Valyuta konvertatsiyasi bu milliy valyutaning xorijiy valyutaga erkin
ayirboshlanish, xorijiy mahsulot va xizmatlarni to‘lash qobiliyatidir.
Valyutalar konvertatsiya darajasiga qarab, asosan 3 turga
bo‘linadi:
1. Erkin konvertatsiya qilinadigan;
2. Qisman konvertatsiya qilinadigan;
3. Konvertatsiya qilinmaydigan.
Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar ga
milliy
iqtisodiyoti mustahkam, iqtisodiy o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lgan,
milliy valyutasiga chet ellik hamkorlar ishonadigan, odatda sanoati
rivojlangan
mamlakatlar
ega
bo‘ladilar.
O‘zining
milliy
valyutasining erkin konvertatsiyasini ta’minlash maqsadida
davlatlar ichki bozorda mahsulotlar va xizmatlarning jahon
bozoridagi narxlarini shakllantirigan va unga ta’sir ko‘rsatmagan
holda erkin tashqi savdo rejimini tashkil etishlari zarur bo‘ladi.
Buning uchun esa, mamlakat Markaziy banki valyuta ayirboshlash
operatsiyalarini tartibga solish, xorijiy valyutani olib kelish va
chiqib ketish bo‘yicha ma’muriy cheklovlarni joriy etmasdan,
o‘zida etarlicha oltin-valyuta zaxirasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mamlakatlar
tomonidan
milliy valyutaning
boshqa
xorijiy
valyutalarga nisbatan to‘liq konvertatsiyasiga rasmiy ravishda
(ya’ni, amalda esa boshqacha bo‘lgani holda) erishish mamlakat
uchun katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirishi mumkin.
Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarning ma’lum bir
qismi zaxira valyutalar hisoblanadi.
Zaxira valyutalar boshqa
mamlakatlar markaziy banklari tomonidan saqlanadigan va
xalqaro hisob-kitoblar uchun zaxira vositasi hisoblangan
valyutalardir. Bugungi kunda, zaxira valyutalar sifatida AQSh
dollari, funt sterling, evro, Yaponiya yenasi, Shveytsariya franki
qayd etilmoqda.