Soliq to‘xtatuvchanligi (to‘sqinchiligi) – soliq progressiyasining
noproportsionalligi bilan xarakterlanadigan soliqqa tortish tizimi. Ma’lum
darajadan yuqoridagi daromadlarga yanada yuqoriroq (ko‘proq) soliq
o‘rnatiladi. Buning natijasida yuqori daromadga ega bo‘lish foydasiz
bo‘lganligi uchun tijoriy faoliyat susayadi (pasayadi).
Soliq to‘lovchilar – qonun hujjatlariga ko‘ra soliq to‘lash majburiyati
yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda to‘lovchilarning boshqa
toifalari.
Soliq davri - soliq bazasining (negizining, asosining) shakllanish
jarayoni tugaydigan muddat. Bu muddatda soliq majburiyatining yakuniy
hajmi (miqdori) aniqlanadi. Qonun tomonidan belgilangan soliqqa tortish
davri davomida bir obyekt soliqning bir turi bo‘yicha bir marta soliqqa
tortilishi mumkin.
Soliq tushumlarini bashoratlash (prognozlashtirish) – aniq va
miqdoriy jihatdan aniqlangan shaklda soliq tushumlarining hajmiga ta’sir
ko‘rsatuvchi obyekti va subyektiv omillarni oldindan ko‘rish va bilish
instrumenti. Soliq tushumlarini bashoratlash perspektiv xarakterdagi
tadqiqot hisoblanib, uni ishlab chiqishda (yaratishda) real iqtisodiy shartlar
va jarayonlar hisobga olinishiga qaramasdan u ehtimollik, dastlabkilik
xarakteriga egadir. Mamlakat yoki aniq bir mintaqa iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishining kompleks dasturi bashoratlashning asosidir. Shu bilan
birgalikda bunda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan cheklanishlar(chetlanishlar,
og‘ishlar), hukmron tendentsiyalar (oqimlar) va ularni farq qilish sohalarini
aniqlashga ham e’tibor bermoq lozim. Bashoratlash shoshilinch (operativ)
(bir oygacha), qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (besh yilgacha)
va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) kabi turlarga bo‘linishi mumkin. Xilma-
xil davriy gorizontlarga (ufqlarga) ega bo‘lgan istiqbolni belgilashning
(bashoratlashning) mazmuni istiqboli belgilanayotgan jarayonlarning tabiati
bilan belgilanadi: qanchalik barqarorlik bo‘lsa, bashoratlash gorizonti (ufqi)
shunchalik keng bo‘ladi. Bashoratlash hisob-kitob qilinayotganda o‘tgan
776
davrlarda soliqlarning qanchalik tushib turganligini xarakterlaydigan
haqiqatdagi dinamik qatorlar ham hisobga olinishi kerak.