Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Tartibga soluvchi (tartiblovchi) daromadlar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Tartibga soluvchi (tartiblovchi) daromadlar
– tegishli byudjetda 
ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni to‘liq qoplash maqsadida umumdavlat 
soliqlaridan quyi byudjetdagi biriktirilgan daromadlarning ustiga yuqori 
byudjetdan beriladigan daromadlar. Bunday daromadlarning tarkibiga 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, korxonalardan olinadigan daromad 
(foyda) solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kabilar 
kiradi. Bu soliqlar bo‘yicha daromadlar quyi byudjetlardagi tushumlarni 
tartibga solish uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda) 
belgilangan tartibda tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha soliqlardan foiz 
ajratmalari ko‘rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo‘yicha 
ajratmalar bevosita quyi byudjetlarga borib tushadi, ajratmalar stavkasi 
(normativi) esa davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda aniqlanadi. 
Tashqi qarzni restrukturizatsiya qilish
– qarzni qaytarish va u 
bo‘yicha foizlarni to‘lash muddatlarini uzaytirish.
Taqsimlanmagan foyda solig‘i
– alohida soliq to‘lovchi sifatida tan 
olingan aksionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar foydasining 
dividendlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi.
Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq
transport 
vositalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi. 
Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan dvigatelning quvvatiga bog‘liqdir. 
773 
soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining 
pasaytirilishida va boshqalarda o‘z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan 
obyekt minimumi, alohida shaxslar va soliq to‘lovchilarning ayrim toifalarini 
soliq to‘lashdan ozod qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni 
chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, soliq 
kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq 
imtiyozlarining ko‘rinishlaridir (turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan 
olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy 
qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni, tadbirkorlikning kichik 
shakllarini, nogironlar va pensionerlarning bandligini ta’minlashni, ijtimoiy-
madaniy va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag‘batlantirishga 
qaratilgandir. Individual xaraktyerga ega bo‘lgan soliq imtiyozlarini berish, 
odatda, ta’qiqlanishi kerak. 
Soliq stavkasi
– soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi soliqning 
hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bog‘liq 
bo‘lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarda 
o‘rnatiladi. Proportsional stavkalar daromadning hajmiga (miqdoriga) bog‘liq 
bo‘lmagan holda unga nisbatan bir xil foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq 
stavkalari soliqqa tortiladigan daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. 
Regressiv soliq stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan 
pasayadi. 
Soliq tizimi
- mamlakat doirasida (hududida) to‘lovchilardan (yuridik 
va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar 
va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari 
yig‘indisi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin