Ya Yashirin soliq – iste’molchi tomonidan bevosita to‘lanmaydigan,
lekin
unga
mo‘ljallangan
mahsulotning
bahosi
tarkibiga
uni
ogohlantirmasdan, unga xabar bermasdan, unga bildirmasdan kiritilgan
soliq. Masalan, bojlar.
O‘ O‘zaro sug‘urta jamiyati – notijoriy tipdagi sug‘urta tashkiloti,
o‘zlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta himoyasi uchun badal asosida
vujudga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi sifatida
amal qiladi (faoliyat ko‘rsatadi).
Q Qayta sug‘urtalash – balanslashtirilgan (muvozanatlashtirilgan)
sug‘urta
portfelini
yaratish
maqsadida
sug‘urta
obyekti
bo‘yicha
sug‘urtalovchi majburiyatlarining bir qismini boshqa sug‘urtalovchiga berish
bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar tizimi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining byudjeti – Davlat byudjetining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir
qismi bo‘lib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Qimmatli qog‘ozlar – o‘zining egasiga dividend va foiz ko‘rinishida
daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning tarkibiga aksiyalar,
obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Qo‘shilgan qiymat – sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulotlar,
ishlar va xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining
tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o‘rtasidagi farq.
769
zanjirning oxiridagi mahsulotdan olinadi (masalan, cho‘yan rudasidan
emas, balki muzlatgich, avtomobildan olinadi). Hozirgi paytda Buyuk
Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda
bu soliqdan qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tilgan bo‘lsa, AQShda uning
o‘rniga sotuvdan olinadigan soliq joriy etilgan.