Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi;
Uzoq muddat davom etishi
Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi; O’zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi; Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi; Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi; Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi; Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi;
Uzluksizligi
Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir; O’quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi; Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir;
Yaxlitlik
Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi; Shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi lozim; Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi;
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi betakror odam; Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi; Odam shaxs bo’lishi uchun ruhiy jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak;