Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari


Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o’qitishning ahamiyati



Yüklə 154,36 Kb.
səhifə6/10
tarix10.03.2023
ölçüsü154,36 Kb.
#87129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu tarbiya maruza

Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o’qitishning ahamiyati. Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim asosida o’qitish muhim ahamiyatga ega. Bunda o’qitish va tarbiya jarayonida quyidagilarga erishish kuzatiladi:

  • o’quvchilarning faol bo’lishi;

  • o’quvchilarda ijodiy fikrning tarkib topishi;

  • o’quvchilar layoqatining namoyon bo’lishi;

  • dars mavzularining qiziqarli o’qitilishi;

  • o’qituvchi va o’quvchining dars jarayonida teng va faol ishtirok etishi.

Bu imkoniyatlar boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini yangicha asoslarda o’qitish va uning samaradorligiga erishishda qo’l keladi. Shu sababli inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish ko’nikmalarini egallash lozim.
Inklyuziv ta’limda tushuntirish, o’rgatish va kuzatish metodlariga asoslanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim asoslarini chuqur o’rganish tavsiya etiladi.
O’quv-tarbiya muassasalarida “Tarbiya” o’quv fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim shaklining metodlari, texnologiyalari va yo’nalishlariga tayanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu sababli bu borada o’quv adabiyotlarini yaratish dolzarb bo’lib turibdi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mustaqil fikrlash, ijodkorlik va ko’nikmalilik kompetensiyalarini “Tarbiya” fani vositasida shakllantirish samarali hisoblanadi. Bunda ko’proq inklyuziv ta’lim vositalariga tayanish amaliy natija beradi.
“Tarbiya” fani umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlarining ichida muhim o’rin tutadi. Shu sababli bu fanni o’qitishda ta’limning turli shakllariga asoslanish taqozo etiladi. Inklyuziv ta’lim mazkur fanni butun jamiyatning yosh avlodini qamrab olish imkonini beradi. Bizning yondashuvimizga ko’ra, mamlakatimizning inklyuziv ta’lim bo’yicha o’qituvchilarining tajribalarini ommlashtirish taqozo etiladi.


Tarbiya” fanini o’qitishning elektron-modulli shakli
Reja:

  1. O’qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari

  2. “Tarbiya” fanini o’qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish

  3. Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligi



Tayanch tushunchalar:

Tarbiya, modul, o’qitish, elektron, shakl, xususiyatlar, foydalanish, samaradorlik, bilim, ko’nikma, malaka.





Yüklə 154,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin