Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

Davlat byudjeti tizimining mazmunini tushuntirib bering. 

Mamlakatning davlat byudjeti tizimi qanday omillarga bog‘liq 
bo‘ladi? 

U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi necha bo‘g‘inli 
bo‘lishi mumkin? 

Davlat byudjeti tizimi qanday prinsiplarga tayanadi? 

Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipini izohlab 
bering. 

Davlat byudjeti tizimining darajalari o‘rtasida daromadlar va 
xarajatlarning chegaralanganligi prinsipining mazmuni nimada? 

Byudjetlarning mustaqilligi prinsipining mazmuni nimada? 

Davlatning byudjetdan tashqari maxsus fondlari byudjetlari, 
byudjetlarning daromadlar va xarajatlarining to‘liq aks etishi 
prinsipi nimalarni anglatadi? 

Byudjetlarning balansliligi prinsipini tushuntirib bering. 

Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning samarador-
ligi va tejamliligi prinsipining mazmunini aytib bering. 

Davlat byudjeti xarajatlarini qoplashning umumiyligi prinsipi 
nimani anglatadi? 

Davlat byudjeti tizimidagi oshkoralik prinsipining ma’nosini 
aytib bering. 

Davlat byudjetining haqqoniyligi prinsipining ma’nosi nimada? 

Davlat byudjeti mablag‘larining manzilliligi va maqsadli 
xarakterdaligi prinsipi nimani nazarda tutadi? 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat 
byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarini aytib bering. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy 
hokimiyat vakillik organlariga davlat byudjeti tizimini boshqarish 
sohasida qanday vakolatlar xos? 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli 
hokimiyatlar davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida qanday 
vakolatlarga ega? 
455 
madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini 
aniqlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. 
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida ham davlat byudjeti 
klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan 
davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlar 
smetasida 
ko‘zda 
tuzilgan 
tadbirlarning 
maqsadli 
moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat 
byudjeti tashkilotlarida va boshqa muassasalarda davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi 
yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi 
davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun 
ham zarurdir. 
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining 
daromadlari va xarajatlari, shuningdek‚ Davlat byudjeti taqchilligini 
qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, davlat byudjeti 
tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlash-
tirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif 
tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi
91

Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to‘liqlik, 
yagonalik va o‘zaro muvofiqlikdan iboratdir
92
.
Davlat byudjeti tasnifining to‘liqlik prinsipi davlat byudjeti 
jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda 
tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi davlat byudjeti 
jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat 
byudjeti tasnifi qo‘llanilishini anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o‘zaro muvofiqligi prinsipi davlat 
byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o‘zida davlat byudjeti 
jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun 
qo‘llanilmasligini anglatadi. 
Davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi 
(tasnifi)da 
belgilangan 
daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish 
va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat 
byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga 
ham egadirki, bu uning bo‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni 
tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga 
91
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 18 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
92
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 20 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 


456 
oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi. Bu yana shu narsa orqali 
ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so‘ng barcha xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti 
daromadlari tushumining to‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan 
byudjetdagi klassifikatsiyaning bo‘linmalariga muvofiq ravishda 
xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti 
klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va 
uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir. 
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo‘lganligi va 
uning ko‘rsatkichlarini barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniq va 
to‘liq bajarishga majbur bo‘lganligi uchun davlat byudjeti 
klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi. 
Davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi 
(tasnifi) 
o‘z 
ichiga 
quyidagilarni oladi
93


davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini; 

Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari 
tasnifini o‘z ichiga oladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi 
tuzilmasi quyidagilardan iborat
94


davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va 
darajalari tasnifi; 

daromadlarning turlari; 

tashkiliy tasnif; 

hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari 
va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli 
mablag‘lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga 
mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Daromadlarning turi 
bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo‘limi 
daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat 
bo‘ladi. Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni, shuningdek‚ soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish 
bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Daromad tipi davlat 
byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi. 
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu 
daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga 
mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Hududiy 
tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar 
93
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 19 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
94
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 21 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
457 
shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-
hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida 
qo‘llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat 
byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va 
ularning yo‘nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari 
xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat
95


davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va 
darajalari tasnifi; 

vazifa jihatidan tasnif; 

tashkiliy tasnif; 

iqtisodiy tasnif; 

hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari 
va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli 
mablag‘lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini 
aniqlash uchun qo‘llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi 
davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag‘lar yo‘nalishini aks 
ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi 
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar 
bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi 
xarajatlarni iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra kodlashdan iborat bo‘ladi. 
Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti 
mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka 
mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar 
bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi
96

birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, 
stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan 
oilalarga moddiy yordam; 
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat 
dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga 
muvofiq); 
to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
95
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 22 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
96


480 
bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan davrga va 
tegishli summaga rasmiylashtirish yo‘li bilan: 

Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar 
bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy 
byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – tegishli 
moliya organlari tomonidan sarflanadi. 
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, 
ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Davlat 
byudjetining 
ijrosini 
ta’minlash 
jarayonida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi 
mahalliy byudjetlar hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mablag‘lari 
qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i 
me’yorini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Qoldiqlarning 
aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan 
ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
hamda tegishli hokimliklarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajat-
larni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. 
Davlat byudjeti tashkilotlari hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti 
mablag‘lari qoldiqlari olib qo‘yilmasligi va davlat byudjeti 
tashkilotlarining maxsus mablag‘lari hisobvaraqlariga o‘tkazilmog‘i 
lozim (kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan 
mablag‘lar bundan mustasno). Davlat byudjeti tashkilotlarining 
maxsus mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Ayrim vaziyatlarda turli sabablarga ko‘ra yil boshlangunga 
qadar kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti qabul qilinmasligi 
mumkin. U holda davlat byudjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan 
davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda 
amalga oshirilishi mumkin: 

boshlangan 
moliya 
yilidagi 
xarajatlar 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda 
davlat byudjeti mablag‘larining avvalgi moliya yili so‘nggi 3 oyining 
uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda har oyda amalga 
oshirilmog‘i lozim; 

avvalgi moliya yilida qilinmagan davlat byudjeti xarajatlari 
amalga oshirilmasligi kerak; 

avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliqqa tortish va 
majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga 
qadar o‘z kuchini yo‘qotmasligi zarur. 
465 
tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va 
shahar hokimlariga; 
davlat byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun — Qora-
qalpog‘iston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan, 
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining 
shahar 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
davlat 
byudjeti 
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarga 
yuboradi. 
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat 
byudjeti so‘rovini tuzish tartibini olgandan so‘ng 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin