Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi;
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir;
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi; Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi;
Tarbiya jarayoni Ko’p qirrali Uzoq muddatli Uzluksiz Yaxlit tizimli Ikki tomonlama aloqali Qarama-qarshi munosabatli Aniq maqsadga yo’naltirilgan
Aniq maqsadga yo’naltirilganlik
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir;
Ko’p qirraliligi
Unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi; Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam beradi; Obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi;