Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Jamg‘armalarni shakllantirish va ishlatish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

25.5. Jamg‘armalarni shakllantirish va ishlatish
 
Barcha majburiy xarajatlar amalga oshirilganidan, zaruriy 
tovarlar va xizmatlar sotib olinganidan so‘ng qolgan bo‘sh pul 
mablag‘lari uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini tashkil etadi. 
Jamg‘armalar, kechiktirilgan iste’mol demakdir. Uy xo‘jaliklari 
jamg‘armalari tashkil topishi jarayonining asosida ehtiyojning 
amalda mavjud bo‘lgan darajasi va ularni qondirishning iloji 
yo‘qligi o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. Ehtiyojlar darajasini qondi-
rishning tashqi cheklovchisi (chegaralovchisi) tovarlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining cheklanganligi 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlangan mamlakatlarda uy 
xo‘jaliklarining jamg‘armalariga ham alohida rol ajratilgan. Chunki 
iqtisodiy o‘sish investitsiyalarning muhim manbai bo‘lgan jami 
jamg‘armalarning darajasi bilan uzviy bog‘langan. O‘z navbatida, 
jamg‘armalarning 
mavjudligi 
esa 
mamlakat 
boyligining 
belgilaridan biridir. Jamg‘arma munosabatlari sohasida quyidagi 
ko‘p tomonlamali aloqalar, manfaatlar va maqsadlar vujudga 
keladi va qo‘shilib ketadi: 

takror ishlab chiqarish aloqalari, manfaatlari va maqsadlari. 
Bunda jamg‘armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning 
muhim tarkibiy qismi sifatida maydonga chiqadi; 

uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining aylanishi va milliy iqtisodiyot 
moliya-bank sektorining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘langan pul-
moliyaviy aloqalar, manfaatlar va maqsadlar; 

aholi turmush darajasining o‘sishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy 
aloqalar, manfaatlar, maqsadlar. 


696 
Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan 
foydalanish 
ijtimoiy 
takror 
ishlab 
chiqarishning 
hajmlari, 
muvozanat va taraqqiyotning umumiy maroiqtisodiy nisbatlari 
bilan belgilanadi. Jamg‘armalarning miqdoriy o‘zgarishiga aholi 
nominal va real daromadlarining o‘sish (kamayish) sur’atlari, 
inflyatsiya, 
yakuniy 
iste’molga 
mo‘ljallangan 
xarajatlarning 
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining o‘sishi, 
ulardan oqilona va samarali foydalanish investitsion faollikni 
oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush darajasining o‘sishi 
muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan davlat makroiqtisodiy va 
moliya-kredit 
siyosatining 
eng 
muhim 
vazifalaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Jamg‘armalarni quyidagi turli belgilarga ko‘ra tasniflash 
mumkin: 

jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra; 

sabablari nuqtayi nazaridan; 

jamg‘armalarni to‘plash shakllari bo‘yicha. 
Jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra jamg‘ar-
malarni quyidagilarga ajratish mumkin: 

joriy jamg‘arma fondlari (uzoq muddat foydalanishga 
mo‘ljallangan tovarlarni sotib olish); 

sug‘urta jamg‘arma fondlari; 

investitsion jamg‘arma fondlari. 
Jamg‘armalarning joriy fondlari qisqa muddatli xarakterga 
ega, naqd mablag‘larni qo‘shib olgan holda, yuqori likvidli 
aktivlarda jamg‘ariladi (to‘planadi). 
Sug‘urta jamg‘arma fondlari ko‘zda tutilmagan holatlar 
(vaziyatlar) va qarilik uchun mo‘ljallangan jamg‘armalardan iborat 
bo‘lib, ular uzoq muddatli hisoblanadi va ularni jamg‘arish jarayoni 
tugamagunga qadar kamroq likvidli bo‘lishi mumkin. 
Investitsion jamg‘arma fondlari iste’mol ehtiyojlari uchun 
mo‘ljallanilmaydi. Ularning bosh maqsadi daromad keltiruvchi 
aktivlarga investitsiya qilishdan iboratdir. 
Sabablari nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari 
motivatsiyali va motivatsiyasiz bo‘lishi mumkin. Bu tasniflashga 
muvofiq maqsadli jamg‘armalar motivatsiyali jamg‘armalar sifatida 
talqin qilinadi. Biroq jamg‘armalarning sabablarini hamma vaqt 
ham aniqlashning iloji bo‘lmasligi mumkin. Ular ehtiyojning 
darajasiga 
nisbatan 
qiyoslaganda 
to‘lovga 
layoqatlilik 
imkoniyatining oshishi va ishlab chiqarishning imkoniyatlari 
natijasida vujudga kelishi mumkin. Bunday jamg‘armalar 
697 
motivatsiyasiz jamg‘armalar deyiladi. Agar to‘lovga layoqatli talab 
va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi tizimli xarakterda bir-
biriga mos kelmasa, ular majburiy jamg‘armalar nomini olishi 
mumkin.
To‘plash (yig‘ish) shakllari bo‘yicha jamg‘armalarni bog‘-
lanmagan (tashkil qilinmagan) va bog‘langan (tashkil qilingan) 
shakllarga ajratish mumkin. Naqd pullar shaklida uy xo‘jaliklari 
bo‘sh 
pul 
mablarining 
jamg‘arilishi 
jamg‘armalarning 
bog‘lanmagan (tashkil qilinmagan) shakli hisoblanadi. Agar 
jamg‘armalarni 
yig‘ish 
moliyaviy 
bozor 
instrumentlariga 
joylashtirish, shu jumladan, bank omonatlari va boshqa 
investitsion institutlari yordamida amalga oshirilsa, uy xo‘jaliklari 
jamg‘armalarining bunday shakli bog‘langan (tashkil qilingan) 
jamg‘armalar deyiladi. Jamg‘armalarning bog‘lanmagan (tashkil 
qilinmagan) shakllari ustuvor tarzda pulli shaklda bo‘lsa, ularning 
bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari turli quyidagi ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘lishi mumkin: 

mablag‘larni ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) 
joylashtirish (masalan, korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va 
ishtirok etish salmog‘ini sotib olish shaklida, ko‘chmas mulk sotib 
olish va boshqalar); 

mablag‘larni ishlab chiqarishga bilvosita joylashtirish. Bunda 
mablag‘larni to‘plash va ularni joylashtirish bilan ixtisoslashtirilgan 
moliyaviy institutlar shug‘ullanadi. Bunga misol tariqasida davlat 
qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, bank depozitlari, investitsion 
fondlarning hissasini (ulushini) sotib olish va boshqalarni 
ko‘rsatish mumkin. 
Hozirgi paytda uy xo‘jaliklarida mablag‘larni jamg‘arish 
jarayoni, ma’lum darajada, ziddiyatli hisoblanadi. Bir tomondan, 
keyingi yillarda unda ba’zi bir ijobiy tendentsiyalar ko‘zga 
tashlanayaptiki, xususan, ular quyidagilarda namoyon bo‘layapti: 

keyingi yillar davomida uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan 
moliyaviy aktivlarning absolyut o‘sishi bir necha martaga oshdi; 

bog‘langan (tashkil qilingan) jamg‘armalar absolyut va nisbiy 
jihatdan ham o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan; 

mamlakatda tegishli investitsion muhit mavjud bo‘lsa, 
jamg‘armalarga 
ega 
bo‘lgan 
va 
ularni 
investitsiyalarga 
joylashtirishi mumkin bo‘lgan uy xo‘jaliklarining guruhlari 
shakllandi; 

uy 
xo‘jaliklari 
jamg‘armalarini 
investitsiyalarga 
transformatsiya 
qiluvchi 
(aylantiruvchi) 
moliyaviy 
instru-


720 
Valyutalarning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu uning 
konvertatsiyasi, ya’ni ayirbolanish qobiliyati hisoblanadi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin