698
mentariylar (vositalar, dastaklar) kengaymoqda: ipotekaviy
kreditlashtirish rivojlanayapti; investitsion fondlar, nodavlat
pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari faol faoliyat ko‘rsatayapti;
•
tijorat banklari (shu jumladan, “Xalq banki” va boshqa
banklar) o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi aholi mablag‘larini jalb
qilish shakllari va metodlarining rivojlanishiga o‘z ijobiy ta’sirini
ko‘rsatdi: taqdim etiladigan xizmatlar doirasi (spektri) kengaydi,
omonatlarning yangi turlari yaratildi va boshqalar;
•
jismoniy shaxslar omonatlarini qisman kompensatsiya
qilishni ko‘zda tutuvchi xususiy (shaxsiy) omonatlarni majburiy
sug‘urta qilish tizimining yaratilishi bank tuzilmalariga bo‘lgan
ishonchning o‘sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va uy xo‘jaliklari
jamg‘armalar
bog‘langan
(tashkil
qilingan)
shakllarining
imkoniyatlarini kengaytiradi;
•
jamg‘arma
jarayonlarida
foydalaniladigan
moliyaviy
instrumentlar daromadlik darajasining bir-biriga yaqinlashuvi
yangi moliyaviy piramidalarni yaratish yo‘liga to‘siq bo‘lib xizmat
qiladi.
Bir
vaqtning
o‘zida
jamg‘armalar
hamon
o‘zlarining
investitsion salohiyatini to‘liq amalga oshirmayapti va uy
xo‘jaliklari
daromadlarining
qo‘shimcha
manbalariga
to‘liq
aylanmayapti. Buning ustiga hozirga qadar uy xo‘jaliklari
jamg‘arma fondlarining o‘sishi iste’mol fondi hisobidan, ya’ni
daromadlar tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan o‘zgarishi
natijasida emas, balki iste’molning iqtisod qilinishi hisobidan
amalga oshirilayotir.
Jamg‘arish jarayonining sog‘lomlashtirilishi (normallashuvi)
iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishini muvozanatlashtirish
(balanslashtirish) va ularning barqarorligini ta’minlash bilan uzviy
bog‘langan. Bu narsa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va iste’mol,
daromadlarni taqsimlash va ulardan foydalanish, moliya va pul
muomalasi sohalaridagi saqlanib qolgan nomutanosibliklarga
barham berilishini taqozo etadi.
Hozirgi sharoitda uy xo‘jaliklari jamg‘armalari mexanizmini
takomillashtirish quyidagi bir necha yo‘nalishlar orqali amalga
oshirilishi kerak:
•
aholi real daromadlari va sotib olish qobiliyatining o‘sishini
ta’minlash. Bu narsa uy xo‘jaliklari jamg‘armalarga nisbatan
moyilligining o‘sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi;
•
mablag‘larni investitsion jarayonlarga jalb qilish uchun
valyutalarni sotib olishga xarajat qilinadigan jamg‘armalarning
695
ayrim
to‘g‘ri
(bevosita)
soliqlar
(yagona
ijtimoiy
soliq,
korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-
mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham
qisman yoki to‘liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xarajatlar qismining
boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog‘ozlardagi
jamg‘armalarning o‘sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo‘yicha
aholi xarajatlari” va boshqalar) jamg‘arish jarayoni doirasida uy
xo‘jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi
paragrafida ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: