Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish 
organlari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini 
ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa 
byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, 
subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan, davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 
411 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim 
tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli 
bank kreditlari ko‘rinishida tanlanma yordam ko‘rsatilayapti. 
Iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga byudjetdan katta 
miqdordagi mablag‘lar taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor 
ravishda qo‘llab-quvvatlanishi lozim bo‘lgan soha hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko‘rinishda taqdim 
etilmoqda: 
1) qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni 
qo‘llab-quvvatlash; 
2) ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xo‘jaligi mashinalari
mineral o‘g‘itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun. 
Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga 
byudjetdan yordam ko‘rsatilishi jahon bozorlaridagi shiddatli 
raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi. 
Davlatning davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotga 
aralashuvi iqtisodiy o‘sishning nisbatan yuqori sur’atlarda 
bo‘lishini rag‘batlantiribgina qolmasdan, balki uning davriy 
tebranishini ham yumshatadi (sekinlashtiradi). 
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning 
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlashi bilan bog‘liqdir. Davlat byudjeti 
mablag‘lari 
hisobidan 
Qurolli 
Kuchlarning 
barcha 
turlari 
moliyalashtiriladi. 
Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) to‘g‘ri (bevosita) va egri 
(bilvosita) xarajatlarga bo‘linadi. To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlar 
strategik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, Qurolli 
Kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy 
xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan 
iborat bo‘lishi mumkin. Bu turdagi mudofaa xaraatlari urush 
harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining 
militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlariga urush nogironlari va vafot 
etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik 
idoralarining 
moddalari 
bo‘yicha 
o‘tadigan 
xarajatlarning 
(masalan, yo‘l va strategik obyektlarni qurish xarajatlari) bir qismi 
kiradi.
Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga 
oshirilishi, uning xo‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi byudjetdan 


410 
Mamlakatimizda davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim va 
sog‘liqni saqlash xizmatlarining tekin (bepul) ekanligi hamon 
ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni 
tanlov asosida olish kafolatlangan. Aholining kam ta’minlangan 
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish 
haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo‘yicha berilishi 
lozim bo‘lgan nafaqalarning miqdorini ko‘paytirish, maktab 
yoshigacha bo‘lgan bolalar, maktab o‘quvchilari, studentlarning 
ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, davlat byudjeti 
tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo‘yicha 
choralar ko‘rilmoqda. 
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning 
hamon xo‘jalik yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan 
darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko‘lamlarda yangi sanoat 
korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning 
boshqa tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga 
imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat 
byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va 
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 
alohida o‘rin egallaydi. 
Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va 
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga davlat byudjetining 
ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda. 
Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag‘batlantiruvchi 
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham jahonning ko‘pgina 
mamlakatlaridagi (masalan, Germaniya, Yaponiya, Janubiy 
Koreya, Tayvan va boshqa mamlakatlarda) “iqtisodiy mo‘jiza” 
aynan davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida sodir 
bo‘ldi. 
Davlat byudjetining iqtisodiyotga yo‘naltirilgan xarajatlari 
tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy 
va ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo‘jaligini va iqtisodiyotning davlat 
tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy xo‘jalikning ayrim tarmoqlari 
va mamlakat mintaqalarida bandlikni ta’minlash, eksportni 
rag‘batlantirish xarajatlaridan iborat. 
Keyingi yillarda davlat kapital qo‘yilmalarining hajmi keskin 
oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga 
berilayotgan subsidiyalar miqdori ko‘paymoqda. Iqtisodiyotda 
407 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin