265
12-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING ISHLAB CHIQARISH CHIQIMLARI, FOYDASI VA RENTABELLIGI
12.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari”
tushunchalari (iboralari) bir xil ma’noni anglatmaydi. Bu
tushunchalarning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bo‘lib,
jamiyat nuqtayi nazaridan u jonli va buyumlashgan mehnatning
barcha hajmini o‘zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga
teng. “Ishlab chiqarish “chiqimlari” tushunchasi, aksariyat
hollarda, iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog‘langan
(masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va
boshqalar).
Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bo‘lish
mumkin:
•
aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar;
•
aniq bo‘lmagan chiqimlar.
Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar XYuS tomonidan
amalga oshirilgan aniq xarajatlardan – ish haqi, xomashyo va
materiallar xarajatlari, ijara uchun to‘lov va boshqalardan iborat.
Aniq bo‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo‘ldan boy berilgan,
qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog‘liqki,
XYuS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib,
shuning o‘zida uning muqobilli foydalanish imkoniyatini qo‘ldan
chiqaradi. Mablag‘larning cheklanganligi ularning foydalilik daraja-
siga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foydalanishga
XYuSni majbur qiladi. Bunda har doim qo‘ldan chiqarilgan, boy
berilgan foydalar elementlari va demak, aniq bo‘lmagan chiqimlar
elementlari mavjud bo‘ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab
chiqarishni davom ettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida
har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq bo‘lmagan
chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror
o‘rtasidagi tanlanish har doim boshqa maqsadlarga erishish
288
Shu mintaqaning o‘zida ishlab chiqariladigan va iste’mol
qilinadigan mahsulotlarga o‘rnatilgan baholar