Tarbiya fanini o'qitish metodlari tarbiya metodi


Tarbiyaviy shart-sharoitlar



Yüklə 225,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix13.12.2023
ölçüsü225,17 Kb.
#175591
1   2   3   4   5   6   7   8
tarbiya fanini o\'qitish metodlari

6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-
gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim
pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-
sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. 
Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi. 
7. Tarbiya vositalari.
Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari 
sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan 
mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham 
mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi 
ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy 
axborot vositalari. 
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.
Tarbiyachi odatda faqat o‘zi 
biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar 
murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday 
mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga 
harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib 
chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi.
9. Tarbiya vaqti. 
Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli 
harakatlantiruvchi» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning 
«ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va 
«ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish 
bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
10. Kutiladigan natija. 
Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga 
erishishiga ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday 
natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak. 

Yüklə 225,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin