Tarbiya fanini o'qitish metodlari tarbiya metodi


Tarbiya metodlarining tasnifi



Yüklə 225,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix13.12.2023
ölçüsü225,17 Kb.
#175591
1   2   3   4   5   6   7   8
tarbiya fanini o\'qitish metodlari

3.
Tarbiya metodlarining tasnifi


Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari 
faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. 
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va 
tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi 
uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu 
tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning 
umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil 
etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. 
Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: 
tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, 
rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash. 
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni 
shakllantirishga ta’sir etuvchi. 
2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir 
etuvchi. 
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya metodlari 
barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun 
tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan 
samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. 
Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi. Bu 
ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining 
qay darajada oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qoʻllanganiga 
bogʻliq. Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda 
oʻquvchilarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan, 
oʻqituvchi birinchi sinf oʻquvchilari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular 
uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor 
qoidalarini, ularda kun tartibi aniq boʻlishi muhimligini, ularga oʻquvchilarning 
qat’iy tartibga amal qilishi zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. 
Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va 
oʻquvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. 
Shuning bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars 
vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, 
oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib turibdiki, 
oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va 
metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, 
tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini 
hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan 


har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta 
oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. 
1-shakl. 
Birinchi guruh metodlarining vazifasi oʻquvchining ijtimoiy ongiga hayot, 
axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil 
qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar 
shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga 
ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va 
h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna koʻrsatish metodlarini kiritish mumkin. 
Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida ma’naviy mazmunga oid 
odatlar hosil qiladi. Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq 
ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat oʻquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi 
bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida 
pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarni bajarilishi, 
ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib 
bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib 
borishga undovchi boʻlishi mumkin. 
Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy 
buyruq yoki koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi koʻrinishda 
boʻladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan 
holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida 
namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu darajaja ong, asos, maqsad hamda 
e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan 
qoʻyiladigan talablarning me’yorida boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim. 
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-
atvor va xarakterlarga oʻrgatib boriladi. 


Oʻrgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida 
oʻquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, 
tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir. 
Oʻrgatish oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida 
samarali vosita sanaladi. Faoliyatda mashqlar mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoa 
faoliyati hamda oʻzaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilganligidir. Mashq 
qilish oʻrgatish bilan yaqin aloqada boʻladi. Agar oʻrgatib borish negizida bolaning 
faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda mashq qilish faoliyati shaxs uchun 
alohida ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish oʻrgatib borishga suyangan holda koʻp 
bora takrorlashni, mustahkamlashni va takomillashtirib borishni nazorat qiladi, bular 
esa bora-bora ijtimoiy xulq-atvorning asosi boʻlib qoladi. 
Tarbiyaviy amaliyotda koʻpincha maxsus pedagogik vaziyatlarni yuzaga 
keltirish zaruriyati tugʻiladi, bunda mustaqil tanlash uchun imkon boʻladi. 
Pedagogik vaziyatlarda oʻquvchilar oʻz fikri va xulq-atvorini qayta oʻzgartirishi 
lozim boʻlgan sharoit yaratiladi. 
Ikkinchi guruh metodlari orasida musobaqa oʻquvchilar amaliy faoliyatlarini 
tashkil qilish metodlari samaradorligini oshirishning zarur va muhim sifati 
hisoblanadi. Musobaqa faoliyatining barcha sohalarida oʻquvchilarning faolligi va 
ijodkorligini rivojlantirishga, oʻquvchilar jamoasi faoliyatini muayyan maqsadga 
yoʻnaltirishga koʻmaklashadi. Musobaqa toʻgʻri tashkil qilinganda jamoa hissi 
muvaffaqiyatli 
shakllanadi, 
intizom 
va 
oʻquvchilarning 
uyushqoqligi 
mustahkamlanadi. 
Musobaqaning alohida turi boʻyicha, shuningdek, tizimli tarzda ham 
uyushtiriladi: chunonchi, eng yaxshi sinf, eng yaxshi guruh, eng yaxshi jamoa, eng 
yaxshi maktab va h.k. 
Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning oʻzlari tashabbus va gʻayrat koʻrsatishi 
asosida musobaqani tashkil etishlariga, uning sharti va koʻrsatkichlarini ishlab 
chiqishlariga erishish muhimdir. Shuningdek, jamoaning umumiy muvaffaqiyati, 
qabul qilingan majburiyatning bajarilishi, musobaqa natijalarini stendlarda aks 
etishini ta’minlash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish zarur. Musobaqani rasmiy 
axborotlar uchun tashkil etish maqsadga muvofiq emas. Jamoatchilik fikri musobaqa 
faoliyatining muhim asosi boʻlib qoladi. 
Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi orqali 
ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, balki 
oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi ongi, xulqiga ta’sir 
etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga bogʻliq. Bir soʻz bilan 
aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni komil inson, ya’ni jamiyatning 
barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy 
fazilatlarni oʻzida shakllantirib borishi lozim. 


Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat 
darajasiga yetishi kerak? 
Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash 
asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir. 
Aql kishining oʻz idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni 
anglash va ularga oʻz faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir. 
Uchinchi 
guruh 
metodlariga 
shunday 
metodlar 
kiradiki, 
bularda 
tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni ragʻbatlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish 
yoki oldini olish, ularning his-tuygʻulari va maqsadlariga bevosita ta’sir koʻrsatishda 
foydalaniladi. Ushbu guruhga ragʻbatlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi. 

Yüklə 225,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin