386
buzganlik uchun javobgarlik choralari majmui soliq tizimi
deyiladi.
Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
istiqbollarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining
talablariga asoslanadi.
Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan
soliqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, soliqlarning ko‘pligi
bilan
xarakterlanadi. Soliq to‘lovchilar daromad solig‘idan tashqari yana
ko‘plab egri (bilvosita) soliqlarni, ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalar,
mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘laydi.
Soliq tizimining tarkibiy tuzilmasi davlat tuzilishiga bog‘liq. Unitar
davlatlarda soliq tizimi tarkibi quyidagicha:
•
davlat soliqlari;
•
mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
Federativ davlatlarda esa soliq tizimi uch bo‘g‘indan
tarkib
topadi:
•
davlat (federal) soliqlari;
•
federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar;
•
mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan asosiy
soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi. Odatda, bunday asosiy soliqlar
tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
•
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
•
aksizlar;
•
aholidan olinadigan daromad solig‘i;
•
korporatsiyalarning
(korxonalarning)
daromadidan
(foydasidan) olinadigan soliq;
•
bojxona bojlari.
G‘arbning
rivojlangan
mamlakatlarida
davlat
byudjeti
daromadlarini shakllantirishda aholidan olinadigan daromad solig‘i
muhim
rol
o‘ynab,
uning
yordamida
davlat
byudjeti
daromadlarining 25-45% tarkib topmoqda.
Bu soliq murakkab
progressiya prinsipi bo‘yicha progressiv stavkalarda undiriladi.
Daromad solig‘i yordamida aholi daromadlari soliqqa tortilayotgan
paytda
soliqqa
tortilmaydigan
minimum
(soliq
to‘lovchi
daromadining soliqqa tortilmaydigan qismi) qo‘llaniladi.
Rivojlangan mamlakatlardagi soliqqa tortishga xos bo‘lgan
muhim
tendensiyalardan
biri
korporatsiyalar
(korxonalar)
daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar
salmog‘ining pasayishidir. Bu narsa
doimiy va uzluksiz ravishda
399
Dostları ilə paylaş: