12.3. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining
sarf qilingan mablag‘larga yoki sotilgan mahsulotning hajmiga
nisbati bilan aniqlanadi.
Moliyaviy
tahlil
jarayonida
rentabellikning
quyidagi
ko‘rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi:
•
sotuv (sotish) rentabelligi;
285
•
bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat
darajasining xarakteri bo‘yicha;
•
yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra;
•
qo‘llanilish tartibiga muvofiq.
Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha baholar
quyidagicha farqlanadi:
•
ulgurji baholar;
•
chakana baholar;
•
sotib olish baholari;
•
smeta qiymati;
•
tariflar.
XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xo‘jaligi
yoki boshqa XYuSlarga yoki ta’minot tashkilotlariga sotadigan
bahosi
ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli
uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o‘rnatilgan baho
chakana baho deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z
mahsulotlarini davlatga sotish
sotib olish (yoki xarid) baholari da amalga oshiriladi.
Smeta qiymati da qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va
b.)ning bahosi to‘lanadi.
Yuklarni tashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog‘liqni
saqlash
xizmatlari,
mehmonxona,
sayyohlik
va
boshqa
xizmatlarning bahosi
tariflar orqali ifodalanadi.
O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning quyidagi
turlari mavjud:
•
qat’iy baholar;
•
joriy baholar;
•
o‘zgaruvchan (harakatlanuvchan) baholar;
•
almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar.
Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq
ravishda mahsulotni yetkazib berishning barcha muddatlari
davomida o‘zgarmaydigan baholar