Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish 
idoralari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini 
ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa 
byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga dotatsiya, 
subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan, davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 
va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq 
kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar 
davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi. 
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjetining 
xarajatlari iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha 
hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu 
xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi bor 
bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni 
yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini 
yaratish xarajatlari kiradi.
Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan 
xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan 
bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy, boshqa bir 


354 
qismi 
esa 
butun 
jamiyatning 
ehtiyojlarini 
qondirishga 
mo‘ljallangan. Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy 
iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar 
fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol 
fondlarini esa qisman (markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar 
bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti 
mablag‘larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining 
ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va 
sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy 
ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni 
qoplash, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar 
fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda 
keng foydalaniladi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha 
guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyotning umume’tirof 
etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq 
ravishda davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va 
sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, 
mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin.
Davlat 
byudjeti 
xarajatlari 
milliy 
iqtisodiyot 
(xo‘jalik) 
tarmoqlarining 
pul 
fondlarini 
shakllantirishda 
mustahkam 
moliyaviy 
asosni 
yaratish 
bilan 
birgalikda, 
xarajatlarning 
tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi 
nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning 
tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishga o‘zgartiradi. Masalan, 
hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning 
hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va 
aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini 
berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini 
(mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) 
keng 
ko‘lamlarda 
byudjetdan 
moliyalashtirilishi 
ham 
ta’minlanmoqda. 
Ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarining 
iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan 
bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana shunga 
muvofiq davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi gu-
ruhlarga bo‘lish mumkin: 
– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 
367 

Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjetining daromadlari 
qanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin? 

Subyektlarning daromadlari qanday metodlarni qo‘llash 
evaziga davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti? 

Hozirgi sharoitda davlat byudjeti daromadlarining tarkibi 
nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday? 

Mamlakatimizda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari 
tizimining samaradorligi bevosita nimaga bog‘liq va u o‘z ichiga 
nimalarni oladi? 

“Davlat 
byudjeti 
daromadlari” 
va 
“Davlat 
daromadlari” 
tushunchalari o‘rtasiga barobarlik (tenglik) belgisini qo‘yish mumkinmi? 

Davlat byudjetining xarajatlari qanday xarakterli belgilarga 
ega? 

Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi 
nimalar bilan izohlanadi? 

Davlat byudjetining xarajatlari qanday belgilarga ko‘ra 
turkumlashtiriladi? 

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjetining xarajatlari 
qanday xarajatlarga bo‘linadi? 

Davlat byudjetining kapital xarajatlari deyilganda nimalar 
tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat? 

Davlat byudjeti joriy xarajatlarining mazmuni va tarkibini 
bilasizmi? 

Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjetining 
xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? 

Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha 
guruhlarga ajratishning asosida nimalar yotadi? 

Ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha davlat byudjetining xarajatlari 
qanday guruhlardan tashkil topgan? 

Davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari tarkibini aytib 
bering. 

Davlat byudjetining xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday 
guruhlarga ajratiladi? 

Davlat byudjetining xarajatlari hududiy belgilariga muvofiq 
qanday guruhlardan tashkil topadi? 

Faqat 
Respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
xarajatlar tarkibini bilasizmi? 


366 

Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat? 

Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima 
nazarda tutiladi? 

Davlat byudjetining ta’rifini ayting. 

Davlat byudjetining mohiyatini tushuntirib bering. 

Davlat byudjeti boshqa iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar 
bilan qanday bog‘langan? 

Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi? 

Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday 
xarakterli xususiyatlarga ega? 

Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalarining 
miqdoriy va sifat tomonlari nimalardan iborat? 

Davlat byudjeti mexanizmini qanday tushunasiz? 

Davlat byudjetining ahamiyatini tushuntirib bering. 

Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida qanday o‘rinni 
egallaydi? 

Davlat byudjetining daromadlari nima uchun oraliq 
xaraktyerga ega? 

Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
shaklini nimalar tashkil etadi? 

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining 
asosiy prinsiplari nimalardan iborat? 

Davlat byudjetining daromadlari qanday mezonlar asosida 
tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin? 

Davlat byudjetining daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra 
qanday guruhlarga bo‘linadi? 

Davlat byudjetining soliq daromadlari tarkibini bilasizmi? 

Davlat byudjetining soliq bo‘lmagan daromadlari tarkibiga 
nimalar kiradi? 

Tushumlarning qanday turlari (ko‘rinishlari) davlat byudjeti 
daromadlarining tarkibi hisobiga olinishi mumkin? 

Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday 
tartibda tasniflanadi? 

To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib 
bering. 

O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjetining 
daromadlari qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin? 
355 
– milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; 
– mudofaa xarajatlari; 
– boshqaruv xarajatlari. 
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 
o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, 
ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan 
xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga 
ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida 
aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi 
tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni 
moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini 
qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga 
oshirishga keng yo‘l ochib beradi. 
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo‘jalik 
yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. 
Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini 
qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo‘jaligida ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon 
yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari 
orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-
tirish xarajatlari alohida o‘rin egallaydi. 
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning 
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlashi 
zarurligi bilan 
bog‘liqdir. Qurolli 
Kuchlarning barcha turlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladi. 
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga 
oshirilishi, 
uning 
xo‘jalik-tashkilotchilik 
funksiyasi 
davlat 
byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida 
xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati 
organlari, sud va prokuratura fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv 
organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini 
tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik 
qilishga imkon yaratadi. 
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to‘rtta 
guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o‘zlarining aniq 
maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ham bir necha qismlarga 
bo‘linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan 


356 
tarkib topadi. Kapital qo‘yilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, 
subsidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish 
xarajatlari, kapital va joriy remont, kanselyariya va xo‘jalik 
xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida 
ko‘rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum aniq 
maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanishi davlat byudjeti 
mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, davlat 
byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan 
moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi. 
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtayi nazardan turkumlarga ajratish 
bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish 
mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, 
assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va h.k.), 
davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Davlat 
byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo‘yicha guruhlanishi 
davlat byudjeti mablag‘larini aniq oluvchilarni ko‘rsatadi va ular 
tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo‘lib, ajratilgan 
davlat byudjeti mablag‘laridan o‘z vaqtida, samarali va qonuniy 
foydalanish ustidan javobgardirlar. 
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda 
bo‘linishi ular markazlashuvining turli darajalarini o‘zida aks 
ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra, 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari respublika 
va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi. 
Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat
69


ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 

nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlari; 

iqtisodiyot xarajatlari; 

markazlashtirilgan 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
xarajatlari; 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va 
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; 

sudlarni saqlab turish xarajatlari; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish 
xarajatlari; 
69
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning
69- moddasi. -T.: “Adolat”, 2014 y. 9-b.
365 

va boshqalar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari o‘zining muddatiga qarab 
qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan ortiq va 
besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo‘lishi 
mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda 
(zayom shartlarini, jumladan, to‘lov muddatlari, foiz to‘lovlarining 
miqdori, muomala muddatlarini o‘zgartirmasdan) qaytarilishi 
kerak. 
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan 
iborat bo‘lishi mumkin: 

hukumatning davlatni qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha 
qarzining asosiy nominal summasi; 

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning 
hajmi; 

mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha 
majburiyatlar hajmi; 

va boshqalar. 
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va 
xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan 
taqdim etilgan davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlar hajmi; 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‘yicha 
asosiy qarz hajmidan iborat bo‘ladi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin