368
•
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi?
•
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret
tarkibi va ularning tuzilmasi qanday?
•
Byudjetdan moliyalashtirishning mazmunini aytib bering.
•
Byudjetdan moliyalashtirishning
umumiy prinsiplarini aytib
bering.
•
Amaliyotda
byudjetdan
moliyalashtirishning
qanday
shakllaridan foydalanilmoqda?
•
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “Davlat xarajatlari”
iboralari bir xil ma’noni anglatadimi?
•
Davlat byudjeti defitsitini qanday tushunasiz?
•
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy
sabablarini bilasizmi?
•
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan
strategik yondashuv (strategiya) nimalarga alohida e’tibor berishni
taqozo etadi?
•
Davlat byudjeti defitsiti darajasini
kamaytirish yoki unga
barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-
tadbirlarning asosiy yo‘nalishlarini aytib bering.
•
Davlat
byudjeti
defitsitini
moliyalashtirishning
asosiy
manbalarini aytib bering.
•
Davlatning ichki va tashqi qarzlarini qanday tushunasiz?
•
Davlat ichki qarzlarining tarkibini tushuntirib bering.
•
Davlat tashqi qarzlari tarkibiga nimalar kiradi?
•
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari
qanday guruhlardan tashkil topadi?
•
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba-
larini aytib bering.
•
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning
tashqi man-
balari nimalardan iborat?
•
Mamlakatning qarz majburiyatlari qanday shakllarda bo‘lishi
mumkin?
•
“Davlat byudjeti defitsiti”, “Davlat byudjeti kamomadi”, “Davlat
byudjeti taqchilligi”, “Davlat byudjeti yetishmovchiligi” iboralarining
ma’nosi bir xilmi?
353
Davlat
byudjetining
kapital
xarajatlari
innovatsion
va
investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning
tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi
yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar
uchun mo‘ljallangan xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat
byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar;
d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa xarajatlar;
e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk
miqdorini oshirish yoki uni yangidan
yaratishga olib keladigan
xarajatlar;
f) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga
muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan
boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot
byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: