Taqrizchilar: O‘quv qo‘llanma Ijodiy ta’lim jarayonini shakillantirish



Yüklə 9,18 Mb.
səhifə10/66
tarix14.10.2023
ölçüsü9,18 Mb.
#155131
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Ijodiy ta\'lim (O\'quv qo\'lllanma)

Amaliy mashg’ulot topshirig’i:

  • DIAMOND kreativ ta'lim metodi misolida shaxsiy kreativ goyasini 20-25 so’zdan foydalanib bayon qiladi va albatta bu goyasini amalga oshirish yo’llarini ham izohlaydi.

Nazorat savollari

  1. DIAMOND kreativ ta’lim metodidan foydalanish afzalliklarini izohlang.

  2. DIAMOND kreativ ta’lim metodi ijodkorlikni shakllantiruvchdagi o’rni haqida ayting.

№4 – Amaliy mashg‘ulotlar



Mavzu: “To’ldirilgan xikoya” testi yordamida talabalarning kreativlik sifatlariga egaligini o’rganish
Darsning maqsadi: “To’ldirilgan hikoya” testi yordamida talabalarning kreativlik sifatlarini rivojlantirish ko’nikmalarini shakllantirish.
Metodik ko’rsatmalar

Talabalarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi.


Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

  • talabalarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash;

  • talabalarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish;

  • o‘quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;

  • talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;

  • kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega:

  • ma’lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish;

  • tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish;

  • keyslar bilan ishlash;

  • guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish;

  • o‘quv loyihalarini tayyorlash;

  • portfoliolarni shakllantirish;

  • kastinglar uyushtirish;

  • to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar:

    • kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o‘quv jarayonini izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini kuchaytirish;

    • talabalarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish;

    • talabalarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish;

    • talabalarning kasbiy ko‘nikma va layoqatlarini rivojlantirish jarayonini interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo‘naltirish, ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil bilim olish, o‘zo‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini bilish, o‘z mavqeiga ega bo‘lish, talabalarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish;

    • talabalarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay ijodiy hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilardan iboratligi aniqlandi.

Psixodiagnostik so’rovnomalar va testlar yordamida pedagogik kreativlik sifatlarini rivojlantirish hamda talaba psixologiyasini tushunish mumkin.
Psixodiagnostik metodlar ushbu asosga ko‘ra farqlanadi:
1) obyektiv testlar;
2) standartlashgan o‘zi haqida hisobotlar, ular o‘z navbatida bo‘linadi:
a) test-so’rovnomalar;
b) natijalani kontent-analiz qilishni talab etuvchi ochiq so’rovnomalar;
d) Ch.Osgudning semantik differensial testi tipi kabi tuziladigan shkalaviy texnikalar va tasniflash metodikalari;
e) rolli repertuar panjaralar tipidagi individual yo‘naltirilgan texnikalar;
3) proyektiv texnikalar;
4) dialogik (interaktiv) texnikalar (suhbatlar, intervyular, diagnostik o‘yinlar).
Obyektiv testlar- to‘g‘ri javob, ya’ni topshiriqni to‘g‘ri bajarish imkoni bor metodikalardir.
Pedagogik kreativlik sifatlarini rivojlantirishda ko’p subtestlardan ham foydalaniladi.Ular:
Veksleming raqamlar qatorini takrorlash subtesti misolqilsak boladi bu test yordamida xotirani saqlash qobiliyatini rivojlantirishda foydalaniladi.
chiqish sohalarida qoilanilishi mumkin.
“Maktab aqliy taraqqiyot testi” 6ta subtestdan tuzilgan bolib, ulaming mazmuni quyidagilardan iborat:

  • Umumiy bilimdonlik;

  • Analogiya;

  • Tasniflash;

  • Umumlashtirish;

  • Sonlar qatori.

Test bir-biriga o‘xshash 2 ta shakl - A va В shakliariga ega.
Testni to‘g‘ri o‘tkazish uchun ko‘rsatmaga qat’iy amal qilish, sekundomer yordamida subtestlar bajarilish vaqtini nazorat qilish, topshiriqlami bajarishda sinaluvchilarga ko‘mak bermaslik juda muhimdir. Butun test bo‘yicha sinaluvchilarga umumiy ko‘rsatma tadqiqotchi tomonidan og‘zaki ko‘rinishda beriladi.
Subtestlami bajarish uchun sinaluvchiga muayyan vaqt belgilab beriladi.
Subtestlar asosan ifodalar ma'nosini tushunish qobiliyatini, fikr-mulohaza yuritish qobiliyatini, soglom fikrni o'lchaydi. Yana ijtimoiy, ma'naviy normalarni tushunish darajasi(ni) ifodalanadi.
Talabalarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini tizimli tarzda o‘rganish lozim. Shuningdek, talabalarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g‘oyalar, konsepsiyalar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunlifaoliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Talabalarning kreativlik ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya’ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, bunda zamonaviy axborotkomunikatsiya texnologiyalari, innovatsion strategiyalar, interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq.
«To`ldirilgan hikoya» subtestning mazmuni: 
Subtestda tekshiriluvchi Fozil (Ferdinad) faoliyati haqidagi tarixni ifodalovchi rasmlar ustida ishlaydi. Fozil boshliq bo`lib ishlaydi, oilali. Uning rafiqasi va o`g`li bor. Shuning uchun hikoyada uning oilasi va xodimlari ishtiroketadi.
Subtestda 14 ta topshiriq mavjud. Subtestning har bir topshirig`I sakkizta rasmdan iborat. Yuqoridagi to`rta rasm Fozil bilan bog`liq yuz bergan voqealarni aks ettirgan. Rasmlardan biri esa tushib qoldirilgan. Tekshiriluvchi pastdagi to`rta rasmlar orasidan tushib qoldirilgan suratni topishi va o`rniga qo`yishi lozim.Tekshiriluvchi tushib qoldirilganrasmni to`g`ri topsa, voqeaning mazmuni, unda ishtirok etayotgan qahramonlarning kechinmalari va maqsadlari tushunarli va aniq bo`ladi. Subtest bo`yicha namuna keltiriladi: 
"To'ldirilgan hikoya" testi test har biri 8 ta rasmdan iborat ikkita to'plam asosida tashkil etiladi. Hikoyaning qahramoni - Ferdinad nomli shahs. Testning maqsadi ta'lim oluvchilarning Ferdinandning odatiy kundalik hayotida ro'y bergan ikki hodisalarning mohiyatini qanchalik to'g’ri anglay olishlarini aniqlashdan iborat.
Ferdinand oilali, uning rafiqasi va o'gli bor. U korxonalardan birida rahbar bo'lib ishlaydi. Shu sababli ikkinchi hikoyada uning qo'l ostida ishlaydigan hodimlari ham ishtirok etadi.
Har ikki to'plam testlarida birinchi qatorda joylashgan to'rtta rasm orqali Ferdinandning hayotida ro'y bergan voqealarning izchilligi aks ettirilgan. Biroq, bu qatorda bitta rasm tushirib qoldirilgan.
Sizlar ikkinchi qatorda berilgan yana to'rtta rasm orasidan birinchi qatordan tushirib qoldirilgan rasmni joyiga qo'yish talab etiladi.
Tegishli rasm o'z joyiga qo'yilgach, Ferdinand bilan bog’liq voqeaning mazmuni to'la anglanadi.
Tinglovchilarning hatti-harakatlari ikki holatni yuzaga keltiradi:
1) bordi-yu, tegishli rasm to'g’ri topilsa, personajlarning his-tuyg’ularini to'g’ri anglanadi va Ferdinandning hayotida ro'y bergan voqeaning mazmuni ham to'g’ri tushuniladi;
2) agarda tegishli bo'lmagan rasm bo'sh katakka qo'yilsa, u holda voqeaning izchilligi ta'minlanmaydi.
Demak, e'tiboringizga havola etilayotgan rasmlarni diqqat bilan ko'zdan kechiring va bo'sh katakni tegishli rasm bilan to'ldiring!
Har bir test bilan ishlashingiz uchun Sizlarga 10 daqiqa vaqt beriladi. Reglament tugashiga bir daqiqa qolganda sizlarni ogohlantiramiz. Topshiri?ni imkon qadar tez bajarishga harakat qiling.
Bir topshiriq uchun ko'p vaqt ajratmang. Garchi javobni noto'g’ri deb hisoblasangiz-da, uni bayon eting!

Yüklə 9,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin