616
aktuariylar kabi yangi muassasalarning vujudga kelishiga sabab
bo‘ldi.
Syurveyer inglizcha “surveyor” so‘zidan olingan bo‘lib, bu
tushuncha O‘zbekiston sug‘urta bozorida 1997-yildan qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 618-sonli
qarori bilan tasdiqlangan
“Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi
Nizom”da
sug‘urta
syurveyerining
vakolatlari,
huquq
va
majburiyatlari
o‘z
ifodasini
topdi.
Shu
yili
O‘zbekiston
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga
qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi va unda sug‘urta bozorining
professional ishtirokchilari qatori sug‘urta syurveyerlari faoliyat
yo‘nalishlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Mazkur
qonunning 9
6
va 9
7
-moddalarida sug‘urta syurveyerining huquq va
majburiyatlari aniq ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat:
Sug‘urta
syurveyeri
quyidagilar
bo‘yicha
xizmatlar
ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan
yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan
jismoniy shaxsdir:
sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug‘urta
obyektini
ko‘zdan kechirish va tekshirish;
sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va
tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini
aniqlash;
tekshirilayotgan sug‘urta obyekti bo‘yicha xulosa tuzish.
Sug‘urta ekspertizasini o‘tkazishga vakolatli mutaxas-
sislarning
(ekspertlarning)
ish
tartibi
sug‘urta
syurveyeri
tomonidan belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta
qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug‘urta syurveyeri:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish
operatsiyalari o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida
ishtirok etishga haqli
emas.
617
Sug‘urta syurveyeri ishining natijalari bo‘yicha hisobot
taqdim etiladi, sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bu hisobotdan
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzish chog‘ida
foydalanishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar
mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi
mumkin.
Sug‘urta syurveyeri:
xizmatlar
ko‘rsatiladigan
sug‘urtalovchini
(sug‘urta
qildiruvchini) erkin tanlashga;
sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urta qildiruvchidan
(sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olishga;
davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlaridan, faoliyati
sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur
ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.
Sug‘urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
Sug‘urta syurveyeri:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga
rioya etishi;
sug‘urta ekspertizasi o‘tkazish uchun taraflar taqdim etgan
hujjatlarning saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan
ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart.
Sug‘urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi
tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimiz sug‘urta
bozorida bir nechta
syurveyer tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Aktuar”
atamasi
“aktuariy”
tushunchasi
bilan
uzviy
bog‘langan va inglizcha «actuaru», lotincha «actuarmus»
so‘zlaridan olingan bo‘lib, hisobchi, tez yozuvchi degan ma’nolarni
anglatadi. Aktuariyning asosiy vazifalaridan biri u sug‘urta turlari
bo‘yicha tarif stavkalarini hisoblash usullarini ilmiy jihatdan
asoslab beradi. Ma’lumki, sug‘urta tariflari sug‘urtalovchilarning
moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida muhim omil
bo‘lib hisoblanadi.
640
Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i
111
Klass
tartib
raqami
Klassning nomi
Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha
talablar
I klass
Hayot va
annuitetlar
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash
bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda
tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi
hayotni sug‘urta qilish turlari jami:
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom
bo‘lgungacha
yoki
sug‘urta
shartnomasida
belgilangan yoshgacha yashashi;
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek sug‘urta
shartnomasi amal qilishi
davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan
mustasno
II klass
Nikoh va tug‘ilish Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta
summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq
muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish
turlari jami
III klass
Hayotni uzoq
muddatli sug‘urta
qilish
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni
sug‘urta qilish turlari jami
IV klass
Sog‘liqni sug‘urta
qilish
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan
kam
bo‘lmagan
muddatga
yoki
sug‘urta
qilinuvchining pensiya
yoshiga etguniga qadar
belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan
turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish
tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga
layoqatlilikni
yo‘qotganda
sug‘urta
summalari
to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish turlari
jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri
sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda
bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas.
Hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha tarif stavkasi va sug‘urta
summasini hisoblashda, sug‘urta hodisalari sodir bo‘lish ehtimolini
aniqlashda hayotiylik jadvali muhim o‘rin tutadi. Ushbu jadval ilk
marta angliyalik olim Galley tomonidan 1693-yilda yaratilgan va
e’lon qilingan. Hayotiylik jadvali turli demografik ko‘rsatkichlar
joylashgan ustunlardan iborat bo‘lib, aholi statistikasi ma’lumotlari
asosida tuziladi.
Hayotiylik jadvali ma’lumotlari asosida insonlarning qancha
yoshgacha yashash ehtimolini aniqlash mumkin.
Statistik
qonuniyatlar o‘lim hodisasi ro‘y berish ehtimolini inson yoshiga
bog‘liqligini tasdiqlaydi. Bola dunyoga kelgandan keyin uning
dastlabki yillarida o‘lim hodisasi yuz berishi ko‘payishi, so‘ngra
111
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 413-son qarori asosida tasdiqlangan.
625
kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug‘urta
shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida
sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur
yordam ko‘rsatishi;
sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish
va tartibga solish chora-
tadbirlarini ko‘rishi shart.
Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
Hozirgi kunda respublikamizda “Bovar Service”, “Global
Assist”, “Insurance Assist Group”, “O‘zbekinvest Assistans”
assistans
xizmatlarini
ko‘rsatuvchi
tashkilotlar
faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: