454
viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan
iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharlarning
byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan
shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti
tuman byudjetidan va
tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o‘zlarining
manbalari, ma’lum maqsadlarga mo‘ljallanganligi va boshqa
belgilariga ko‘ra xilma-xildir. Bir vaqtning o‘zida ular umumiy
belgilarga ham ega. Butun mamlakat
miqyosida davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlarining to‘g‘ri rejalashtirilishi va hisobga
olinishini ta’minlash uchun ular tasniflanadi (klassifikatsiya
qilinadi).
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va
xarajatlari,
shuningdek,
uning
taqchilligini
moliyalashtirish
manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda davlat byudjeti
klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Undan davlat byudjetini
tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida davlat
byudjeti ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foyda-
laniladi va davlat byudjeti klassifikatsiyasi davlat byudjeti
ma’lumotlari
xalqaro
tasnif
tizimlarining
aynan
shunday
ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda,
Dostları ilə paylaş: