mahalliy baholar deyiladi.
Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha baholarning quyidagi
turlari mavjud:
•
bozor baholari;
•
qat’iy o‘rnatilgan baholar;
•
tartibga solinadigan baholar;
•
prestij (kamyob, obro‘li) baholar;
•
paritet (teng) baholar.
Mahsulotlarni
ishlab
chiqaruvchilar
va
xizmatlarni
ko‘rsatuvchilar
tomonidan
bozor
konyunkturasiga
muvofiq
ravishda talab va taklif asosida qo‘llaniladigan baho
bozor baholari deyiladi.
Qat’iy o‘rnatilgan baholar ma’lum darajada belgilangan
baholardan iborat.
Yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarga
nisbatan tegishli boshqaruv organlari tomonidan foydalaniladigan
baholar
tartibga solinadigan baholar deb ataladi.
Noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan juda yuqori sifatli
buyumlarning bahosiga
prestij (nufuzli) baholar deyiladi.
Bir necha mamlakatlarning davlat hokimiyat organlari
tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, boshqa tovarlar va
xizmatlar baholari o‘rtasidagi nisbatni tartibga solish uchun
qo‘llaniladigan baholar
paritet baholar deb ataladi.
Yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra baholarni
quyidagicha farqlash mumkin:
•
netto-baholar;
•
brutto-baholar (fakturaviy baholar);
•
jahon baholari.
Oldi-sotdi joyidagi baholar
netto-baholar deyiladi.
Oldi-sotdi
shartlariga
(soliqlarning
turi
va
miqdori,
chegirmalarning mavjudligi va darajasi, frank turlari va sug‘urta
shartlariga) muvofiq ravishda aniqlanadigan baholar