Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati. Tarbiya



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə14/15
tarix09.02.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#83589
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Tarbiya 1-mavzu(1)

Topshiriq metodi oʻquvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida qoʻllaniladi. Oʻquvchilarning topshiriqlarni jamoa boʻlib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.

Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida oʻquvchi tomonidan amal qilinishi zarur boʻlgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sirning muhim usullaridan biri boʻlib, u ma’lum harakatlarni ragʻbatlantirish yoki toʻxtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega boʻladi.

Topshiriq – ta’lim yoki tarbiya jarayonida oʻquvchi zimmasiga yuklanadigan muayyan vazifa.

Jamoatchilik fikri – ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar, ayrim shaxslar faoliyatiga boʻlgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni oʻz ichiga oladigan ijtimoiy ong shakli boʻlib, u yordamida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, yurish-turishlari, faoliyatlari, atrofdagilar bilan muomalalari, munosabatlari ijtimoiy axloq me’yorlariga muvofiq baholanadi va tartibga solinadi. Mohiyatiga koʻra jamoatchilik fikri muayyan ijtimoiy masalalarni, taniqli shaxslar yoki umuman olganda, jamiyat a’zolaridan ixtiyoriy birining xatti-harakati, xulq-atvori, yurish-turishi, faoliyati, atrofdagilar bilan muomalasi hamda munosabatining ma’qullanishi yoki qoralanishini ifodalaydi. Shu jihati bilan jamoatchilik fikri tarbiyalovchi xarakter kasb etadi.

Tarbiyalovchi vaziyatlar – tabiiy ravishda sodir boʻladigan yoki sun’iy hosil qilinib, shaxsda u yoki bu ma’naviy-axloqiy sifat, xulq-atvor, koʻnikma,malakalarni shakllantirishga yoʻnaltiriladigan holat, sharoit hisoblanadi.

Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, koʻngilini koʻtarish va uni qoʻllab-quvvatlash usullari sanaladi.
Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari sirasida musobaqa, ragʻbatlantirish, jazolash kabi metodlar namoyon boʻladi.



Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin