690
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori,
xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo‘lgan xususiy
mulkchilikning rivojlanishi uy xo‘jaliklari daromadlarining umumiy
summasida mulkdan olinadigan daromadlarning yanada o‘sishiga
olib kelishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy
tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.
Bunda daromadlarning tabaqalanishi juda ko‘p obyektiv va
subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ularning eng
asosiylari quyidagilardir:
•
mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);
•
oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar
soni, ijtimoiy maqomi, to‘plangan boyligi;
•
inson kapitaliga qo‘yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy
mahorati, ularning o‘sish salohiyati).
Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda
daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos.
Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini
koeffitsiyenti (daromadlarning kontsentratsiyalashuvi indeksi)
yaqqol
ko‘rsatadi.
Uning
umumiy
ko‘tarilishi
(yuqoriligi)
jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo‘linganligidan darak
beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakllanishi,
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarali
instrumentlari, kambag‘allikni ogohlantirish mexanizmlari uy
xo‘jaliklarida ega bo‘lingan real pul daromadlarining o‘sishiga,
daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: