276
STF
к
=
SOF
к
+ BD – BX
Bu yerda:
STF
к
-
soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi;
SOF
к
-
XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
BD
- boshqa daromadlar;
BX
- boshqa xarajatlar.
SF
к
=
STF
к
- FOS
Bu yerda:
SF
к
-
XYuSning sof foydasi;
STF
к
-
soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi;
FOS -
foydadan olingan soliq.
Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lan-
ganidan so‘ng uning qolgan qismi XYuS tomonidan mustaqil
ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi
investitsion, ishlab chiqarish va sotsial xarakterdagi ehtiyojlarga
sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYuSning
investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinmog‘i lozim. Shuning
uchun ham bozor konyunkturasini hisobga olgan holda foydadan
ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori
aniqlanadi va ular kapital qo‘yilmalar, aylanma mablag‘larni
ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini
ta’minlash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi.
Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik tavakkalchiliklarining
darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan
tashkil qilinadi. Ajratmalarning miqdori esa XYuSning ta’sis
hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: