284
muhim omili hisoblanadi, tovarlar va xizmatlar bozorida talab va
taklif o‘rtasidagi ma’lum bir nisbatning o‘rnatilishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni
muvozanatlashtirish (balanslashtirish) funksiyasi bilan uzviy
bog‘langan.
Baho funksiyalarining bunchalik ko‘pligi, ba’zan alohida
olingan unga tegishli bo‘lgan funksiyalar maqsadlari va
vazifalarining o‘zaro qarama-qarshiligi shunga olib keladiki,
bahoning barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga
oshirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal
baholar xususida gapirib turib, odatda uning bir funksiyasi yoki
funksiyalarning shunday hamkorligini nazarda tutish kerakki, ular
ma’lum darajada amalga oshgan bo‘lsin. Shuning uchun ham
bozor iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki
ko‘proq yuklama bilan “ishlaydi”. Masalan, mahsulotni qiymat
ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni
rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash
iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan
kamroq faollikda namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan bu yerda
baho barcha funksiyalarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanligi va
o‘zaro ta’sirchanligini, real hayot (amal)da bozor iqtisodiyotiga xos
bo‘lgan dinamik tizim sifatida namoyon bo‘layotganligini hisobga
olish muhim ahamiyat kasb etadi.
13.2. Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni
shakllantirish metodlari
Dostları ilə paylaş: