706
kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo‘jalik yurituvchi
subyektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli
mamlakatlarga tegishli bo‘ladi, shu boisdan mamlakatlar
o‘rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek,
kredit mablag‘lari oqimi ham ikki tomonlama bo‘lib hisoblanadi, bir
tomondan qarzning berilishi bo‘lsa boshqa tomondan esa, uning
qaytarilishi va foizlarning to‘lanishi namoyon bo‘ladi. Shunday
qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar
o‘rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir
tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa,
bojxona tariflari asosida boshqariladi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari
faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar
va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo‘lib muayyan
funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan
(masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar
uchun mo‘ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada
markazlashuvi jahon xo‘jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday
resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo‘lib,
iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro
loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki,
kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu xalqaro moliya bozori va
xalqaro institutlar tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va
ishlatilishini o‘z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida
hosil bo‘lgan munosabatlar tuzilmasi bo‘yicha murakkab tizimdir.
Mamlakat
davlat
moliyasining
xususiyatlari
sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
–
bitta mamlakat hududidan chiqmaydi;
–
xorijiy subyektlarni jalb qilmaydi;
–
milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;
–
mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni
o‘zida ifodalaydi.
Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o‘rganadi. Bularga:
–
iqtisodiy kategoriya sifatida – moliyaviy resurslarning
fondlari bo‘lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish
asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan
umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror
1
-j
adv
al
Dostları ilə paylaş: