Tarbiya fanini o'qitish metodlari tarbiya metodi


 Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni



Yüklə 225,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix13.12.2023
ölçüsü225,17 Kb.
#175591
1   2   3   4   5   6   7   8
tarbiya fanini o\'qitish metodlari

2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni 
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning 
samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq. 
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi
balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga 
muvofiq bo‘lishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni.
Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar 
bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun 
bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. 
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. 
U yoki shunga 
o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh 
bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy 
tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. 


Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham 
shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish 
borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 
4.
Jamoaning shakllanganlik darajasi.
O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa 
shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham 
o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi 
tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy 
sharti. 
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.
Umumiy metodlar
umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. 
Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs 
o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini 
amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi. 

Yüklə 225,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin