692
•
iste’molchilarning mol-mulklariga;
•
real foiz stavkalariga;
•
iste’mol bo‘yicha qarzdorlikning miqdoriga;
•
iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xo‘jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari subyektiv
omillarga ham ta’sirchan bo‘lib, ularning orasidan quyidagilarni
alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
•
iste’mol qilishga bo‘lgan intilishning chegarasi;
•
baholarning
o‘zgarishiga
nisbatan
iste’molchilarning
kutuvchanligi;
•
pul daromadlari;
•
soliqlar;
•
tovarlarning mavjudligi;
•
va boshqalar.
Makroiqtisodiy nuqtayi nazardan uy xo‘jaliklari byud-
jetlarining iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:
•
birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doiraviy
aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xarajatlarni tashkil
qilishning eng katta qismi hisoblanadi;
•
ikkinchidan, uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari
qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga
solish orqali ta’sir etish mumkin bo‘lgan yalpi talabning nisbatan
barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi
va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va
xarajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng
umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib
olish va xizmatlarni to‘lash (iste’mol xarajatlari) o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
•
uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif
tizimi xizmatlarini to‘lash;
Dostları ilə paylaş: