Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari


Masofaviy ta’lim vositasida “Tarbiya” fanini o’qitish samaradorligi



Yüklə 154,36 Kb.
səhifə4/10
tarix10.03.2023
ölçüsü154,36 Kb.
#87129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu tarbiya maruza

Masofaviy ta’lim vositasida “Tarbiya” fanini o’qitish samaradorligi. Hozirgi zamon ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o’qitishning samaradorligiga erishish yo’llari ishlab chiqilmoqda. Biz bu borada quyidagi yondashuvlarni taqdim etamiz:

  • umuta’lim maktablarida o’qitiladigan “Tarbiya” fani mavzularini o’zaro bog’liqlik va uzviylik tamoyillari asosida tuzish;

  • mazkur fanning darsliklarini matniy chuqurlik va dizayn jihatidan estetika talablariga mos ravishda tayyorlash;

  • bu fanning boshqa fanlar vositasida amalga oshiriladigan tarbiya ishlarini muvofiqlashtirib borish maqomiga erishish;

  • “Tarbiya” fani o’qituvchilarining bilimi va malakasini muntazam ravishda oshirib borish;

  • mazkur fan o’qituvchilari va Sinf rahbarlarining tarbiyaga doir vazifalarini maktab Nizomida aniq belgilab qo’yish.

Bularning barchasi masofaviy ta’lim vositasida “Tarbiya” fanini o’qitish samaradorligiga olib keladi. Shu jihatdan o’rta umumta’lim maktablarining “Tarbiya” fanini o’qitish jarayonini virtual tarmoqlar orqali hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Maktab-laboratoriya” tizimi yo’lga qo’yilgan. Unda Toshkent viloyatining o’rta umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan o’qitish jarayonining muammolari o’rganib boriladi va bu natijasida institutda “Pedagogik ta’lim iinovatsion klasteri” tuzilgan. Klaster doirasidagi o’rta umumta’lim maktablarining tajribasi targ’ibot qilib borilmoqda.
“Tarbiya” fanini masofaviy ta’lim vositasida o’qitishda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim:

  • ta’lim oluvchilarning, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavzularni o’zlashtirishini virtual tarzda izchil nazorat qilib borish;

  • fanning mashg’ulotlarini to’liq ko’rgazmali virtual vositalar asosida o’tkazish;

  • tarbiyaga doir ilmiy-o’quv ishlanmalarni taqdim etish;

  • o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ota-onalar va jamoatchilik vositasida o’rganib borish;

  • jamoatchilikning tarbiya ishida ishtirok etishiga erishish.

O’qitishning masofaviy ta’lim vositasida ta’lim va tarbiya berish qulayliklarga ega bo’lib, unda ta’lim beruvchilar hamda ta’lim oluvchilar faol ishtirok etadi. Ayni paytda, “Tarbiya” fanini masofaviy ta’lim asosida o’qitishning metodologiyasini ishlab chiqish taqozo etiladi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda quyidagi hujjatlarga asoslanish shart:

  • O’zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi;

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar-2030” startegiyasi;

  • “Tarbiya” fani uchun umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari;

  • “Tarbiya” fani bo’yicha umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilariga qo’yiladigan malaka talablari;

  • tarbiya bo’yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning hulosalari.

Bunday yondashuv asosida “Tarbiya” fanini masofaviy ta’lim vositasida o’qitishning metodologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
“Tarbiya” fanini o’qitishda masofaviy ta’limning bunday imkoniyatlaridan foydalanish kutilgan samarani beradi. SHu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari masofaviy ta’limning turli shakllarini o’zlashtirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tarbiya” fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim shakli
Reja:

  1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari

  2. “Tarbiya” fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim asoslari

  3. Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o’qitishning ahamiyati



Tayanch tushunchalar:

Tarbiya, fan, o’qitish, inklyuziv, ta’lim, shakl, xususiyat, asos, bilim, ko’nikma, malaka


Inklyuziv ta’lim xususiyatlari. Inklyuziv ta’lim o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv ta’lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarga va to’liq imkoniyatga ega o’quvchilarga teng ta’lim berish bilan o’ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi.


Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq “Mehribonlik uylari” o’quv-tarbiya muassasalari deb nomlandi. Shu sababli o’quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim ham inklyuziv ta’lim shakli hisoblanadi.
Inklyuziv ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish lozim:

  • interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanadi;

  • tabaqalashtirilgan o’qitish amalga oshiriladi;

  • individuallashtirilgan dasturlarga asoslaniladi;

  • ta’lim oluvchilar guruhlarga bo’lib o’qitiladi.

Shu sababli ta’limning bu shakli ta’lim oluvchilarning bilim va ko’nikmalarini tez shakllantirilishi bilan e’tiborga loyiq.
Inklyuziv ta’limga quyidagi o’ziga xos xususiyatlar mavjud:

  • jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan o’quvchilarni maxsus o’qitish;

  • sensor tarbiyani amalga oshirish;

  • ta’lim va tarbiya olish huquqini teng ta’minlash;

  • mashg’ulotlarga maxsus yondashish;

  • mashg’ulotlarni tajribali o’qituvchilar tomonidan olib borilishi.

Dunyo mamlakatlarida inklyuziv ta’limga alohida e’tibor beriladi. Bu borada YUNESKO 1989 yili dunyo mamlakatlariga murojaat bilan chiqib, inklyuziv ta’lim vositasida shaxsni ta’lim va tarbiyasini amalga oshirishni so’radi. Chunki inklyuziv ta’lim shakli shaxsning ta’lim va tarbiyaga oid huquqini to’liq ro’yobga chiqarish imkonini beradi. Misol uchun, to’liq nogironligi bo’lgan bolalarni individual tarzda oilada maxsus o’qitish aynan inklyuziv ta’limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli O’zbekiston pedagogik ta’lim jarayonida va ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning imkoniyatlariga tayaniladi. Bu borada pedagog olimlarimizning bir qator ilmiy-tadqiqotlari mavjud. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari ana shunday ilmiy-tadqiqotlarni o’rganishi va inklyuziv ta’limning asoslarini o’zlashtirishi tavsiya etiladi.
Inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan foydalanish uchun o’qituvchi faol bo’lishi kerak. Ta’lim oluvchiga muntazam ravishda topshiriq berib borilishi, imkon qadar topshiriqlarning yozma bo’lishi va topshiriq natijalarini nazorat qilib borish asosida inklyuziv ta’lim samaradorligiga erishiladi. Bularning barchasi inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lishini taqozo etadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida majburiy (mutaxassislik) fanlarini o’qitishda inklyuziv ta’lim shakllari to’g’risida ko’proq ma’lumot berish zaruriyat bo’lib turibdi. Bundan tashqari “Inklyuziv, masofaviy va integratsion ta’lim shakllari” tanlov fanining ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bugungi murakkab sharoitda ta’limning bu shakllari o’qitish jarayonida juda qo’l keladi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga inklyuziv ta’limning asoslari, metodlari va o’ziga xos xususiyatlarini mustaqil ta’lim vositasida chuqur o’rganish tavsiya etiladi. Chunki inklyuziv ta’lim shaklini bilish davlatning ta’lim siyosatini hammaga bir xil tatbiq etishda qo’l keladi.
Inklyuziv ta’limning tez va qisqa muddatda amalga oshirish xususiyati uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli bugungi kunda o’quv-tarbiya muassasalari uchun inklyuziv ta’limni tadbiq etish zaruriyat bo’lib turibdi.
Tarbiya” fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim asoslari. Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim asoslarini yaxshi bilish va bu ta’lim shaklining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu borada quyidagilarga e’tibor berish kerak:


  1. Yüklə 154,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin