Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati


Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish



Yüklə 40,59 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü40,59 Kb.
#204898
1   2   3   4
QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish
yo`llari
Qishloq xo`jaligida mahsulot birligining tannarxini pasaytirish eng zarur masalalardan biridir. Mahsulot birligi tannarxinikamaytirish resurslar cheklangan sharoitda katta amaliy ag`amiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxi to`g`ridan – to`g`ri ikki omilga bog`liq. Birinchidan, yetishtirilayotgan mahsulotning miqdoriga bog`liq. Yetishtirilayotgan mahsulot miqdorining oshishiga nimalar ijobiy ta`sir etsa, ular ustida ishlash lozim. Bularga dehqonchilikda quyidagilar kiradi:

  • yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish. Bu, o`z navbatida,hosildorlikning o`sishiga olib keladi;

  • regionlar sharoitiga mos bo`lgan, ilmiy asoslanganqishloq xo`jaligi yuritish tizimini joriy etish;

  • almashlab ekishni to`g`ri joriy qilish, talab va imkoniyatdan kelib chiqqan holda ekin turlarini joylashtirishniratsional tashkil etish;

  • urug`chilikni yaxshilash, seleksiya ishlarini jonlantirish;

  • mineral va organik o`g`itlardan foydalanishni ilmiy asosga qo`yish, barcha kimyoviy vositalardan samarali foydalanish;

  • ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish.

  • Dehqonchilik tarmoqlarida mahsulotlar tannarxining past bo`lishiga xarajatlarni tejash ham katta ta`sir ko`rsatadi. Bu boradagi omillarga quydagilarkiradi:

  • ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish;

  • ekinlarni parvarishlashda intensiv texnologiyalarni qo`llash;

  • ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish;

  • ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish;

  • ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish;

  • agrosanoat integratsiyasini chuqurlashtirish, agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning mutanosib rivojlantirilishi;

  • boshqaruv tizimini rivojlantirish hisobiga u bilan bog`liq xarajatlarni tejash;

  • qishloq joylarda ijtimoiy rivojlanishni ta`minlash.

  • chorvachilik tarmog`ida mahsulot birligi tannarxiningpasayishiga quyidagi omillar ta`sir qiladi:

  • chorvachilikning yem – xashak bazasini mustahkamlash, yem – xashakning sifatini oo`irish va nisbatan arzon bo`lio`ini ta`minlash;

  • chorva mollarining zotini, poda tarkibini yaxshilash;

  • chorva mollarini saqlash, boqshning intensiv texnologiyalaridan foydalanish;

  • chorvachilik mahsulotlari sifatini oshirish;

  • chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  • fondlardan foydalanishning eng optimal yo`llaridan foydalanish;

  • ishlab chiqarish quyuqlashuvi va ixtisoslashuvining eng maqul hajmlarini tashkil etish;

  • ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish;

  • qishloqda ijtimoiy masalalarning yechimini topish;

  • barcha xarajatlarnitejamkorlik bilan amalga oshirish, bu borada mavjud texnologiyalardan, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan samarali foydalanish;

  • mahsulot nobudgarchiligiga yo`l qo`ymaslik.

Ushbu omillarning barchasiga katta e`tibor berish zarurati mavjud. Albatta, bu masalalarni to`g`ri hal etish ishchi xodimlarning nafoqat manfaatdorligiga, balki bilim va tajribalariga ham bog`liq. Shu sababli qishloq xo`jaligida mehnat qilayotganlarning bilim va tajribasini tinmasdan oshirib borishni ta`minlash kerak.
Tannaxning tarkibini yillar davomida tahlil qilib o`rganish iqtisodchilarga, xo`jalik rahbarlariga mavjud kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ko`rsatadi. Mahsulot tannarxiga kirgan xarajatlar tarkibi, miqdori va iqtisodiy mohiyati jihatidan bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun ularni xarajat moddalariga to`g`ri bo`lish katta ahamiyat kasb etadi.

Ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab xarajatlar to`g`ri yoki bevosita hamda egri yoki bilvosita xarajatlarga bo`linadi. Bevosita xarajatlar mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi va tannaxga to`g`ridan – to`g`ri kiradi. Bularga o`g`itlar, urug`liklar, yem – xashak, shu mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etkanlarning shi haqi va boshqalar kiradi. Lekin qishloq xo`jaligining o`ziga xosligi shundaki, unda bir xodim yoki bir texnika vositasi bir yilda bir nechta mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Ularning xarajatlariana shu mahsulotlar o`rtasida taqsimlash ma`lum qiyinchiliklar tug`diradi. Ayniqsa, korxonani boshqarish bilan bog`liq xarajatlar bu borada alohida metodikani talab qiladi. Bu xarajatlar bir mahsulotturiga to`g`ridan – to`g`ri kirmaganligi sababli ularni bilvosita yoki egri xarajatlar deb yuritiladi.


Qishloq xo`jaligida barcha xarajatlar 1 gektar yoki bir bosh chorva hayvonigahisoblanadi. Bir gektar yerdan olingan mahsulot miqtoriga shu bir gektar yerga ketgan xarajatlar g`miqtori uni shu chorva molidan olingan mahsulotga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Bu bir qarashda ancha tushinarliga o`xshaydi. Aslida esa bunda o`ziga xos qiyinchiliklar mavjud. Gap shundaki, qishloq xo`jaligida bir ishlab chiqarish jarayonida asosiy, qo`shimcha va yondash mahsulotlar olinadi. Olingan buzoq qo`shimcha mahsulot hisoblanadi. Shu sigirdan 5 – 6 tonna miqdorida organik o`g`it – go`ng olinadi. Bu mahsulot yondash mahsulot hisoblanadi. Barcha xarajatlar bir bosh sigirga qilingan. YA`ni, sigir boqilgan va natijada 3 xil mahsulot olingan. Biz sutga, buzoqqa va go`ngga alohida xarajat qilgan emasmiz. Bunday holda mahsulot birligining tannarxini hisoblash o`ziga xos murakkablikni keltirib chiqaradi.
O`simlikchilikda esa barcha xarajatlar bir gektarga qilinadi. Masalan, bir gektar yerga don ekdik. Yerni tayyorladik, urug`lik sarfladik, o`g`it berdik, sug`ordik va hosilni yig`ishtirib oldik. Donchilikda asosiy mahsulot don olindi. Qo`shimcha mahsulot-don chiqindisi va yondash mahsulot – samon olindi. Ana shu mahsulotlarga xarajatlarni taqsimlash zarurati kelib chiqadi. Bunday hollarda bir necha usul bilan mahsulotlar tannarxi aniqlanadi.
Birinchi usul qo`shimcha va yondash mahsulot ilmiy asoslangan ma`lum koeffitsiyentlar orqali asosiy mahsulotga aylantirib olinadi. Natijada xarajatlar mahsulot hajmiga taqsimlanadi va bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi. Keyin yana koeffitsiyentlar yordamida qo`shimcha va yondash mahsulot tannarxi aniqlanadi. Ikkinchi usulda mahsulotlarning narxi asosida qilingan xarajatlar taqsimlanadi. Uchinchi usulda yondash mahsulotning qiymati aniqlanadi va qilingan xarajatlardan chiqarib tashlanadi. Qolgan xarajatlar asosiy va qo`shimcha mahsulotlarga taqsimlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yüklə 40,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin