778
shakllantiradi, uning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan
resurslarni byudjet tizimi va nobyudjet fondlarga to‘plash imkonini beradi.
Soliqlarning tartibga solish (rag‘batlantirish) funksiyasi
-
moliyaviy (soliq) mexanizm (i) orqali davlatning mamlakat ijtimoiy hayotida
faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu funksiyaning quyidagi bir necha shakllari
bo‘lishi mumkin: nazorat; rag‘batlantirish; tartibga solish; takror ishlab
chiqarish. Ular soliq mexanizmining samaradorligini baholash imkonini
beradi, moliyaviy resurslarning harakati ustidan nazoratni ta’minlaydi, soliq
tizimi va byudjet siyosatiga o‘zgartirish kiritish zarurligini aniqlaydi.
Rag‘batlantirish imtiyozlar, cheklashlar, chegirmalar, afzal ko‘rish tizimi
orqali amalga oshiriladi va ular soliqqa tortish obyektining imtiyozlarni
shakllantirish belgilari bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi, soliqqa tortish
obyektining o‘zgarishida, soliqqa tortiladigan baza (asos)ning kamayishida,
soliq stavkasining pasaytirilishida va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Takror
ishlab chiqarish tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarda, yo‘l
fondlari uchun olinadigan soliqlarda, mineral xom ashyo bazalarini takror
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan soliqlarda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: