ichki firmaviy (transfert) baholar degan
tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo‘linmalari
yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo‘lgan bir necha firmalar o‘rtasida
mahsulotlar sotilganda qo‘llaniladi.
Baholarning
yana
bir
turi
bor.
Ularning
nomi
tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy,
hududiy va XYuSlarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa mahsulotni
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqlar,
shuningdek, mahsulotning sifatidagi farqlarga (navi, yangiligi va
boshqa sifat belgilariga ko‘ra) bog‘liq ravishda bir xil
mahsulotlarga o‘rnatiladigan turli ulgurji, sotib olish va chakana
baholardan iborat bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar
tabaqalashtirilgan baholardan iste’molchilarning turli guruhlari
uchun foydalanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning
har bir guruhi uchun maksimal baholarni o‘rnatishga harakat
qiladi. Bunday baho sotib oluvchining
rezervlashtirilgan baho si
deyiladi.
Rezervlashtirilgan
bahoning
sotib
oluvchilar
daromadlariga bog‘liq ravishda o‘rnatilishi bahoning ideal diversifi-
katsiyasi deb ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan
tovarlarning miqdoriga bog‘liq ravishda ham o‘rnatilishi mumkin.
Bunga muvofiq ravishda tovarlarning kichik partiyalari va bir
martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib
olinganda esa baholarning darajasi ancha pasaytirilishi mumkin.
Baholarning har bir turi ularga tegishli bo‘lgan shakllantirish
va foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji
baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli bo‘lgan
o‘ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiya tashuvchilarning
bahosi, o‘z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni tejab-
tergash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag bo‘lib
hisoblanadi.
Aniq baho o‘zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi.
Ularning ahamiyati absolyut ifodalanishda