Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari



Yüklə 154,36 Kb.
səhifə5/10
tarix10.03.2023
ölçüsü154,36 Kb.
#87129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu tarbiya maruza

Interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanish. Bu borada “Tarbiya” fanini o’qitishda imkon qadar o’quvchilar guruhlarga bo’lib o’qitilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar (mulьtimediya, televideniya, virtual aloqa va hakozo);

  • kompyuterli texnologiya (darslar kompyuter vositasida o’qitiladi);

  • mustaqil ta’lim texnologiyasi (bunda o’quvchiga topshiriq beriladi va topshiriqning ijodiy bajarilganligiga ahamiyat qaratiladi).

Bu interfaol texnologiyalar boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini maqsadli o’qitish imkonini beradi.

  1. Tabaqalashtirilgan o’qitish. Inklyuziv ta’limning bu asosidan boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitishda quyidagicha foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • imkon qadar o’quvchilar guruhlarga bo’linadi;

  • har bir guruhga mavzular topshiriq sifatida beriladi;

  • bajarilgan topshiriqlarning ijodiy yondashilganlik asosida baholash;

  • guruhdagi o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilib borish.

Tabaqalashtirilgan o’qitishning bunday imkoniyatlari boshlang’ich sinf o’quvchilarining tarbiyalanganlik darajasida qisqa muddatda erishishda muhim o’rin tutadi. Shu sababli bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari inklyuziv ta’limning tabaqalashtirilgan tarzda o’qitish shakllarini chuqur o’zlashtirilishi taqozo etiladi.

  1. Individuallashtirilgan o’qitish. Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitishda individuallashtirilgan o’qitish shakli quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • har bir o’quvchi bilan alohida ishlash;

  • har bir o’quvchining jismoniy va aqliy layoqatlarini rivojlantirish;

  • jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan alohida ishlash;

  • har bir o’quvchining teng darajada tarbiyalanib borishini nazoratga olish.

Bu imkoniyatlardan boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanining har bir mavzusini o’qitishda foydalanish tavsiya etiladi.
“Tarbiya” fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda;

  • masofaviy ta’lim jarayonida;

  • o’quv-tarbiya muassasalarida;

  • oilada;

  • mahalla huzurlarida tashkil etilgan Ta’lim markazlarida;

  • yoshlarning jamoatchilik tashkilotlarida.

E’tibor berilsa, bunday mashg’ulotlar shakllarida shaxsning imkoniyatlaridan qat’iy nazar ta’lim va tarbiyaga qamrab olinishi nazarda tutilgan. Shu jihatdan ana shu shakllar vositasida “Tarbiya” fanini o’qitish ham kutilgan samarani beradi. Buning uchun oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari inklyuziv ta’lim asoslari bilan qurollantirilishi kerak. Shu ma’noda “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim asosida o’qitishning metodologiyasini ishlab chiqish dolzarb bo’lib turibdi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda milliy va jahon pedagogikasi tajribalariga asoslanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun, Germaniya Respublikasida “Inklyuziv ta’lim markazi” faoliyat yuritmoqda. Bu markaz vositasida mamlakatning imkoniyati cheklangan shaxslari ruhiy, sensor va ijtimoiy jihatdan tarbiyalanadi. Markazning har bir umumiy o’rta ta’lim maktablarida filiallari mavjud.
Bizning mamlakatimizda inklyuziv ta’limning o’quv-tarbiya muassasalarida amalga oshirish tajribasi mavjud. Ana shu tajribalar asosida “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim vositasida o’qitish metodologiyasini ishlab chiqish mumkin.

Yüklə 154,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin