344
yo‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita
bo‘lib xizmat qiladi.
Ustuvor yo‘nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida
moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga
oshirilishi mumkin.
Ayrim hollarda, iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarini
jadal
sur’atlar
bilan
rivojlanishini
ta’minlash
maqsadida byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larning hajmi
oshiriladi. Boshqa hollarda esa, o‘sha sektorlardan mablag‘larni
davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi.
Davlat
byudjeti
iqtisodiyotning
alohida
tarmoqlarining
rivojlanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan,
ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy
iqtisodiyotda yangi tarmoq
vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lishini hozirgi
sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning moliyaviy barqa-
rorligini ta’minlashda davlat byudjeti katta ahamiyat kasb etadi.
Turli obyektiv va subyektiv omillarning ta’siri ostida ayrim
subyektlarning o‘z moliyaviy resurslari ularning sog‘lom
faoliyat
ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb
qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga
soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta,
bunday hollarning barchasida davlat byudjeti mablag‘lari
subyektlarning o‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank
kreditlaridan so‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foyda-
laniladi.
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda
davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin:
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangi
talabni kelgusi davlat
byudjeti yilida davlat byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritish;
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mavjud
davlat byudjeti resurslarini manyovr qilish, ya’ni davlat byudjeti
kreditlarini bir obyektdan ikkinchisiga o‘tkazish yo‘li bilan
qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim
subyektlarning o‘zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to‘liq
o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;
– qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan
qoplash va boshqalar.
345
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari
bilan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan
iqtisodiyotga
qilinayotgan
xarajatlar
va
markazlashtirilgan
investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana
shu maqsadlarga
xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog‘liqni saqlash,
madaniyat,
sport,
fan,
ijtimoiy
ta’minot)
xarajatlarini
moliyalashtirish, ijtimoiy nafaqa, aholi uchun muhim ahamiyat kasb
etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat
hokimiyati organlari, boshqaruv
va sud organlarini saqlash,
fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini moliyalashtirish,
mamlakatning
mudofaa
qobiliyatini
mustahkamlash
kabi
vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat
byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: