ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA TA’LIM PARADIGMALARI, TA’LIM
TAMOYILLARI VA QONUNIYATLARI
Tursunova Feruza Otaqulovna
Navoiy davlat pedagogika instituti
San’atshunoslik fakulteti “Pedagogika-
psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
zamonaviy
pedagogikada
ta’lim
paradigmalari, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Amaliyot, paradigma, integratsiya, pedagogika, tamoyil
.
Jahon ta'lim
amaliyotida
ilm-fan va ishlab chiqarish jarayoniga
axborotkommunikatsion
texnologiyalarning
integratsiyalashuvi
turli
soha
vakillarining
kasbiy
malakalarini
takomillashtirish,
kasbiy-sohaviy
kompetensiyalarini
rivojlantirishga
zamin
yaratdi.
Jahonning
yetakchi
universitetlarida tillarni maqsadli yo‘naltirib o‘qitish, xususan, strategik sohalardan
biri hisoblanuvchi filologiya yo‘nalishida mutaxassislarning turli tillarda so‘zlashish
layoqatini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarga katta e'tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda tillarni chuqur o‘qitishga alohida e'tibor qaratilib,
ta'lim jarayonini umumjahon ta'lim standartlariga mos ravishda tashkil etish
maqsadida turli xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Zarur bo‘lgan
mutaxassisliklar bo‘yicha ta'lim olish va kadrlar malakasini oshirish ishlarini keng
ko‘lamda yo‘lga qo‘yish, yoshlarning xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan,
madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishlarini
ta'minlash; nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish va shu asnoda
ularning o‘z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat
yaratilmoqda. Bu yo‘nalishdagi islohotlar uzluksiz ta'lim tizimiga innovatsion
g‘oyalarni, axborotkommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, o‘qitish sifati monitoringining nazariy-metodologik asoslarini
takomillashtirish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim
standartlarini tatbiq etishga oid ilmiy jihatdan asoslangan takliflarni, tavsiyalar
tizimini ishlab chiqish, ta'lim va o‘qitish sifatiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, uni
avtomatlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Dunyoda yangilangan ta'lim turlarini oliy ta'lim muassasalariga keng tatbiq
etish, mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini oshirish tizimini kuchaytirish,
ta'lim muassasalarining moddiy-texnik ta'minoti, dasturli-tashkiliy va boshqa zurur
resurslarni to‘plashda tashabbuskorlik ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim
muhitini yaratish orqali murakkab pedagogik vaziyatlar yechimini topa
oladigan zukko kadrlar salohiyatini oshirishga oid ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Tahsil oluvchilarning ta'lim natijalarini diagnostika qilishda dasturiy vositalar-
Moodle, Wordpress, PHP, Turbo Site, Bandicam, Audisity, Movavi Video,
Editor
Plus, AutoPley, Media Studio 8, Macromedia Flashdan foydalanish
imkoniyatlari
o‘rganildi.
Moodle, Wordpress, PHP, Turbo Site, Bandicam, Audisity, Movavi Video,
Editor Plus, AutoPley, Media Studio 8, Macromedia Flashdan samarali metodik
manba sifatida foydalanish imkoniyatlari o‘rganilganda, o‘qitish sifatini ta'minlash
va ta'lim muassasasi faoliyatining ijtimoiy samaradorligiga mazkur metodika
sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-
o‘quv jarayoni sub'ektlarida mazkur jarayondan qoniqishning hosil bo‘lishi;
-
o‘quv jarayonining tashkil etilishi, borishi, natijalari va sifatining namoyon
bo‘lishi;
-
o‘quv jarayoni sub'ektlarining o‘zaro hamkorligi;
- ta'lim muassasasining mavjud mavqyei;
- ta'lim muassasasida amal qiladigan strategiyalar kabilar.
O‘quv jarayoni bir qator o‘ziga xos ko‘rsatkichlarlarga ega:
a) o‘quv jarayonining yetakchi maqsadi – bilim, ko‘nikma, malakalarning
o‘zlashtirilishi;
b) didaktik jarayonning mazmuni
– barcha dasturlar uchun mazmun yagona
hisoblanadi;
v) o‘quv jarayoni doirasida - o‘rgatish faoliyati davomida o‘qituvchining
yo‘naltiruvchilik, rahbarlik, maslaxat beruvchilik mavqyei namoyon bo‘ladi;
g) o‘quv jarayoni doirasida pedagogik faoliyat o‘quvchilarning yetakchilik
mavqyei bilan uyg‘unlashadi.
Tadqiqot davrida o‘quv jarayonida o‘qitish sifatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadigan
quyidagi tarkibiy qismlar ajratildi:
1. Moyillik hosil qiluvchi
– o‘quvchilarni faol o‘rganish jarayoniga
jalb qiluvchi va bilish faoliyatining barcha bosqichlarida faollikni saqlab
qoluvchi
qiziqishlari, ehtiyojlari, mayllari.
2. Yo‘naltiruvchi – o‘quvchilarning o‘quv-biluv maqsadini amalga
oshirish uchun uni rejalashtirishlari va bashorat qilishlari.
3. Mazmunli-operatsion nuqtai nazardan - axborotlarni qabul qilish,
saqlash va qayta ishlash maqsadida yetakchi bilimlar va usullarni
o‘zlashtirish.
4. Quvvatiga ko‘ra – diqqat, iroda va kechinmalar.
5. Nazariy-tahliliy jihatdan
– o‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini mustaqil
nazorat qilishlari, bajarilgan harakatlarning borishi va natijalarini mustaqil
baholashlari, o‘zgalarning bahosiga tayangan holda o‘zlari va faoliyatlariga
bergan
baholari, o‘rganish jarayonlarini mustaqil boshqarishlari va tuzatishlar
kiritishlari, o‘z o’zlarini boshqarishlari kabilar.
Shunday qilib, tahsil oluvchilarning ta'lim natijalarini diagnostika va korreksiya
qilish ularning bilish layoqatlarini rivojlantirish, bilim, ko‘nikma va malakalar
vo
sitasida ularning ta'lim natijalarini aniqlashga, zarur bo‘lsa, korreksiya talab
bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi.
Mashg‘ulotlarni tashkil qilish mazmuni, mohiyati o‘rganilganda o‘qitishning
didaktik tamoyillari muhim o‘rin egallashi aniqlandi.
O‘qitish sifatining namoyon bo‘lishida o‘qituvchilarning shaxsiy yutuqlari
muhim o‘rin egallaydi. Ularning shaxsiy yutuqlari quyidagilarda aks etadi:
- ta'lim jarayonini takomillashtirish sohasidagi yutuqlari;
-
o‘qituvchilarning metodik, ilmiy, ixtirochilik ishlari;
- turli tanlovlarda ishtirok etish darajalari;
- shaxsiy-
ta'limiy quvvatlarini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatlari;
-
mustaqil bilim olish va o‘zlarini takomillashtirish yo‘nalishidagi ishlari kabilar.
O‘qitish sifatini ta'minlashda asosiy o‘rin egallaydigan holatlardan yana biri
o‘quv rejasining bajarilishidir. O‘quv rejasining bajarilganligini bir qator holatlar
tasdiqlaydi:
- me'yorlar va ularning bajarilishi;
-
o‘quv rejasining alohida o‘ziga xos yo‘nalishlari ijrosi;
- ta'lim sohalari;
- si
nflarni ixtisoslashtirish va maxsus yo‘nalishlarni tashkil etish;
-
o‘quv rejasidagi maktab komponentiga rioya qilish;
-
o‘quvchilar bilan individual ishlash ko‘lami;
-
o‘quvchilarning tanlovlariga asoslangan holda chuqurlashtirilgan ta'lim
bilan qamrab olish;
-
o‘quvchilarning o‘quv yuklamalari ko‘lami kabilar.
Biz 2021-
2022 o‘quv yilining 1-yarim yilligida talabalar o‘quv yutuqlarini
baholash uchun O‘zbek tilining qiyosiy grammatikasi o‘quv kurslari bo‘yicha
2 variantdagi test topshiriqlari
va ona tili va o‘qish fanidan matnni tushinish
darajasini aniqlash bo‘yicha 3 variantdagi test topshiriqlari tayyorlandi.
O‘quv kursi bo‘yicha tuzilgan test topshiriqlari Moodle bo‘yicha berilgan
baholashning ochiq blokidan foydalanildi.
Test topshiriqlarida grammatika, leksikologiya, semiotika kabi sohalarga oid
savollar kiritildi.
Testlarning shu asosda tuzilishi bir qator afzalliklarga ega. Bir tomondan
bunday yondashuv, o‘zbekistonlik talabalarning o‘quv yutuqlarini xalqaro shkalada
baholash imkoniyati
ni bersa, ikkinchi tomondan O‘zbekistonda amalda bo‘lgan
davlat standartlari va o‘quv dasturlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga
yordam beradi.
O‘quvchilar o‘quv yutuqlarini baholash milliy tadqiqotini o‘tkazishda maktab
va
o‘quvchilarni tanlash quyidagi reja asosida amalga oshirildi:
Tajriba-sinov bilan qamrab olingan maktablar oddiy rondomlashtirilgan
tanlovdan foydalanildi. Nazorat guruhi esa ekspertlar tomonidan hududlar va
maktablardan olingan ma'lumotlar asosida belgilandi. Maktablar ushbu
guruhdan
tasodifiy yo‘l bilan tanlandi. Maktablar ro‘yxati tayyorlanib MS EXCEL
dasturining “Generate Random Number” funksiyasi asosida rondomlashtirilgan
tanlov amalga oshirildi.
Respublika miqyosidagi o‘qitish sifati monitoringini amalga oshirish
jarayoniga
3 ta OTMlarning 734 nafar talabasi qamrab olindi.
Talabalar diqqatiga turli hayotiy vaziyatlarda uchraydigan matnlar havola
etildi. Mazkur testlar talabalarda hozirgi kunda mavjud “grammatik savodxonlik”
tushunchasining shakllanganlik darajasini aniqlas
hga yo‘naltirilgan. Mazkur
tushunchaga asosan talabalarda turli uslublarda yozilgan matnlarni
tushunishi, ularning mazmuni bo‘yicha fikr-mulohaza yuritishi, ularning mazmuni
va ahamiyatiga baho berishi va o‘qiganlari yuzasidan o‘z fikrlarini bayon eta olishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: |