Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjetining xarajatlari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
16.3. Davlat byudjetining xarajatlari 
Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya 
bo‘lgan davlat byudjetining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli 
bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Ya’ni ular taqsimlash 
xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining 
amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. 
Shu bilan birgalikda davlat byudjetining xarajatlari bir butunning 
o‘ziga 
xos 
qismi 
bo‘lganligi 
uchun 
ular 
davlatning 
markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va 
tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash 
munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga 
yo‘naltirilayotgan davlat byudjeti mablag‘larining harakatidan 
iborat. 
Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari 
orqali namoyon bo‘ladi. Davlat byudjeti xarajatlari turlarining 
xilma-xilligi esa, o‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi 
bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot 
darajasi; 
davlat 
byudjetining milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi; iqtisodiy 
munosabatlarning 
rivojlanganlik 
darajasi; 
davlat 
byudjeti 
mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h.k. 
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli 
va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra 
turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular o‘zlarining iqtisodiy 
mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish 
tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha va 
ma’lum maqsadlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. 
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjetining xarajatlari 
kapital va joriy xarajatlarga bo‘linadi. 
68
Davlat byudjeti daromadlariga oid ushbu paragrafda ko‘tarilgan masalalarning aksariyati, ma’lum ma’noda biroz 
takrorlashlar bo‘lishiga qaramasdan, darslikning 17-bobi doirasida batafsilroq ko‘rib chiqiladi. 
337 
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan 
tarzda vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyumlashgan 
qatlami yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash 
jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash 
munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qonunlarning ta’siri 
ostida bo‘lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. 
Davlat byudjeti ko‘p sonli va bo‘lingan taqsimlash aktlarining 
majmui orqali yalpi ichki (milliy) mahsulot harakatining asosiy 
yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Aynan davlat byudjeti iste’mol va 
jamg‘arish fondlarining shakllanishiga, iste’mol fondining qismlarga 
ajralishiga, sof daromadning davlat va subyektlar o‘rtasida 
bo‘linishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. 
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida 
bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini 
aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin