Jon solig‘i – har bir soliq to‘lovchidan teng summalarda olinadigan
soliq.
Z Zararlar – fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir
shaxs (yuridik yoki jismoniy) tomonidan ikkinchi shaxsga (yuridik yoki
jismoniy) etkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. Zararlar mahsulot,
ish, xizmatlarni sotishdan, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarni talab qilib
olmasdan voz kechishdan, to‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy fondlarga
barham berishdan va boshqalardan vujudga kelishi mumkin. Mahsulot, ish
va xizmatlarning bahosi ularning to‘liq tannarxidan past bo‘lganda ham
zararlar paydo bo‘ladi.
I Ikki marta soliqqa tortish – 1) soliqlarni daromad (kapital)ning
yagona manbaidan olinishi; 2) qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisining
foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xuddi shu foydani
761
xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi; 3) sof foyda (daromad)
(korporatsiyalar foydasi) va undan to‘lanadigan dividendlarni ular shaxsiy
daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda
to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi
soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish
yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979 yilda BMT
tomonidan manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta
soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konventsiya ishlab chiqilgan
bo‘lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan
o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy
ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha soliqdan
ozod qilinadi.
Investitsiyalar – yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonaga uzoq
muddat (bir yildan kam bo‘lmagan) davomida qo‘shimcha foyda olish, ta’sir
etish doirasini sotib olish maqsadlarida yoki shu sohada o‘z faoliyatini
tashkil qilgandan ko‘ra uni shunday qo‘yish (sarf etish) afzalroq bo‘lganligi
uchun kapitalni joylashtirish. Foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy
samaraga erishish maqsadida pul mablag‘lari, maqsadli bank omonatlari,
aksiyalar va boshqa qimatbaho qig‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar,
asbob-uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, boshqa har xil mulklar yoki mulkiy
huquqlar hamda intellektual boyliklarni tadbirkorlik va faoliyatning boshqa
turlari obyektlariga qo‘yilishining barchasi investitsiyalar hisoblanadi.
Investitsiyalarning moliyaviy, real, yalpi, sof, xususiy va davlat kabi turlari
bo‘lishi mumkin.