Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

24.8. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
 sug‘urta qilish 
Xorijiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, majburiy sug‘urtaning 
mavjudligi sug‘urtaning mamlakat iqtisodiyotiga kirib borishida 
asosiy omillardan biridir. Albatta, sug‘urtaning majburiy turlarini 
tatbiq etish respublikada sug‘urta sohasi rivojiga ko‘p jihatdan 
imkon yaratadi. Lekin, majburiy sug‘urta tizimini yaratishdan 
asosiy maqsad aholi muhtoj qatlamlarining ijtimoiy himoyasini 
ta’minlashdan iboratdir. Bugungi kunda majburiy sug‘urta 
aholining muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoyani bozor 
iqtisodiyoti prinsiplari asosida ta’minlovchi qulay usul hisoblanadi. 
Sug‘urtaning majburiy turlari ijtimoiy himoyani bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ta’minlashda qanchalik dolzarb ekanligini 
hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta bozorini isloh qilish va yanada 
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-618-son 
qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozorini isloh 
qilish va rivojlantirishning 2007-2010-yillarga mo‘ljallangan 
Dasturi” tasdiqlangan edi. Bu dastur respublikada sug‘urta 
sohasini rivojlantirish bilan bir qatorda majburiy sug‘urtaning 
ijtimoiy yo‘naltirilgan tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Bugungi 
kunda mamlakatimizda transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urtalash muvaffaqiyatli amal qila 
boshladi. 
2009-yilning 17-aprelida O‘zbekiston Respublikasining “Ish 
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi
119
. Ushbu qonunni qabul 
qilishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad mehnat jarayonida 
119
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son. 
647 
har bir transport vositasi bo‘yicha taqdim etadi, unga quyidagi 
hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi: 
a) transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan sug‘urta 
qildiruvchi — jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti 
yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va 
ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi oxirgi yozuv qayd etilgan 
varaqlari); 
b) 
transport 
vositasining 
texnik 
pasporti 
(schyot-
ma’lumotnomasi) yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi 
to‘g‘risidagi 
guvohnoma 
(transport 
vositasining 
oldi-sotdi 
(almashish, hadya qilish) shartnomasining nusxasi); 
d) transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma 
yoxud ushbu transport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi 
boshqa hujjat — agar majburiy sug‘urta shartnomasi transport 
vositasini 
boshqarishga 
faqat 
muayyan 
shaxslargina 
boshqarishga qo‘yilishi sharti bilan tuzilgan bo‘lsa (transport 
vositasini boshqarishga qo‘yilgan barcha shaxslar uchun, 
transport vositasi egasidan tashqari); 
e) transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan barcha 
shaxslarning 
haydovchilik 
guvohnomasi 
yoki 
barcha 
haydovchilarning 
transport 
vositasini 
boshqarish 
huquqini 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — transport vositasini boshqarishga 
faqat muayyan shaxslar qo‘yilishi sharti bilan majburiy sug‘urta 
shartnomasi tuzilgan taqdirda; 
f) sug‘urta qildiruvchi — jismoniy shaxslarning sug‘urta 
mukofoti bo‘yicha siylov olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar 
toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvohnoma, ma’lumotnomalar 
va shu kabilar) hujjatlar (agar bo‘lsa). 
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga taqdim etilayotgan 
ma’lumotlar va hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar 
hisoblanadi.
Sug‘urta puli majburiy sug‘urta shartnomasida milliy 
valyutada ko‘rsatiladi. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urta mukofotining miqdori hukumat qarori bilan tasdiqlangan 
sug‘urta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Hozirgi paytda transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini 
majburiy 
sug‘urta 
qilish 
bo‘yicha 
sug‘urta 
summasining eng yuqori miqdori 12,0 mln. so‘mga teng qilib 
belgilangan. Uning 35 foizgacha bo‘lgan qismi yo‘l-transport 


648 
hodisasi sodir bo‘lishi natijasida jabrlanuvchining – yuridik yoki 
jismoniy shaxsning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun 
sarflanadi. 
Sug‘urta 
summasining 
65 
foizgacha 
bo‘lgan 
qismi 
jabrlanuvchining hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplash 
uchun to‘lanadi. Buni yuqorida keltirilgan chizmada yaqqol 
ko‘rsatish mumkin. 
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini hisoblashda 
tarif stavkasi quyidagilarni e’tiborga olgan holda o‘zgaradi: 

transport vositasining turi; 

transport vositasining yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli 
ekanligi; 

transport vositasi harakatlanadigan (ro‘yxatga olingan) 
hudud; 

oldingi davrlarda sug‘urta hodisalarining sodir bo‘lganligi yoki 
bo‘lmaganligi; 

haydovchining yoshi; 

transport vositasidan mavsumiy foydalanish; 

haydovchining staji. 
Masalan, Toshkent shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va 
shu hududda harakat qiladigan dvigatel hajmi 1200 kub. 
santimetrgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli yengil 
avtomashinalar uchun bazaviy tarif stavkasi 0,4 foizni tashkil 
etadi. Sug‘urta summasining eng yuqori miqdori 12,0 mln. so‘m 
Sug‘urta summasi 
Jabrlanuvchining mulkiga zarar 
yetkazilganda to‘lanadigan 
summaning eng yuqori miqdori –
sug‘urta summasining 35,0gacha 
miqdorga teng 
Jabrlanuvchining hayoti va 
sog‘ligiga zarar yetkazilganda 
to‘lanadigan summaning eng 
yuqori miqdori – sug‘urta 
summasining 65,0gacha miqdorga 
teng 
649 
etib belgilangan. Demak, bazaviy stavka 48,0 ming so‘mga teng. 
Mashina Toshkent shahrida harakat qilganligi uchun unga 1,4 
koeffitsiyent qo‘llaniladi va natijada sug‘urta summasi 67,2 ming 
so‘mga teng bo‘ldi. Agar, haydovchining staji 5 yildan ortiq bo‘lsa, 
u holda unga 1,0 koeffitsiyent qo‘llaniladi, ya’ni sug‘urta mukofoti 
o‘zgarmasdan qoladi.
Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yo‘l-
transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi 
(fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa 
ishtirokchilari talabiga ko‘ra ularga ushbu transport vositasi 
egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan majburiy sug‘urta 
shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart. 
Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) yoki uning 
vakolatli vakili sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda: 
-jabrlanuvchiga 
(uning 
merosxo‘rlariga 
yoki 
huquqiy 
vorislariga) yo‘l-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar 
kundan kechiktirmay sug‘urta polisining nusxasini topshirishi; 
-davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib 
kelishini 
kutishi, 
imkoni 
boricha 
yo‘l-transport 
hodisasi 
guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi; 
-darhol, yo‘l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan 
kechiktirmay, sodir bo‘lgan hodisa haqida yozma shaklda, 
sug‘urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga 
(uning filialiga) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi va 
transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat yo‘l 
harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak. Bildirishnomada 
hodisaning xususiyati, sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan 
zararning miqdori, yo‘l-transport hodisasiga aloqador barcha 
shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan da’vogarlarning 
nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to‘liq 
hajmda, shuningdek“ sug‘urta qildiruvchi hodisa haqida ilk 
marotaba 
qay 
tarzda 
xabardor 
bo‘lganligi 
va 
sug‘urta 
qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo‘lishi 
mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda 
ko‘rsatilishi kerak; 
-sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi munosabati bilan unga 
nisbatan qo‘yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi 


672 
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar 
uy 
xo‘jaliklari 
sektorining 
ichida 
moliyaviy 
resurslarning 
harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar 
hisoblanadi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham 
oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi. 
Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagi operatsiyalarni 
kiritish mumkin: 

fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; 

iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar; 

uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari; 

uy xo‘jaliklari sektori doirasida hamkorlikdagi pul fondlarini 
shakllantirish va ulardan 
foydalanish 
xususidagi boshqa 
munosabatlar. 
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari 
moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning 
kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti 
defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti yordamida), bo‘sh turgan pul 
mablag‘larini bank hisobvaraqlariga joylashtirish yoki ularni 
saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga 
qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompa-
niyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi 
sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida 
gavdalanadi. 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon 
bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning 
funksiyalari yordamida ifodalanadi
134
. Uy xo‘jaliklari moliyasining 
funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin
135


taqsimlash; 

takror ishlab chiqarish; 
davlat muassasalari va notijorat tashkilotlarga maorif, sog‘liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat va 
san’at sohasida taqdim etilgan moddiy imtiyozlardan iborat. 
134
Bir vaqtning o‘zida shu narsani ta’kidlash kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda uy xo‘jaliklari moliyasining 
funktsiyalari ayrim hollarda keng ma’noda, boshqa bir hollarda esa, tor ma’noda talqin qilinmoqda. Tor ma’noda uy 
xo‘jaliklari moliyasining funktsiyalari uy xo‘jaliklaridagi iqtisodiy munosabatlarda, xususan, moliyaning 
funktsiyalari (taqsimlash va nazorat) orqali ochib beri-layapti. Keng ma’noda esa, bu erda umuman moliyaga xos 
bo‘lgan funktsiyalar ajratilib ko‘rsatilishi bilan birgalikda, uy xo‘jaliklari moliyasining o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlarini ifodalovchi funktsiyalarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 
135
Bu erda uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan funktsiyalar sonining oltitaga etkazilganligidan “Bir butun 
moliyaning o‘zi ikki funktsiyani bajarishi, asosan, umumiy e’tirof etilgan bir paytda, uning tarkibiy qismi bo‘lgan 
uy xo‘jaliklari moliyasi qanday qilib oltita funktsiyani bajarishi mumkin?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Jiddiy 
mulohaza yuritilsa, bu erda bayon etilgan uy xo‘jaligi moliyasiga tegishli bo‘lgan olti funktsiya, oxir oqibatda, 
moliyaga xos bo‘lgan ikki funktsiyaga borib taqalishi mumkinligini aniqlash mumkin. Shuning uchun ham 
“moliyaning ikki funktsiyasi” va “uy xo‘jaliklari moliyasining olti funktsiyasi” o‘rtasida keskin farqlarning bo‘lishi 
mumkinligini isbotlashga urinish behudaga vaqtni sarflash bilan barobardir. 
657 
Genuyadan Bryuggega dengiz orqali jo‘natilgan sug‘urta obyektini 
qayta sug‘urtalashdan iborat edi. 
Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta 
sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va 
chet el mamlakatlarida sho‘ba korxonalari mavjud bo‘lgan 
sug‘urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Keyinchalik 
fakultativ qayta sug‘urtalash shartnomalari, risklarni to‘liq yoki 
qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday 
shartnoma birinchi bo‘lib 1821-yilda tuzilgan. 
Qayta sug‘urta operatsiyalari XIX asrning o‘rtalarida alohida 
tadbirkorlik turiga aylandi. 1846-yilda Keln qayta sug‘urta jamiyati 
tashkil etildi. Dastlab, qayta sug‘urta sug‘urtalovchining sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha javobgarligida ishtirok etishdan iborat 
bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan davrlar mobaynida u tavakkalchilikni 
ikkilamchi taqsimlovchi kuchli mexanizmga aylandi va keng 
miqyosdagi turlarga hamda shakllarga ega bo‘ldi. 
Qayta 
sug‘urta 
sug‘urta 
faoliyatini 
va 
sug‘urta 
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi zaruriy 
mexanizm hisoblanadi. Ma’lumki, sug‘urta ehtimollar nazariyasiga 
asoslangandir. Ko‘p hollarda sug‘urta tashkilotlari to‘laqonli 
muvozanatlashgan risklar portfelini yaratish imkoniyatiga ega 
bo‘lmaydi. Bunga sabab sug‘urtalangan obyektlar miqdori ko‘p 
emas 
yoki 
portfel 
tarkibida 
katta 
yoki 
xavfli 
risklar 
joylashganligidir. Bundan tashqari amaliyotdan ma’lumki, har 
qanday sug‘urta tashkiloti, hatto risklarni sug‘urtaga qabul qilishda 
ularni yaxshi o‘rganib chiqqan taqdirda ham, odatda sug‘urta 
shartlari turli xatarlarni qoplaganligi uchun, sug‘urtalangan 
obyektlarga suv toshqini, bo‘ron, zilzila kabi tabiiy ofatlar va 
yong‘in 
natijasida 
birdaniga 
zarar 
etishi 
mumkin. 
Sug‘urtalovchining mablag‘lari va hatto barcha aktivlari uning 
sug‘urtalanuvchi oldida portfel bo‘yicha javobgarligining uncha 
katta qismini tashkil etmaydi, lekin yuqoridagi ko‘rsatilgan ofatlar 
esa uning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko‘rsatish bilan birga, 
hatto inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin. 
Sug‘urtaga 
qabul 
qilingan 
risklar 
bo‘yicha 
sug‘urta 
summasini tenglashtirish va sug‘urta portfeli muvozanatini 
ta’minlash, sug‘urtalovchining moliyaviy imkoniyatlariga asoslanib, 
sug‘urta summalari bo‘yicha javobgarliklarni to‘g‘ri taqsimlashda 
va sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy mustahkamligini va 


658 
rentabelligini ta’minlash maqsadida qayta sug‘urta tizimi tashkil 
etilganligini ta’kidlash kerak. 
Qayta sug‘urtalash orqali sug‘urtalovchi o‘zining faoliyatiga 
xavf soladigan quyidagi 3 ta riskning oldini oladi: 
1. Tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi: 
-
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining aniqligi; 
-
tabiiy ofat natijasida juda ko‘p polislar bo‘yicha bitta 
riskdan sug‘urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi. 
2. Davr xavfi: 
-
pulning qadrsizlanishi natijasida sug‘urtalovchi to‘plagan 
sug‘urta 
mukofotlarining 
sug‘urta 
qoplamasini 
to‘lashga 
yetmasligi; 
-
texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan 
sug‘urta stavkasi va sug‘urta shartlarining olingan majburiyatga 
to‘g‘ri kelmasligi. 
3. Xatolik xavfi: 
-
sug‘urta 
ta’riflarini 
noto‘g‘ri 
hisoblash 
(statistika 
axborotlarini noto‘g‘ri talqin qilish). 
Har bir sug‘urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning 
oldini olish va qayta sug‘urtalash imkoniyatlaridan to‘g‘ri 
foydalanish hisoblanadi. 
Qayta 
sug‘urtalashning 
iqtisodiy 
mohiyati 
sug‘urta 
tashkilotlari tasarrufida dastlabki tashkil etilgan jamg‘armani qayta 
taqsimlashdir, ya’ni bevosita sug‘urtada sug‘urtalovchi sug‘urta 
mukofotlari 
hisobidan 
jamg‘arma 
tashkil 
qiladi. 
Qayta 
sug‘urtalashda esa yangi jamg‘arma tashkil etilmasdan, sug‘urta 
kompaniyalari tashkil etgan jamg‘armani yo‘naltirish va qayta 
taqsimlash bilan jamg‘arma tashkil etiladi. Risklarning va 
jamg‘armalarning 
ikkilamchi 
taqsimlanishi, 
ya’ni 
qayta 
sug‘urtalash sug‘urtanuvchiga ma’lum bo‘lmasligi mumkin. 
Bunday qayta taqsimlanish ikkinchi darajali bo‘lib, bu jarayon 
sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchi o‘rtasida ro‘y beradi. 
Bunday fikrlarni Kristofer Pfayffer
123,
Shaxov V.V
124
, Folkner 
Xenke
125,
U. Konkelar
126
o‘zlarining ilmiy ishlarida ko‘rsatib 
o‘tganlar. 
Jamg‘armalarning 
qayta 
taqsimlanishi 
sug‘urta 
tashkilotlari 
uchun 
yangi 
sug‘urta 
turlarini 
yaratish 
va 
123
Kristofor Pfayffer “Vvedenie v perestraxovanie” Ankil 2002. 3 b.
124
Shaxov V.V. “Vvedenie v straxovanie”. Moskva, Finansi i Statistika 1992. 150 b. 
125
Folkner Xenke “Voprosu nadzora nad perestraxovochnimi predpriyatiyami” INRE 
1996, №3. 14 b. 
126
U.Knoke “Osnovnie aspekti nadzora za deyatelnostno perestraxovochnix kompanii” INRE 
1996, №2 17b. 
671 
muhim iqtisodiy tomoniga 
ega: 
ular iqtisodiyotda 
aholi 
daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu 
holat, o‘z navbatida, iste’molning shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy 
tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, 
uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga 
oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar 
ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga 
qaytariluvchi) aloqalar asosida tashkil etiladi (vujudga keladi) va 
ular byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va 
ulardan 
foydalanishdagi 
munosabatlarni 
ifodalaydi. 
Uy 
xo‘jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti 
sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar 
bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida 
soliqlar, pensiya tizimi, sotsial transfertlar orqali davlat moliyaviy 
oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta 
taqsimlaydi. Uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy 
munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning 
ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning 
taqsimlanish 
jarayoniga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ta’sir 
qilish 
instrumentlariga ega emas. Moliyaviy munosabatlarning bu 
sohasi davlat tomonidan eng kam darajada reglamentatsiya 
qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini 
shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida, ularni 
sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda 
mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli 
bo‘lgan daromad va yakuniy iste’molning miqdoriga ta’sir qilishga 
qodir. Bu holat, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi 
mumkin: 

soliqlar yordamida tartibga solish; 

mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish; 

birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish; 

imtiyozlar tizimi; 

sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish 
orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish; 

va boshqalar
133

133
Keyingi yillarda ayrim mamlakatlarda natural shakldagi ijtimoiy transfertlar uy xo‘jaliklari oxirgi iste’moli 
tarkibiy tuzilishining 15%dan ko‘proq bo‘lgan qismini tashkil etayotir. Bu uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatayotgan 


670 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin