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig‘imlar undiriladi. 
Ular sonining ko‘pligi xilma-xil vazifalarni hal qilish va turli-tuman 
funksiyalarni bajarish imkonini bersa-da, bir vaqtning o‘zida bu 
holat, ularni undirish bo‘yicha xarajatlarning ortishiga olib keladi 
va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga sharoit yaratadi. 
Zamonaviy soliq tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi: 
1) davlat byudjeti daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida jalb 
qilinishini ta’minlash. Aks holda, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatini amalga oshirish mumkin emas; 
2) yoppasiga va xo‘jalik yuritishning alohida sohalari bo‘yicha 
ishlab chiqarish va iste’molni tartibga solish uchun sharoit yaratish. 
Bunda aholining turli guruhlari daromadlarini shakllantirish va qayta 
taqsimlashning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi quyidagi belgilar 
bilan xarakterlanadi: 

huquqiy asosga egaligi va nisbatan bo‘lsa-da, barqarorligi 
(soliqlar va soliqqa tortishning barcha masalalariga nisbatan emas); 
daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq barcha 
iqtisodiy munosabatlarga kirib boradi. Barcha soliqlar va 
yig‘imlarni joriy etish va ularni bekor qilish faqat davlat hokimiyati 
organlari tomonidan amalga oshiriladi; 

soliqlarni hisoblash va undirishning yagona prinsiplari va 
mexanizmi. Barcha soliqlar va yig‘imlar ustidan yagona nazorat 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi 
organlari tomonidan amalga oshiriladi; 

yangi soliqlarning joriy qilinganligi (qo‘shilgan qiymat solig‘i 
va boshqalar) hamda soliq imtiyozlari va oldin amal qilgan soliqlar 
bazasini hisoblash tartibida keskin o‘zgarishlarning sodir 
etilganligi; 

soliq kalendariga muvofiq qonunchilik yo‘li bilan soliqlarni 
to‘lashda aniq ketma-ketlik o‘rnatilganligi. Masalan, yuridik 
shaxslar birinchi navbatda umumdavlat soliqlarini, undan keyin 
esa mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘lashadi; 

barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan teng talablarning 
qo‘llanilishi va soliqlar ro‘yxatini aniqlash, stavkalarni unifikatsiya 
qilish, imtiyozlar va ularni taqdim etish mexanizmini tartibga solish 
hamda mablag‘lardan foydalanish huquqiga aralashmaslik yo‘li 
397 
Aksiz solig‘i byudjetga oyning aksiz to‘lanadigan mahsulot 
sotilgan 10 kunligi tugaganidan keyin (agar qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) uch kundan 
kechiktirmay o‘tkazilishi lozim. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin