406
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining
roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra
tasniflash (klassifikatsiya qilish) maqsadga muvofiq.
Nazariya va
amaliyotda davlat byudjeti xarajatlarini tasniflashning bir necha
belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi,
ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari
va faoliyat turlari yoki idoraviy bo‘linishi, ijtimoiy mo‘ljallanganligi
bo‘yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik
nuqtayi nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra alohida
guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari kapital va
joriy xarajatlarga bo‘linadi. Bu xarajatlar
kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko‘rsatishi
mumkinligini ifodalaydi.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari innovatsion va inve-
stitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning
tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi
yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar
uchun mo‘ljallangan xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion
maqsadlar uchun davlat
byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar;
d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa xarajatlar;
e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk
miqdorini ko‘paytirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan
xarajatlar;
f) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasniflanishiga
muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan
boshqa xarajatlar kiradi.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot
byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: