660
taqdim etishga, zararlarni o‘z vaqtida va to‘liq qoplashga ko‘mak
beradi. U sug‘urtalovchining ishonchlilik
darajasini oshiradi va shu
bilan birga mijoz bilan o‘zaro munosabatlarini samarali bo‘lishini
ta’minlaydi.
Sug‘urta sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq
iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish).
Sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va
sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash
maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini o‘zaro
kelishilgan
holda
boshqa
sug‘urtalovchiga
berishi (riskni
ikkilamchi joylashtirish) mumkin. Qayta sug‘urta aktiv (riskni
berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishga ega. Bundan
tashqari, qayta sug‘urta nisbiy va nonisbiy shaklda bo‘ladi. Ayrim
holatlarda, qayta sug‘urta operatsiyalari qayta sug‘urta brokeri -
ikkita tomon, ya’ni sug‘urta tashkiloti va qayta sug‘urta tashkiloti
o‘rtasida vositachilik qiluvchi shaxslar tomonidan ham amalga
oshirilishi mumkin.
Qayta sug‘urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida
uning yangi shakl va turlari paydo bo‘ldi. Eng qadimiy qayta sug‘urta
shartnomasi
shakllaridan
biri
fakultativ
qayta
sug‘urta
shartnomasidir.
Fakultativ qayta sug‘urtalashda sug‘urtalovchi riskni, xohlasa
qayta sug‘urtalashga beradi, xohlasa o‘zida olib qoladi va mos
ravishda qayta sug‘urtalovchi xohlasa riskni o‘ziga oladi, xohlasa
olmaydi
127.
Obligatorli
qayta
sug‘urtalash
bir
martalik
qayta
sug‘urtalashdan
farqli,
unda
tomonlarning
munosabatlari
mustahkamlanadi. Obligatorli qayta sug‘urtalashning asosiy jihati
ekstsedent qayta sug‘urtalash va ulush
hajmini aniqlash bilan
bog‘liq.
Obligatorli
qayta
sug‘urtalash
shartnomasiga
asosan
sug‘urta tashkiloti o‘ziga qabul qilgan riskni qayta sug‘urtalash
shartnomasiga asosan qayta sug‘urta tashkilotiga berishi shart,
o‘z navbatida qayta sug‘urtalovchi bu riskni qabul qilishi shart.
Obligatorli qayta sug‘urtalashda sug‘urta tashkilotining sug‘urta
mukofotlarini, sug‘urta tariflarini, sug‘urta hodisalarini oldini olish
va sug‘urta qoplamalarini to‘lash huquqi o‘zida qoladi. Lekin,
ularning hammasi sug‘urtalovchining va qayta sug‘urtalovchining
manfaatlarini ko‘zda tutgan holda bo‘lishi kerak.
127
Gomellya V. Rubin Yu “Straxovoy portfel” Moskva 1994. 347 b.
669
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda
131
.
Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan farq
qilish lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga
nisbatan kamroq darajada cheklangan xaraktyerga ega ekanligini
qayd etib o‘tmoq kerak. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli
bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy
xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi bo‘la olmaydi. Xuddi
shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy
xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va
h.k. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni
ham o‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan)
iborat ham
bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda
ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda
oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘la olmaydi. Buning ustiga, uy
xo‘jaligining
miqdoriy
tarkibi
ham
o‘ziga
xos
bo‘lgan
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan
belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni
yuritayotgan shaxslar guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining
iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs
ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik
yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi
quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
•
birgalikda (bir joyda) yashash;
•
umumiy byudjetning mavjudligi;
•
iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xo‘jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi
hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol
maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari
fondlarini
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo‘lgan
iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga
olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: